Vitamin «PP» yoki «V3»

Vitamin «PP» yoki «V3»
vitamin pp yoki v3 65caa68db8116

photo 2022 03 20 22 03 49

Vitamin «PP» yoki «V3»

DO`STLARGA ULASHING:

Vitamin «PP» yoki «V3»
(niatsin, nikotin kislota)

Asosiy vazifalari:
1. To‘qima nafasida;
2. Uglevod, aminokislotalar almashinuvida;
3. Degidrogenaza (NAD va NADF) fermentini kofermenti hisoblanadi;
4. Qondagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi;
5. Kichik qon tomirlarni (bosh miyadagini ham) kengaytiradi;
6. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.

Gipo/avitaminoz vitamin «V3»
MKB-10: Ye52

Oshqozon-ichak tizimi, teri, markaziy nerv tizimi shikastlanishi bilan boradigan Pellagra kasalligi rivojlanadi.
3 ta «D» kasallik:
1. Dermatit
2. Demensiya
3. Diareya

Dermatit asosiy belgilari:
• quruq va oqargan lab;
• yorqin qizil rangdagi shishgan til;
• stomatit, ezofagit, oshqozon-ichak yara kasalliklari;
• oyoq va qo‘l kaftining tashqi tomonida eritemalar («pellagra qo‘lqopi va paypog‘i»)
• bo‘yin, ko‘krakda giperkeratoz, giperpigmentatsiya;
Demensiya asosiy belgilari:
Nevrastenik sindrom (ta’sirchanlik, uyqusizlik, nerv-mushak va bosh og‘rig‘i, parasteziya), psixozlar, og‘ir xolatlarda — demensiya;
Diareya asosiy belgilari:
Ich ketishlar (qonsiz), oshqozon va ichak shilliq qavati atrofiyasi, oshqozon shirasini kamayishi. Pellagrani og‘ir formalarida degidrotatsiya oqibatida bemorni 2–3 haftada o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Kamqonlik, miasteniya, miokardiodistrofiya.

Sutkalik extiyoj: 20 mg

V3 vitaminiga boy maxsulotlar rasmda👇

@taomlanish_ilmi

Vitamin «PP» yoki «V3»