Vinegret salati tayyorlash — retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Vinegret salati tayyorlash — retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Vinegret salati tayyorlash — retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Vinegret ham bayram dasturxoni, ham kundalik tamaddilar uchun juda mos keladigan salat. Barchaga ma’lumki, salatning asosini sabzavotlar tashkil etadi va bu organizm uchun juda foydalidir. O’simlik moyi bu holda mayonez o’rnini yaxshi bosa oladi. Vinegret tayyorlash hatto yosh bekalarda ham qiyinchilik chaqirmaydi. Demak, marhamat.

VINEGRET SALATI TAYYORLASH
Tayyorlash vaqti: 50 daqiqa | Portsiyalar soni: 4-5
Kerakli masalliqlar:

Lavlagi – 200 g;
Sabzi – 100 g;
Kartoshka – 200 g;
Tuzlangan karam – 100 g;
Tuzlangan bodring (yoki marinadlangan) – 100 g;
Ko’k piyoz – 75 g;
Yashil no’xat (konservalangan) – 100 g;
O’simlik moyi – 50 ml;
Ta’bga ko’ra tuz, murch, qalampir.

Tayyorlanishi:

Kartoshka, lavlagi va sabzi qaynatib olinadi, sovutib, po’stidan tozalanadi.
Kartoshka, lavlagi, sabzi va bodring kubik shaklida to’g’raladi, ko’k piyoz maydalanadi.
Lavlagidan tashqari barcha sabzavotlar idishga solinadi, tuzi rostlanadi, biroz o’simlik moyi qo’shiladi va aralashtiriladi.
Lavlagi alohida idishga solib, unga o’simlik moyi qo’shib, aralashtiriladi. Bu holda yuzasi yog’langan lavlagining rangi boshqa sabzavotlarga o’tmaydi. Biroq, to’q qizil rangli salatni xohlasangiz, lavlagini ham boshqa sabzavotlar bilan birgalikda aralashtirishingiz mumkin.

Vinegret salati tayyorlash - retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar
Vinegret salati tayyorlash — retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Lavlagi boshqa sabzavotlarga qo’shib, aralashtiriladi. Vinegret salati tayyor. Yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Sabzavotlarni po’stlog’i bilan birga qaynating. Bu holda ularda ko’proq vitamin saqlanib qoladi. Sabzavotlarni qaynab turgan suvga solish kerak.
Agar barcha sabzavotlarni birga qaynatadigan bo’lsangiz, dastavval suvga lavlagini soling, chunki u eng qiyin pishadi (taxminan 60 daqiqa), keyingi o’rinda sabzi (40 daqiqa), so’ng kartoshka (30 daqiqa). Sabzavotlar tayyor bo’lgach, ularni boshqa idishga soling, suvda aslo qoldirmang. Aks holda ularning ta’mi buziladi va eziluvchan bo’lib qoladi.
Salat tayyorlashdan oldin sabzavotlarni sovuting. Issiq yoki iliq sabzavotlardan tayyorlangan vinegret sifati tezroq buziladi.
Dasturxonga tortiq qilish. Salatni tortiq qilishdan oldin uni 30-60 daqiqa sovutgichga qo’yib olish tavsiya etiladi.

bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar, Vinegret salati tayyorlash — retsepti