VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI haqida malumot bilib oling.

VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI — shahar, shahar atrofidagi jamoa, shirkat, aksionerlik va fermer xoʻjaliklarining chorvachilik obyektlariga, shuningdek teri, jun mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar hamda oziq-ovqat korxonalariga xizmat qiluvchi muassasa. U maxsus mashinalar bilan jihozlangan boʻladi. V.-s. s. xizmat qilayotgan hududdagi chorvachilik va b. binolarni, hayvon xom ashyolariii dezinfeksiya qiladi; oʻlgan hayvonlarni utilizatsiya korxonalariga, musodara qilingan mahsulotlarni, goʻshtni qayta ishlash korxonalariga eltib topshiradi. Shuningdek, V.-s. s. hayvonlar quturishiga qarshi kurash olib boradi, veterinariya idoralariga veterinariyasanitariyaning hamma masalalarida maslahatlar beradi, hayvon, parranda va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, veterinariya-sanitariya z-dlari va utilizatsiya qurilmalari ustidan nazorat qilib turadi.

Ensiklopediya.uz
VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI