VINNIPEG haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VINNIPEG haqida malumot bilib oling.

VINNIPEG, Uinnipeg (indeyslarning kri qabilasi tilida — loyqa suv) — Kanadaning jan. dagi oqar koʻl. Dengiz sathidan 217 m balandlikda joylashgan. Mayd. 24,3 ming km2. Chuq. 28 m gacha. Uz. 442 km, eni 100 km. So-hillari past va botqrklik. Vinnipegga Saskachevan, Red-River va b. bir necha daryolar quyiladi, undan Nelson daryosi oqib chiqadi. Noyab. dan apr. gacha muzlaydi. Vinnipeg qad. Agassis koʻlining qoldigʻi. Koʻlda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Vinnipeg sohilida provinsial Uaytshell parki (ornitologik buyurtma qoʻriqxonasi b-n) bor.

Ensiklopediya.uz
VINNIPEG