Viktor Hyugo hikmatlaridan
* Hech nimaga ishonmaydigan odam baxtsizdir * O‘zga yurtdagi sayyoh pul solingan qopga o‘xshaydi. Har qanday odam uni bo‘shatib olmoqchi bo‘ladi. * Bekorchilik bolalarning baxti, keksalarning baxtsizligidir. * Hech nimaga ishonmaydigan odam baxtsizdir. * Qilichni sindirish mumkin, g‘oyani mahv etib bo‘lmaydi. * Maktab ochish turmani yopishdir. * Omadning ko‘zi ko‘r, u o‘z suyganlarini ham so‘qir qilib qo‘yadi. * Mashhurlik – mayda chaqa shaklidagi shuhratdir. * Odamning buyukligi bo‘yi bilan o‘lchanmagani kabi xalqning buyukligi ham soni bilan belgilanmaydi. * Diplomat o‘z maqsadlaridan tashqari sizga nima foydali bo‘lsa hammasini oshkor qiladi. * Jur’atli bo‘ling! Juda ko‘p muvaffaqiyatlarning u yoki bu qismi jasoratga berilgan mukofotdir. * Boshqa bir dardni keltirib chiqaradigan dard shohona asar yaratilishiga sabab bo‘ladi. Ishonmayapsizmi? Bo‘lmasa sinab ko‘ring. * Insonni o‘zgartirishni uning buvisidan boshlash kerak. * Qirq – yoshlikning qariligi, ellik qarilikning yoshligi. * Taraqqiyot – insonning turmush yo‘lidir. * Juda ko‘p oshna-og‘aynilar quyosh soatlariga o‘xshaydi: ular vaqtni faqat nur tushgandagina ko‘rsatadi. * Yer yuzida tili endigina chiqqan bolaning ovozidan ko‘ra shirinroq madhiyaning o‘zi yo‘q. * Sevgi daraxtga o‘xshaydi: o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi, o‘sadi, butun vujudimizga tomir otadi, hatto yuragimizning eng vayrona go‘shalarini ham yashillikka, gulga burkaydi. * Sherning yoliga burga joylashib olgan. Shunday mitti, ojiz maxluqdan azob chekayotgan sher o‘zini xo‘rlanganday sezishi mumkin, burga esa: “Menda sherning qoni oqyapti!” deb maqtanishi hech gap emas… * Erkinlik kinoyadan boshlanadi. Orif Tolib tarjimasiViktor Hyugo hikmatlaridan
DO`STLARGA ULASHING:
Viktor Hyugo hikmatlaridan