VINOGRADOV Ivan Matveyevich haqida malumot bilib oling.
VINOGRADOV Ivan Matveyevich (1891.2.9, Pskov viloyati —1983, Moskva) — rus matematigi, akad. (1929). Sobiq Ittifok FA Matematika in-ti direktori (1932-y. dan). Ilmiy ishlari turli arifmetik funksiyalarning yigʻindisini ifodalovchi taqribiy formulalarning aniqligini baholashga bagʻishlangan. Koʻp ishlari Varing muammossht hal etishga oid. Vinogradov har bir toq sonni uchta tub son yigʻindisi shaklida ifodalashning asimptotik formulasini chiqardi (1937). Vinogradov oʻzi yaratgan trigonometrik yigʻindilar usulini yanada takomillashtirdi va turli-tuman boshqa masalalarga tatbik qildi.
Ensiklopediya.uz
VINOGRADOV Ivan Matveyevich