VINILIDENXLORID haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VINILIDENXLORID haqida malumot bilib oling.

VINILIDENXLORID, 1,1-dixlor-etilen, SN2=SS12 — rangsiz suyuqlik; hidi xloroform hidiga oʻxshab ketadi. Mol. m. 96,94; qaynash t-rasi 31,7°, zichligi 1212 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havoda oʻz-oʻzidan polimerlanadi, shuning uchun ingibitorlar, mas., gidroxinon ishtirokida saqlanadi. 1, 1,2-trixloretanni degidroxlorlash yoʻli bilan olinadi. Vinilidenxlorid sopolimerlar, polivinilidenxlorid, metilxloroform va b. organik birikmalar i. ch. da qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VINILIDENXLORID