VETERINARIYA SHIFOXONASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VETERINARIYA SHIFOXONASI haqida malumot bilib oling.

VETERINARIYA SHIFOXONASI — kasal hayvon va parrandalarni davolaydigan muassasa. Veterinariya shifoxonasi kasal hayvon va parrandalarga dastlabki yordam koʻrsatish va kasallik oldini olish choralarini koʻradi, zoonozlar epidemiyasiga qarshi veterinariya-sanitariya va ayrim profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, aholi oʻrtasida veterinariya sohasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Shahar, tuman va uchastka Veterinariya shifoxonasi bor. Uchastka Veterinariya shifoxonasi esa tuman veterinariya shifoxonasi qoshida tuziladi. Bulardan tashqari koʻchma veterinariya shifoxonasi ham boʻladi. Uning vazifasi yukrrida keltirilganlardan tashqari yaylovlarga va chorva mollari joylashgan yerlarga veterinariya mutaxassislarini zarur doridarmonlar va biologik preparatlar bilan birga tezlikda yetkazib borishdan iborat. Kuchma veterinariya shifoxonasida kerakli asbob-uskuna, jihoz, idish va doridarmonlar boʻlib, bularning hammasi maxsus avtomashinaga oʻrnatiladi.

Ensiklopediya.uz
VETERINARIYA SHIFOXONASI