Verska(1 128) 2017 yil – /books/darsliklar/yangi/7-sinf/ona tili. 7-sinf

Verska(1 128) 2017 yil – /books/darsliklar/yangi/7-sinf/ona tili. 7-sinf

21. “Mehrobdan chayon ” romanidan

7-sinf adabiyot

A. Bu tanlarning shirin joni B. Jonlarni jononi Vatan!

S . Asli taraqqiy vaqtida

D. Tangri buyrug’in tutmadi

4. Quyidagi parchada she’riy san’atlardan qaysi biri qo’llanilgan?

Bu labi jonbaxshu bu husni malohat sendadur, Yo sent Yusuf desunlar, yo Masixo, yo Habib.

A.Talmeh. B.Tajnis. S. Tazmin. D. Tashbeh.

5. Misralarning oxirida so’zlar yoki bo’g’inlarning ohangdosh bo’lib kelishi nima deb ataladi?

A. Radif. B. Qofiya. S. Ritm. D. Turoq.

7. Yer uzra qo ‘ndi oqshom,
Oy shu ‘lasi bir mayin,
Kel oppog’im, kel, erkam,

Men seni allalayin.

Ushbu banddagi badiiyat qaysi so’zlar orqali yuzaga chiqqan?
A. yer, oy, alia B. qo’ndi, oqshom, oppoq

S. oqshom, oy, oppog’im D. uzra, mayin, crkam

8. ” Tushuntirish” va “Tasvirlash”so’zlariga berilgan to’g’ri izohni belgilang

A) Tushuntirish fanga ham adabiyotga ham xos B) Tasvirlash fanga ham adabiyotga ham xos

S. Fan tasvirlaydi adabiyot tushuntirad D.Fan “qanday bo’lganini adabiyot” “nima bo’lganini” tushuntiradi.

9. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?

A. Kitob. B.So’z. S. Ohang. D. Muallif.

10. Quyidagi qaysi she’r Saida Zunnunova qalamiga mansub?

A. „MeningVatanim” B. „Yulduzim” S. „Nevara” D. „Bog’lar qiyg’os gulda”

11. „Chiroylidir go ‘yo yosh kelin

Ikki daryo yuvar kokilin” Ushbu misrada qaysi she’riy san’at qo’llangan?

A. Sifatlash B. Lof S. O’xshatish D. Tazod

12. Xayriddin Sultonovning Saodat sohili” asarida shoh va shoir Bobur
obraziga xos qaysi xislat ulug’lanadi?
A. kurashuvchanlik B. vafo va sadoqat
S. Vatanparvarlik D. adolal
13 . A.Muxtorning „Yulduzim” she’ri qanday mavzuga bag’ishlangan?
A. Osmon jismlari B, bolalik
S. Vatan D. muhabbal

14. R.Hamzatovning „Ona tilim” she’rini kirn o’zbek tiliga tarjima
qilgan?

. A.Oripov B. E.Vohidov S. M.Shayxzoda D. J.Jabborov

15. „Jonimga masihdir shu ona tilim”. Ushbu misra kimning qalamiga mansub?

A. Navoiy B. Bobur S. Zavqiy D. R.Hamzatov

16. R. Hamzatov qaysi xalq shoiri?

A. Qirg’iz B. Avar S. Rus D. Qozoq

17. Shoir R.Hamzatov ona lili yo’qolsa, nimaga ham rozi?
a. O’limga B. Flar qanday kunga

S.Qashshoqlikka D. Shoir bo’lmaslikka

18. Saida Zununuva qachon vafot etdi

A.1977 yil 51 yosh B.1978 yil 52 yil S.1979 53 yil D.1980 yil 54 yil

19. Bir tup o’rik

Yakka o’sgan ekan

Yolg’iz tomoqmasmi rossa unibdi misralari kimning qakamiga mansub

A. S.Zununova B. A.Muxtor S.R.Havzatov D. Niyoziy

20.Hamzanng “O’zbek xotin qizlariga” she’ri qaysi janrda yozilgan

A.To’rtlik B. G’azal S. Murabba’ D. Ruboiy

21. “Qizimga” “Mening vatanim” she’rlari kimning qalamiga mansub

22.Farg’ona shahrida Ma’sud temir yo’lchi oilasida tug’ilgan shoir kim?

23. A.Muxtornng ehg so’hggi kitobi qanday nomlangan?

24. Shuxratning urushdan qaydgach yozgan dostonlarini keltiring?

25. Shuxratning vafoti tufayli tugallanvay qolgan asarining nomi?

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
B D S D B A B B A S D A B D B A A D B B

23. Uyqu qochganda

24. “Shinelli yillar daftari”, “Farzand “, “So’lmas chechaklar”

25. “Mashrab” romani

II-chorak
1.”Оtamdan qolgan dalalar”asari kimning qalamiga mansub.

A. A.Muxtor B. S.Zunnunova S. S.Axmad D. Tog’ay Murod

2. „Surat bilan suhbat” dostoni kimning qalamiga mansub?

A. Zulfiya B. . S.Zunnunova S. S.Axmad D. Tog’ay Murod

3 O.Hoshimovning qalamiga mansub asarni toping?

A. Dahshat B. Qiyomat qarz S. Yovvoyi yo’rg’a D. Mehr va Suhayl

4. Quyidagi fikr „Oq kema” asarining qaysi qahramoni haqida?

„. ochiqko’ngil, hammaga yaxshilik qilishga tayyor. hammaga sadoqatli va xushmuomala”

A. Bekeyxola. B. Sayid Ahmad. S. Guljamol. D.Mo’min.

5. Quyidagi parchada badiiy-tasviriy vositalaridan qaysi biri qo’llanilgan?

Oh ursa olamni buzar tovushi, To ‘qson molning terisidan kovushi

A. Tazmin. B. Tazod. S, Tajnis. D. Mubolag’a

6. Qarama-qarshi ma’noli so’zlarni yonma-yon qo’yib tasvirlash usuli qanday nomlanadi?

A.Tazmin. B. Tazod. S. Tajnis. D.Talmeh.

7. Quyidagi parchada she’riy san’atlardan qaysi biri qo’llanilgan?

Bu labi jonbaxshu bit huxni malohat sendadur, Yo seni Yusuf dcsalar, yo Masixo, yo Tabib .

A. Talmch. B. Tajnis, S. Tainin. D. Tashbeh.

8. Quyida kimning holati tasviri bcrilgan?

.„. ko’ngli bcxuzur. yiqilib tushadigandck, yoki bo’lmasa odamlar ko’zi oldida qayt qilib yuboradigandck juda qo’rqdi”

A. A. Mo’min. B. O’rozqul. S. Guljamol. D.Bola.

9. „Oq kema” asaridagi bolani o’z ertagi qo’yniga baliq bo’lib, uzoq
issiq ko’l tomon suzib ketishiga undagan eng so’ggi voqea nima edi?

A. Bug’ular tog’larni tark etgani.

B. Mo’min cholning ahvolini ko’rgach.
S. Ona bug’uning o’ldirilganligi

D. Mast-alas O’rozqulning dag’dag’a bilan baqirgani.

10. „Ravshan” dostoni qahramoni Go’ro’g’libek Yunus va Misqol
parilarini qayerdan olib kelgan?

A. Chambildan. B. Ko’hiqofdan.

S. Bog’i Eramdan. D. Sahroyi Kabirdan.

11. Quyidagi asarlarning qaysi biri doston emas?
A. Rustamxon. B. Ravshan.
S..Kuntug’mish. D. Shiroq.

12. „Ravshan” dostonida Ravshan Zulxumor haqida qanday xabar
topadi?

A. Sirli sandiqdagi oyna orqali. B. Yunus pari xabar beradi.
S. Tushida ko’radi. D. Uzuk ko’zidagi yozuvdan.
13. Quyidagi she’riy parchada qo’llanilgan badiiy- tasviriy vositani ko’rsating,

Shunday asov toyday yorni, Qo ‘lga kelritsam deb keldim.

A. Joniantirish. B. Qarshilantirish.

S.Tashbeh. D. Tashhis.

14. She’rda o’tmishning mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlari nomini keltirish she’riy san’atning qaysi turi?

A.Talmeh. B.Tajnis. S. Tazmil. D. Sifatlash.

15 .Quyidagi baytda qo’llangan badiiy-tasviriy vositani bclgilang.

Og’la, og’la, nihoniy, kecha bo’ldi kunduzlar, Falakda ко ‘rinmayur mohtob ila yulduzlar.

A. Tazod B. Talmeh

S. Mubolag’a D. O’xshatish

16. A.Navoiyning S ab’ai sayyor” dostoni qahramoni Bahromning ismi
qanday ma’noni bildiradi?

A. „Quyosh” ma’nosini

S. „Mars” — „Mirrix” yulduzining nomi.

D. „Tong yulduzi” ma’nosini.

17. “Sab’ai sayyor” dostonida yuzi oq niqob bilan berkitilgan, oq libos
kiygan, har kuni ertalab va kechqurun chang chalib, Xorazm elini mahliyo
etgan qahramon kim edi?

A.Parichehra. B. Gulchehra S. Mehr. D. Dilorom.

18. Navoiyning „Sab’ai sayyor” dostoni bosh qahramonlari qaysi javobda
to’g’ri’ ko’rsatilgan?

A. Farhod va Shirin. B. Layli va Majnun. S. Tohir va Zuhra. D. Bahrom va Dilorom.

19. „Buvilar duoga qo’llarin ochib”, „Qizimga” she’rlarining mualifi kim ? :

A. Zunnunova B, U.Nosir S. Zulfiya D.Hamza

20. „Mehr va Suhayl” dostonida Bahromshoh saltanatining tanazzulga yuz tutish sababini ko’rsating.

A. o’zgaga bepisand qarash

B. soddalik va ishonuvchanlik
S. ishratparastlik va yengiltaklik
D. adolatsizlik va nohaqlik

21.Qiyomat qarz hikoyasidagi qirqta qo’yni boqib egasiga topshira olmay cho’pday ozib ketgan qaxramonning ismini yozing

22. Men o’lmasam o’z elimdan kechmayman;- degan gaplar ‘ Pavchan’ dostonidagi qaysi

23. ,, Oq kema ,, asarida adib .’’….kamdan kam uchraydigan baxtli odam edi’’-deya tasvirlagan odam kim edi

24.”Shamsul millat “nomi bilan ulug’lanadigan bobokolonimiz nomini yozing

25. Kattalar ham tushunishi qiyin bo’lgan dostonni A.Navoiy 5 yoshdan yod olgan u doston qanday doston edi

21. Sarsonboy ota

1. Quyidagi bayt qaysi shoirning qaysi asaridan kcltirilgan? „. manman demang, kenglik qiling. To’qson ikki bcri o’zbek yurtidir, tenglik qiling”.

A. Bobur „Boburnoma”dan. B. Gulxaniy „Zarbulmasal”dan.

S. Muqimiy „Tanobchilar” dan. D . Turdi Farog’iy „Tor ko’ngilli bcklar”idan.

2. Har kuni ignaning teshigidan o’tgan ip kabi tirikchilik o’tkazgan shoir kim edi?

A. Muqimiy B. Gulxaniy , S. Avaz O’tar D. Turdi Farog’iy

3.Qaysi yozuvchi o’z asari haqida „yozmoqqa niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir havasdir” deb yozgan?

A.Behbudiy. B. Cho’lpon. S. Oybek. D.A.Qodiriy.

  1. „Uvaysiyman” radifli g’azalda uchramaydigan qofiyani toping.
  1. Quyidagi misralarda qanday badiiy usul qo’llanilgan?

Butun yer osmonga о ‘ranib, Olar kabi kunduziday tin.

A.Tashbeh B.Tajnis S. Chiston. D. Tashxis.

6. „1913-yilIarda chiqqan „Padarkush” pyesasi ta’sirida „Baxtsiz kuyov”
degan teatr kitobini yozib yuborg’onimni bilmay qoldim (1915-yilda)”.
Ushbu parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holidan olingan?

A. Behbudiy. B. Avloniy.

S. Hamza. D. A. Qodiriy

7.Mumtoz adabiyotdagi boshqotirma janrini aniqlang.

A. Tuyuq. B. Qit’a. S.Chiston. D. Fard.

8. Ikki mahbubini k о ‘rdim, ikkisini kindigi bir,

Ikkisini orasiga tushsang topadursan kasr. Chistonning javobini toping.

A. Yong’oq. B. Pichoq. S. Qayshi. D. O’roq.

9. „Bu na gunbazdir eshigi tuynugidan yo’q nishon . ” misrali asar
muallifini belgilang.

A.Nodira. B. Anbarotin. S.Amiriy. D. Uvaysiy.

10. Shoir Zavqiy asosan qaysi yo’nalishda ijod etdi?

A. ishqiy va hajviy B. ishqiy .sarguzasht S. sayohatnoma D. faqat hajviy

11. „Beshinchi iqlim yo’lidan kelgan musofir hikoyati ” Navoiy „Xamsa”
sining qaysi dostoni tarkibiga kiradi?

A.Farhod va Shirin. H. Hayrat ul-abror.

S. Layli va Majnun. D . Sab’ai sayyor.

12. Quyidagi so’zlar „Qo’rqinch bir jasorat” asarining qaysi timsoliga
tegishli?

„”.’. zero zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir”

A.Qobilboy B.Abdurahmon domla
S. Anvar D. Xudoyoixon

13. „Tor ko’ngullik beklar” g’azalida qaysi fikr ilgari suriladi?
A. Beklarnio’zaro ahillika undash

B. O’zbek xalqini turli urug’larga ajratishdan voz kechish
S. Milliybirlik, o’zaro totuvlik

D. Qo’shni davlatlar bilan linchlikda yashash

14. Turdi muhammasida shoirning yaxshi zamonlar deb eslayotgan
kunlarini qanday izohlash mumkin?

A. Ma’naviy kamolot, iymon e’tiqodga doir

B. Qo’zg’olonchilar bilan birga bo’lgan vaqtlari

S. Yuz urug’da yuqori nufuzga erishgan darrilari

D. Qo’zg’olon bostirilgach, Xo’jannddagi hayoti to’g’risida

15. Uvaysiy g’azalidagi „Vujudim dardga to’ldi, emdi darmonima sog’indim” misrasidan anglashiladigan ma’noni belgilang.

A. Dard — kasallik, darmon — dori

B. Dard — rausofirlik, darmon — vatanga qaytish
S. Dard — zulm, darmon — qasos

D. Dard — sog’inch, darmon – diydor

16. Shoiraning kecha-yu kunduz o’g’lining nomini takrorlab, uni o’ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?

A. Uyimning ziynati, ko’z ravshani

B. Tilimning zikru, ko’nglimning fikri
S. Qorong’u bo’ldi olam ko’zima

D. Vujudim dardga to’ldi

17. Uvaysiy g’azallaridan tashqari yana qaysi she’riy janrda shuhrat qozongan?

A. Ruboiy B. Muhammas

S. Tuyuq D. Chiston

18. „Adolat yaxshi” she’ri kimga tegishli?

A. Abay B. S.Zunnunova S. Maxtumquli D. E.Vohidov

19. Uvaysiy „Mehnatu alamlarga ” g’azalida nimani nazarda tutgan?
A. Og’ir mehnat va alamni B. Dard va alamni

S. Jismoniy mehnat va alamni D. Aqliy mehnat va alamni

20. Uvaysiyning hasbi hol tarzida yozilgan asarini toping.
A. „Uvaysiyrnan” B. „Dog’ o’ldi”

S. „Sog’indim” D. A,B,S javoblar to’g’ri

21.Millatni birlikka chorlagan shoir kim edi?

22.1733yil Turkmanistonning Atirak daryosi bo’yidagi Hojigovshon qishlog’ida tug’ilgan shoir kim edi?

23. Maxtumquli ba’zi she’rlarida qanday taxallus qo’llaydi?
__________________________
24. Muqimiyning “Sayohatnoma’’ janri ana’nasini munosib davom ettirgan shoir kim edi

25. Uvaysiy g’azallaridan tashqari yana qaysi she’riy janrda shuhrat qozongan?

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
D D D D A D S S D D D S S B D D D S B D

21. Turdi Farog’iy

1.X.Sultonovning asarlari keltirilgan qatorni toping?

A. Yulduzlar afsonasi. B. Yulduzim S. Dahshat D.Yovoyi yo’rg’a

2. Mirtemir qachon tug’ilgan?

A. 1901 yil 1-may B. 1904 yil 3-may

S.1910yil 10-may D. 1911 yil 9-may

3.Tabiatni asrash muomosini hal etishda dasturul amal bo’lgan asarlar yozgan adibni nomini toping?

