Vitamin «B9» (Folat kislota) haqida to’liq ma’lumot oling
Vitamin «B9» (Folat kislota)
Asosiy vaziflari:
1. Sog‘lom va yangi hujayralar hosil bo‘lishida qatnashadi. Bu yangi o‘suvchi organizm uchun juda muhim;
2. DNK replikatsiya jarayonida qatnashib, yangi hosilalar (o‘sma) paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi;
3. Homiladorlikni erta davrlarida embrionni normal rivojlanishi uchun kerak;
4. Erkaklarda normal spermatozoid hujayralarini ishlab chiqarish uchun kerak.
Gipo/avitaminoz vitamin «V9»
MKB-10: Ye53.9; D52
Asosiy belgilari:
1. Suyak iligi (kostniy mozg) rivojlanishidagi nuqsonlar;
2. Megaloblast anemiya;
3. O‘sishdan ortda qolish;
Sutkalik ehtiyoj:
• 11 yoshgacha — 50–200 mkg
• Kattalarga — 200 mkg
• Homiladorlarga — 400 mkg
Rasmda vitamin «V9″ga boy mahsulotlar keltirilgan.
@taomlanish_ilmi
Malumotlar
Vitamin «B9» (Folat kislota)