VITAMIN E kapsula to’liq malumot oling

VITAMIN E kapsula to’liq malumot oling

Vitamin E
Mundarija скрыть

#Витамин Э

?Dori shakli : kapsula

?Taʼsir etuvchi modda ?

Tokoferol

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

E vitamini antioksidant vosita hisoblanadi, xujayralar proliferatsiyasi, toʻqimalarning metabolizmi jarayonlarida qatnashadi, eritrotsitlarning gemolizini oldini oladi, kapillyarlarning yuqori oʻtkazuvchanligi va sinuvchanligiga toʻsqinlik qiladi.

Preparat aterosklerozni, yurak mushagida va skelet mushaklarida degenerativ-distrofik oʻzgarishlarni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, miokardni oziqlanishi va qisqaruvchanlik qobiliyatini yaxshilaydi, miokard tomonidan kislorodni isteʼmol qilinishini kamaytiradi. Erkin radikalli reaksiyalarni tormozlaydi, xujayra va subxujayraviy membranalarni shikastlovchi peroksidlarni hosil boʻlishini oldini oladi. Gem va gem saqlovchi fermentlar – gemoglobin, mioglobin, sitoxrom, katalaza, peroksidazaning sintezini ragʻbatlantiradi.

Toʻqima nafasini yaxshilaydi, oqsillarning (kollagen, skelet va miokardning silliq mushaklarining ferment, struktur va qisqaruvchi oqsillari) sintezini ragʻbatlantiradi, A vitaminini oksidlanishdan himoya qiladi, xolesterin sintezini ingibirlaydi. Toʻyinmagan yogʻ kislotalari va selenni (elektronlarni oʻtkazilishini mikrosomal tizimining komponeti) oksidlanishini tormozlaydi.

Organizmda E vitamini boʻlmaganida (E avitaminozida) yurakning mushaklarida degenerativ oʻzgarishlar rivojlanadi, kapillyarlarning oʻtkazuvchanligi va sinuvchanligi oshadi, urugʻdon, urugʻ naychalarining epiteliysi oʻzgaradi. Embrionlarda qon quyilishlar paydo boʻladi, ularning ona qornidagi oʻlimi yuz beradi. Shuningdek nerv xujayralarida degenerativ oʻzgarishlar va jigar parenximasining shikastlanishi aniqlangan.

E vitaminining yetishmovchiligida qon zardobida oqsillarning konsentratsiyasini va jigar va urugʻdonlarda nuklein kislotalarining miqdorini kamayishi kuzatiladi.

Odamda E vitaminining yetishmovchiligi ovqatlanishning oʻziga xosligi (masalan, ovqatda oʻsimlik yogʻlarining yoʻqligi) bilan bogʻliq boʻlishi yoki turli kasalliklar, masalan, jigar, meʼda osti bezi va boshqalarning kasalliklari oqibatida boʻlishi mumkin.

?QO’LLANILISHI ?

— E vitamini organizmda yetishmovchiligida

 — Isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklardan keyingi keyingi holatlarda

 — Astenik va nevrotik sindromda

—Boʻgʻimlarning degenerativ va proliferativ oʻzgarishlarida

 — Mushaklarning kasalliklarida

— Erkaklarda jinsiy bezlarning faoliyati buzilganida

— Ayollarda – homiladorlikni toʻxtash xavfida va hayz koʻrish siklining turli buzilishlarida

— Homilani ona qornida rivojlanish sharoitlari yomonlashganida qoʻllanadi.

— Vitamin E koplab gormonlar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi

— Vitamin E kuchli antioksidant bolib , hujayrani himoya qiladi.

— Immunitetni oshiradi va virus va bakteriyalardan himoya qiladi.

— Ichki bezlar faoliyatini yaxshilaydi .

— Qonni suyultiradi va qon tomir kasalliklarida samarali ta’sirga ega.

— Inson miyasiga juda yaxshi tasir qiladi. Aqliy qobiliyatni oshiradi.

— Anemiya da samarali vosita

— Operatsiyadan keyingi holatda tikilgan choklarni tezroq bitishida juda yaxshi vosita

— Vitamin E qarishni oldini oladi. Terini yoshartiradi

— Organizmni kislorod bilan taminlaydi, xotirani , ko’rish va eshitish qobiliyatini yaxshilaydi.

— Yurak qon tomir kasalliklarida va depressiyada samarali foyda beradi.

— Preparat yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, chala tugʻilgan yoki tana vazni kam bo’lgan chaqaloqlarga berish mumkin.

— Kichik yoshdagi bolalarga ovqat bilan E vitamini yetarli tushmaganida qoʻllanadi.

— Tana vazni kichik yangi tugʻilgan chaqaloqlarga gemolitik anemiyani, bronxopulmonal displaziyani, retrolental fibroplaziyani rivojlanishini oldini olish uchun buyuriladi.

— E vitamini periferik tomirlarning shikastlanishida (endarteriit, Reyno kasalligi) miokardiodistrofiyada

— Aterosklerozda, periferik tomirlarning spazmida, gipertoniya kasalligida, yurak-tomir yetishmovchiligida qoʻllanadi.

— E vitaminini seboreyada, terining atrofik oʻzgarishlarida (sklerodermiya va boshqalar) boldirning trofik yaralarida, fotodermatozlarda, psoriazda, dermatomiozitda va boshqa kollagenozlarda ham buyuriladi.