A. A.Muxtor B. J.Svift

S. E.S.Tompson D. Sh. Rahmon

4.S.Tompson asarlarini kim tarjima qilgan?

A.Rauf Parfi B. Tog’ay Murod

S.Shavkat Rahmon D.Erkin Vohidov

5. O’zbek ayoli sadoqati va g’ururiga faxriy tarzida bitilgan she’r qanday nomlanadi?

A. „Betobligimda” B. „Toshbu”

S. „Men o’tgan umrga” D. „Qadrdon so’qmoqlar”

6. Badiiy adabiyotda birinchi bo’lib jonivorlari badiiy asarning bosh qahramoni qilib olgan jahon adabiyoti vakili kim?

A. Ernest Seton Tompson В. Janni Rodari S. Chingiz Aytmatov D. Sa’diy Sheroziy

7. Navoiyning „Xamsa”sidagi qaysi doston yaxlit sujetga ega bo’lma-gan falsafiy doston hisoblanadi?

A. Hayrat ul-abror. B. Farhod va Shirin. S. Layli va Majnun. D.Sab’ai sayyor

8. A.Navoiyning „Hayrat ul-abror” dostonidan keltirilgan quyidagi batytida ohangdor Sifati oshirisfo maqsadida qofiyadan tashqari yana qanday badiiy unsur qo’llanilgan?

Tig’ Ha yorib jigarim yonini, Yerga oqizdi jigarim qonini .

A. Tanosub. B. Tajnis S. Tashbeh. D. Hojib.

9. „Sab’ai sayyor” dostonida Bahrom achchiqlanib sahroga tashlab ketgan go’zaning ismi nima edi?
A. Gulruh. B. Parichehra. S. Ra’no. D.Dilorom.

10. Adib Abdulla Qahhor „O’g’ri” hikoyasi orqali insonlardagi qaysi
illatni fash qiladi?

A. O’g’rilik B. Ochko’zlik S. Tamagirlik D. loqaydlik

12. „Xamsa” dostonlaridagi qaysi ma’shuqani uzun timqora sochlariga
Ьода-chirmab, cho’lu biyobonga tashlab ketishadi?

A. OiSoromni. B. Shirinm – .
S . Layiini. D. Ravshanakni.

13. „Sab’ai sayyor” dostonida yettinchi iqlimdan kelgan musofir
Bahromga qanday xabarni yetkazadi?

A. Eronliklarning hujumi haqida, B. Jahonshumul asar haqida.
S. Onasi haqida. D. Sevgilisi haqida.

14. Quyidagi feaytda qanday she’riy san’at qo’llanilgan?
Seni deb Jang qilar Najmiddin Kubro Hazrat Alisherdek o’limdan so’ng ham.

A.Tazmin. B. Hojib. S. Iyhom. D. Talmeh.

15.Navoiy quyidagi kicliik janrlardan qaysi birida shuhrat topgan?

A.Qit’a. ” B. Fard. S| Ruboiy. D. G’azal.

16. Doston adabiy turning qaysi biriga kiradi?

A.Epiktur. B. Liriktur. S. Dramatik tur. D. Liro-epik tor.

17.Alisher Navoiy qaysi ijodkorga nisbatan quyidagi fikrni bildirgan?

Mavlono Barlosdan bo ‘far erdi. Ismoyil ota farzandlaridandir,

xushxulq va munbasit (oq ko’ngil) kishi erdi”.

A.Yassaviy. B. Sakkokiy S. Atoyi. D. Xorazmiy.

18. Ernest Seton-Tompsonning „Yovvoyi yo’rg’a” hikoyasida ilgari
surilgan bosh g’oya nimadan iborat?

A. Inson aql-zakovatini ulug’lash B. Tabiat vajonzotlarni himoya qilish

S. Inson va hayvon o’rtasidagi yaqinlikni ulug’lash D. O’limni erksizlikdan ustun bilish

19. Над yo’li albatta bir o’tilgusi. “ Ushbu so’zlar muallifi kim?
A. Qodiriy. B. Cholpon. S.AQahhor. D. Rauf Parfi.

20.Barmoq tizimiga xos xususiyatlar qaysi javobda to’g’i ko’rsatilgan?

