VISHNUIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VISHNUIZM haqida malumot bilib oling.

VISHNUIZM, vayshnavizm — hinduizmning 2 asosiy oqimidan biri (shivaizm qatorida). Asosan Shim. Hindistonda tarqalgan. Eʼtiqodchilari Vishnupk abadiy jonli tabiat mujassami sifatida va oliy xudo deb biladilar. Vishnuizmda mil. av. 1-ming yillik oʻrtasidayoq monoteistik yoʻnalish namoyon boʻldi va liniy marosimlar zarurligini rad etuvchi bxakta — xudoni sevish va unga sadoqat aqidasi yaratiddi. Mil. 11-a. dan boshlab Vishnuizmda sektantlik yoʻnalishlari paydo boʻladi, bu yoʻnalishlardan ayrimlari tabaqachilikka ajratishlarga qarshi chiqib, bxakta taʼlimoti bilan yaqindan bogʻlanib qolgan edi. Bxakta targʻibotchisi — jan. hindistonlik faylasuf va diniy islohotchi Romanuja (1137 i. v. e.) shrivayshnavlar tariqatiga asos soldi. U hozir ham Vishnuizmda eng yirik tariqatlardan biri hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
VISHNUIZM