VIRGATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIRGATSIYA haqida malumot bilib oling.

VIRGATSIYA, burmalar virgatsiyasi (lot. virga — tarmoqlanish) (geol.) — togʻ jinslari burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi. Virgatsiya, odatda, burmalangan zonaning choʻkishidan va burmalanishning tugallanishidan paydo boʻladi. Virgatsiyani fanga E. Zyuss( 1885) kiritgan. Virgatsiya, odatda, burmalangan togʻ tizmalarining tugayotgan joylarida yaqqol koʻrinadi. Virgatsiyaga Shim. Tyanshanning garbiy chekkasidagi Chu-Ili, Karatov va Chatqol tizmalarining yelpigʻichsimon burmalari, HisorOlay togʻ sistemasining gʻarbidagi Nurota togʻlari, Tojikiston depressiyasi va Darvoz burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi misol boʻladi.

Ensiklopediya.uz
VIRGATSIYA