VIBRATSIYA MASHINASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIBRATSIYA MASHINASI haqida malumot bilib oling.

VIBRATSIYA MASHINASI, titrama mashina — ish organi tebranma (titrama) harakatlanadigan mashina. Tebranishlar (titrashlar) chastotasi Gs ning bir necha ulushidan 10 kGs gacha, amplitudasi 1 m dan mkm ulushlarigacha boʻlgan Vibratsiya mashinasi bor. Yuritmasining turiga koʻra mexanik, elektr, gidravlik, pnevmatik xillarga; energiyani mexanik tebranishlar energiyasiga aylantirish usuliga koʻra markazdan qochma, porshenli, kulachokli, krivoshin-shatunli, elektromagnitli, magnitostriksion, pyezoelektrik va b. xillarga; titrash (vibratsiya) hosil qilinadigan spektral tarkibiga kura monogarmonik (sinusoidal), bigarmonik, poligarmonik tebranishli xillarga; ish organining nuqtalari trayektoriyasi shakliga koʻra toʻgʻri chiziqli, doiraviy, ellipis, vintsimon yoʻnalishli va b. xillarga boʻlinadi. Vibratsiya mashinasi qurilish, mashinasozlik, kon sanoati, oziq-ovqat sanoati, q. x., tibbiyot va b. sohalarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
VIBRATSIYA MASHINASI