VISOSKIY Vladimir Semyonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VISOSKIY Vladimir Semyonovich haqida malumot bilib oling.

VISOSKIY Vladimir Semyonovich (1938.25.1 – Moskva – 1980.25.7) – rus aktyori, shoir, qoʻshiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964—1980). 30 ga yaqin filmlarda suratga tushgan. Visoskiy ijodida 400 dan ortiq qoʻshiqlar mavjud: kulgili va hajviy, lirik qoʻshiqlar, romantik balladalar va h. k. Ayniqsa, uning qudratli zavq va haqqoniyat tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan, kuchli ichki hissiyot va zoʻr ehtiros ila ijro etilgan fojiali asarlari mashhur. Visoskiy bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlgan va Toshkent, Navoiy, Chirchiq kabi shaharlarda konsert bergan (1973, 1979).

Ensiklopediya.uz
VISOSKIY Vladimir Semyonovich