— E vitamini shuningdek nekrozlovchi miopatiyada, gastroektomiyada, surunkali xolestazda, jigar sirrozida, oʻt yoʻllari atreziyasida, abstruktiv sariqlikda, seliakiyada, tropik spruda, Kron kasalligida, malabsorbsiyada, parenteral oziqlanishda, homiladorlikda (ayniqsa koʻp homilali), xavf soluvchi abortda, klimaksda, nikotinga qaramlikda, narkomaniyada, laktatsiya davrida, kolestiraminni, kolestipolni, mineral yogʻlarni va temir saqlovchi mahsulotlarni qabul qilishda, politoʻyinmagan yogʻ kislotalarining miqdori yuqori boʻlgan parhez buyurilganida qoʻllanadi.

— Qon bosimi baland bo’lganlar ham qabul qilsa bo’ladi.

?QO’LLASH USULI ?

Kuniga 2 — 3 kapsulagacha qabul qilish mumkin.

Uzoq vaqt davomida boshqa polivitamin preparatlar bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki yogʻda eruvchi E vitaminining dozasini oshirib yuborilishi yuz berishi mumkin.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Allergik reaksiyalar

— Katta dozalar qabul qilinganida – diareya, epigastriya sohasida ogʻriqlar, kreatinuriya.

— Nojoʻya taʼsirlari paydo boʻlganida preparatning dozasini kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Prepratga yuqori allergik sezuvchanlik bo’lganda

— Kardioskleroz

— Miokard infarktida

— Tromboemboliyaning og»ir ko’rinishlarida.

?VITAMIN E QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR ?

Qonda lipidlarning perikisli oksidlanish mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan tutqanogʻi boʻlgan bemorlarda, tirishishga qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi.

Steroid va nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi. Yurak glikozidlarining, shuningdek A va D vitaminlarining samaradorligini oshiradi va zaharliligini kamaytiradi. Ye vitaminining yuqori dozalari organizmda A vitaminining tanqisligini chaqirishi mumkin.

E. vitaminini sutkada 400 XB dan ortiq dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandionning hosilalari) bilan bir vaqtda qoʻllashni, gipokrotrombinemiyani va qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar alfa-tokoferilatsetatining soʻrilishini kamaytiradi.

Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga ehtiyojni oshiradi.

Alfa-tokoferilatsetati siklosporin bilan bir vaqtda qoʻllanganida oxirgisining soʻrilishi oshadi.

?MAXSUS KO’RSATMA ?

Tana vazni kichik yangi tugʻilgan chaqaloqlarda yoʻldoshning past oʻtkazuvchanligi tufayli (homilaning qonida E vitamini ona qonidagi uning konsentratsiyasidan

faqat 20-30% saqlanadi) E gipovitaminozi yuz berishi mumkin.

Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning yuqori miqdori boʻlgan parhez E vitaminiga ehtiyojni pasaytiradi.

E vitamini yangi tugʻilgan chaqaloqlarga buyurilganida foydani nekrotik enterokolitning paydo boʻlishini potensial xavfi bilan taqqoslash kerak.

Hozirgi vaqtda quyidagi kasalliklarni davolash va oldini olishda E vitamini qoʻllash samaradorligi asoslanmagan deb hisoblanadi: beta-talassemiya, onkologik kasalliklar, sut bezining fibroz-kistozli displaziyasi, terining yalligʻlanish kasalliklari, soch toʻkilishi, homilani odatiy tushib qolishi, yurak kasalliklari, “oʻzgaruvchan” choʻloqlik, postmenopauzal sindrom, bepushtlik, peptik yara, oʻroq xujayrali anemiya, kuyishlar, porfiriya, nerv-mushak oʻtkazuvchanligini buzilishi, tromboflebitlar, impotensiya, arilarni chaqishi, keksalik lentigosi, bursit, yoʻrgakli dermatiti, atmosfera ifloslanganidagi oʻpka intoksikatsiyasi, ateroskleroz, qarilik. E vitaminini jinsiy faollikni oshirish uchun qoʻllash isbotlanmagan hisoblanadi.

Tokoferollar oʻsimliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqli oʻsimliklarning yosh nishlarida saqlanadi. tokoferollarning katta miqdori oʻsimlik (kungaboqar, paxta, makkajoʻxori, yeryongʻoq, soya, chakanda) moylarida aniqlangan. Ularning ayrim miqdorlari goʻshtda, yogʻda, tuxumda, sutda saqlanadi.

?EHTIYOT BO’LISH KERAK ?

Ogʻir kardiosklerozda, miokard infarktida, tromboemboliyalarni rivojlanishining yuqori xavfida, shuningdek gipoprotrombinemiyada ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak (K vitaminining tanqisligi fonida – E vitaminining dozasi 400 XB dan ortiq boʻlganida kuchayishi mumkin).

?HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA ?

E vitamini homiladorlikda va emizish davrida koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanadi. E vitamini yoʻldosh orqali yetarli boʻlmagan miqdorlarda oʻtadi. Homilaning qoniga ona qonidagi konsentratsiyasidan 20-30% oʻtadi. Koʻkrak sutiga oʻtadi. Chala tugʻilgan va yangi tugʻilgan chaqaloqlarda to’planishi mumkin.

?ADMIN MASLAHATI ?

?Vitamin C va vitamin E ning eng yaxshi ta’sirlaridan biri bu , saratonga ya’ni rakka qarshi ta’sirga ega.

?Homiladorlikda mumkin.

?Homiladorlik davridagi toksikozda bemalol qabul qilsa bo’ladi. Yaxshi ta’sirga ega

?Qon bosimi baland kishilarda va qandli diabet kasalligi bor bemorlarga qabul qilish mumkin.

?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — chet davlatlar , Uzbekistan.

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА» kanali

Dorixona
VITAMIN E kapsula