A. Hijolarning cho’ziq-qisqaligi.

B. Hijolar miqdori va ularning cho’ziq-qisqaligi.
S. Misralardagi urg’u miqdori,

D. Misralardagi ohangdorlik.

21.Oh, oting ham o’zingga oxshash chiroylik ekan, Manovi do’ndiq qizni taniysanmi?-ushbu misralar qaysi asardan olingan

22. Yulduzlar afsonasi she’ri kimning qalamiga mansub?

23. Angliyada tug’ulgan qonida shotland qoni bor yozuvchi kim?

24.’ U ionsiz sulayib qoldi , ammo ….ozod bo’lib qoldi’- jumlasi qaysi asardan olingan?

25.Sensiz O’zbekiston – O’zbekistonmas

Sensiz keng jahon ham sira jahonmas. …ushbu misralarda adib kimni nazarda tutgan?

21. “Mehrobdan chayon ” romanidan

22. Xayriddin Sultonovga

24 . E.S.Tompsonning “Yovvoiy yo’rg’a” hikoyasidan

25. O’zbek ayolini

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

verska(1 128) 2017 yil – n.ziyouz.comn.ziyouz.com/books/darsliklar/yangi/7-sinf/ona tili. 7-sinf.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ONA TILI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 7 -SINFI UCHUN DARSLIK To‘ldirilgan va qayta ishlangan 4-nashri O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2017

Post on 08-Sep-2019

Documents

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ONA TILIUMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 7-SINFI UCHUN DARSLIK To‘ldirilgan va qayta ishlangan 4-nashri O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2017
  • 2 © «Ma’naviyat», 2017 Aziz o‘quvchilar!Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz,albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasinechog‘lik katta ekani ayondir. Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yanayangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziqmashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz. 7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara oli-shingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingizyo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi. Aziz o‘quvchilar!Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish boshqa fanlar eshigini oson va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilano‘rganing. Bu yo‘lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.UO‘K 811.512.133(075.3)KBK 82.2 O‘zb (ya72) Shartli belgilar ? – javob bering. – bilib oling. – eslab qoling.– o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar uchun mashqlar.♦ – tajriba uchun mo‘ljallangan mashqlar. ! ISBN 978-9943-04-324-4 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘larihisobidan ijara uchun chop etildi. N. MAHMUDOV, A. NURMONOV, A. SOBIROV,D. NABIYEVA, A. MIRZAAHMEDOV UO‘K 811.512.133(075.3)KBK 82.2 O‘zb (ya72)O-58 Ona tili [Matn] / N. Mahmudov [va boshq.]. – Toshkent:«Ma’naviyat», 217. – 160 b. ISBN 978-9943-04-324-4 O-58
  • 3 K I R I S H TIL VA NUTQ Savol va topshiriqlar 1. Til deb nimaga aytiladi?2. Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering.3. O‘zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Shu haqda bahs-lashing. 1-mashq. Matnni o‘qing. Dunyodagi tillar va ular orasida o‘zbek tiliningtutgan o‘rni haqida bahslashing. Alisherning qalbiga kirmoqchiday, tikilib qarardi tog‘asi.Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlaryaratmishlar. Bizning turkigo‘y shoirlar ham ularga ergashib,forsiy she’rlar ijod qilishni odat qilib olmishlar. Turkiston o‘lka-miz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk –o‘zbekdur. O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz, qo‘shiq-larimiz, kuylarimiz, dostonlarimiz, ertaklarimiz bor. Bular –cheksiz boyligimiz. Ayniqsa, tilimiz go‘zal, shirin va rangli.Jiyan, o‘z yo‘lingni topsang bas! (Oybek) ♦♦♦♦♦ 2-mashq. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti IslomKarimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobidan olinganparchani o‘qing. Undagi asosiy g‘oya haqida so‘zlang. . Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo sha-roitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyatkasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-biriniqo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shuma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazartashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, mingyillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balkihayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan birqator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz. ?
  • 4 Misol uchun tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynantarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo. Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchakio‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlaremas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizningdunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudgakelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qad-riyatlarning amaliy ifodasidir. 3-mashq. Gaplarni ko‘chiring. O‘zbek tiliga davlat tili maqominingberilishi va uning ahamiyati haqida bahs uyushtiring. Tilimiz boy. Har qanday ma’no ifodasiga bir necha so‘ztopiladi. Faqat bu so‘zlarni topish va dadil devon tiliga kiritishkerak. Til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak? G‘ururimizninamoyish qilish uchunmi? Izzat-nafsimizni qondirishimizuchunmi? Yo‘q! Bizga til haqidagi qonun o‘zligimizni saqlab qolishuchun, tilimizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun, o‘zbek deganxalqning yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun kerak. (E. Vohidov) 4-mashq. Uyga vazifa. «O‘zbegim deb keng jahonga Ne uchun madhetmayin!» (E.Vohidov) mavzusida matn tuzing. Unda olg‘a surilgan g‘oyahaqida suhbatlashing.
  • 5 T A K R O R L A S H FONETIKA BO‘YICHA O‘TILGANLARNITAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Fonetika nimalar haqida ma’lumot beradi?2. Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?3. Undosh tovushlar qanday hosil bo‘ladi?4. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar qanday turlarga bo‘linadi?5. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar necha xil bo‘ladi?6. Jarangli undoshlar qaysilar?7. Jarangsiz undoshlar deb nimaga aytiladi? 5-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Birinchi va ikkinchi gaplardagi unlitovushlarni ajratib, ularga tavsif bering. Ilm o‘rganishning foydali tomonlarito‘g‘risida bahslashing. 1. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. 2. Odamnikatta gavda emas, aql yuksaltiradi. 3. Inson ilm-u hunari vaaql-idroki bilan har qanday qushdan baland parvoz qiladi.4. Bilimdonlikning sir-u asrori g‘ayrat hamda matonat bilano‘qish va o‘rganishdadir. 5. Bobolarning ulug‘vor ishlarini ijodiyrivojlantira olsang, sen baxtiyorsan. (R. Usmonov) ♦♦♦♦♦ 6-mashq. Matnni o‘qing. Undosh tovushlarni aniqlab, jadvalgajoylashtiring. Bulbullar bu yerda ko‘p bo‘lar ekan. Goho ularning yoqimli,yangroq tovushlari havoni to‘ldirib yuboradi. Bulbulni tinglashni sevaman. Kuylari qalbimda allaqandayyoqimli hislarni chayqatib yuboradi. Bulbulning sayrashi – dunyoning eng baland lazzati. Bulbul-ning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish. Bulbul jonivor qushlarning asili. (Oybek) ? Labundoshlari Til undoshlari Bo‘g‘izundoshiTil oldi Til o‘rta Til orqa Chuqur til orqa
  • 6 7-mashq. Matnni ko‘chiring. Undosh tovushlarni topib, ularni izohlang. Seni ona dedim,Ko‘zim o‘ngidaMushfiq u qiyofang bo‘ldi namoyon.Parcha et qoshida bedor bir diyda,Sadoqati cheksiz, mehri bepoyon. (A. Oripov) 8-mashq. Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib, ma-qollarni ko‘chiring va ularda ilgari surilgan g‘oya haqida fikrlashing. 1. Eling senga cho‘. sa qo‘l, Unga do. m sodiq bo‘l. 2. Yurtboshiga ish tu. sa, er yigit . ozir bo‘lar. 3. Xalq bor yerda. aqlik bor. 4. El boqsa, bax. ing kular, el bo. masa, taxtingqular. 5. Xalq. a suyansang, bo‘l. rsan, Xalqdan ch. qsang,so‘larsan. 6. B. rlikda baraka bor. 7. Baxt kaliti me. natda.8. Olt. n olma, du. ol. 9. Salomatl. k – tum. n boyl. k. 9-mashq. Uyga vazifa. «Assalom, maktab!» mavzusida matn tuzing.Unda ishlatilgan tovushlarni izohlang. IMLO BO‘YICHA O‘TILGANLARNITAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Orfografiya nimani o‘rgatadi?2. Unlilar imlosi deganda nimani tushunasiz?3. Undosh tovushlar imlosi haqida so‘zlab bering.4. Asos va qo‘shimchalar imlosi haqida nimalarni bilasiz?5. Qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring.6. Chiziqcha qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?7. Bosh harflarning ishlatilish o‘rinlari haqida so‘zlab bering. 10-mashq. