VISHINSKIY haqida malumot bilib oling.
VISHINSKIY (Vыshinskiy)Andrey Yanuaryevich [1883.28.11 (10.12), Odessa – 1954.22.11, Nyu-York, AQSH] – sobiq Ittifoq prokuror oʻrinbosari va prokurori (1933—39). Akad. (1939). Vishinskiy asarlarida bayon etilgan «huquqiy» qoidalar qonunchilikni qoʻpol ravishda buzish, ommaviy qatagʻonlarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Jumladan, ayblanuvchining oʻz aybiga oʻzi iqror boʻlishi — asosiy isbot-dalildir, deb qarashdan iborat gʻayriqonuniy usul keng qoʻllanildi. Vishinskiy 30-y. larda «Moskva markazi» (1935-y. yanv.), «Troskiychi-zinovyevchi terrorchilik markazi» (1936-y. avg.), «Shoʻrolarga qarshi troskiychilar markazi» (1937-y. yanv.) va «Oʻng troskiychi blok» (1938-y. mart) ustidan (jumladan Akmal Ikromov, Fayzulla Xoʻjayev) soxta sud jarayonlarida stalincha qatagʻon siyosatini faol amalga oshirdi.
Ensiklopediya.uz
VISHINSKIY