VIKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIKA haqida malumot bilib oling.

VIKA (Vicia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, yem-xashak ekini. Yevropa, Osiyoning shim.-sharqiy mintaqalari, Shim. Afrika, Jan. Amerikada tarqalgan 150 ga yaqin turi bor. 12 turi ekiladi. Ekma Vika vatukli Vika turlari don, koʻk oʻt, silos, senaj olish uchun ekiladi. Ekma Vika (v. sativa) bir yillik bahori, tukli Vika (v. villosa) kuzgi ekin. Poyasi toʻrt qirrali. Barglari patsimon murakkab. Gullari oq, oʻzidan, baʼzan chetdan changlanadi. Mevasi (dukkaklari) yassiroq boʻlib, 4 — 8 urugʻli, 100 kg pichanida 45,8 ozuqa birligi va 12,3 kg hazm boʻladigan protein bor. 1000 dona urugʻi vazni 400—1300 g. Urugʻi tarkibida 24—30% oqsil bor. Gektaridan 200—250 s koʻk massa, 30—60 s pichan, 20 s don olish mumkin. Vika sugʻorilganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonda Vikaning ekiladi gan bir turi (V. faba) bokla deb ataladi. Vika tuproqda juda koʻp miqdorda azot toʻplaydi, shuning uchun koʻpgina ekinlarga yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
VIKA