VITAMIN B 6
?DORI SHAKLI ? Ineksiya uchun eritma , 1 ml ampulada chiqadi. 1 ml eritma , ya’ni 1 ampula 50 mg piridoksin gidroxlorid moddasini o’zida saqlaydi. B guruh vitaminlari ta’siriga ega. Vitamin vosita. — Markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi. — Organizmda vitamin B 6 yetishmovchiligida qo’llaniladi. — Ovqat bilan ushbu vitaminning organizmga kirmaslik holatlarida qo’llaniladi. — Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va bolalarda vitamin B 6 ga bog’liq tirishishlarda qo’llaniladi. — Anemiya , ya’ni kamqonlik holatlarida qo’llaniladi. — Asab charchagan holatlarda nerv tolalarini faoliyatini yaxshilab , normallashtiradi. — Oqsil , aminokislata , yog’ va uglevodning organizmdagi modda almashinuvidagi faoliyatini yaxshilaydi. — Oshqozon — ichaklardan magniy va vitamin B 12 moddasini so’rilishini ta’minlaydi ( yaxshilaydi ). — Dengiz va havo kasalligi qo’llash mumkin. — Radikulit , nevrit va nevralgiyalarda qo’llaniladi. Mushak orasiga , vena ichiga va teri ostiga qo’llaniladi. Ko’pincha mushak orasiga yuborishadi. Preparatning kunlik qo’llash dozasi har xil kasallikka qarab. Shu sabab odatiy xolatda kuniga kattalarga va 14 yoshdan katta bo’lgan bolalarga 1 — 2 ampula qo’llash mumkin. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa kattalarga tayinlangan dozani 1/3 ( uchdan bir ) qismi qo’llash buyuriladi. Vitamin B 6 uzoq muddat qo’llanganda paresteziyalar , uyquchanlik va qonda folat kislotasining miqdori kamayishi kuzatilishi mumkin. — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas. — Jigarning og’ir kasalliklarida mumkin emas. — Oshqozon ichak yara kasalligida mumkin emas. ?Homiladorlik va emizish davrida qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. ?Vitamin B 6 organizmda ,,BAXT GORMONI » ya’ni serotonin gormoni sintezini amalga oshiradi. ?Yosh bolalarda tirishish , ya’ni sudorgi holatlarida qo’llash mumkin. Kattalarga ham epilepsiya ,ya’ni tirishish , tutqanoq kabi kasalligi bo’lsa komleks davo ichida qo’llanadi. ?Preparatni tez yubormang , sekin yuboring. Sababi tez yuborilganda sudorgi , ya’ni tirishish xolati kuzatilishi mumkin deyilgan. ?Emizikli ayollarda , emizish faoliyatini susaytiradi. ?Vitamin B 6 ni qabul qilganda , oshqozondagi kislotali muhit kuchayadi. Shu sabab oshqozon yarasi , perforatsiya ( oshqozon teshilishi ) va jig’ildon qaynashi kabi kasalliklar va belgilar bo’lsa preparatni ko’p va uzoq muddat qabul qilish kerak emas. Qisqa davolov kurslari mumkin ( 3 — 4 kun ). ?Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi. ?Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol, yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi. ?Piridoksin (B6 vitamin)— ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi. ?Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi. ?Xalq orasida vitamin B 6 ni ,, OQ VITAMIN » deyishadi. ?NARXIGA KELSAK ? 10 ampulasi — 4000 so’m. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Armaniston. @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanaliVITAMIN B 6
DO`STLARGA ULASHING:
Vitamin B 6
#Витамин Б 6
?TARKIBI ?
?TA’SIRIGA KO’RA ?
?QO’LLANILISHI ?
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
?NOJO’YA TA’SIRI ?
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
?ADMIN MASLAHATI ?
VITAMIN B 6