VESTFAL FLORASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VESTFAL FLORASI haqida malumot bilib oling.

VESTFAL FLORASI — Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar Yer sharining issiq va nam tropik qismi boʻlgan. Dastavval Vestfal florasi, asosan, qad. paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi oʻsimliklardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Vestfal florasining tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. Oʻzbekistonda Boʻkantov, Oloy va Turkiston togʻlarining oʻrta karbon qatlamlaridan Vestfal florasining qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistondagi Vestfal florasining tarkibi lepidodendron, stigmariyalarga oʻxshash oʻsimliklar bilan boyigan. Demak Vestfal florasi iing qoldiqlari topilgan Oʻzbekiston hududi karbon davrida Yer sharining issiq va nam qismi boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
VESTFAL FLORASI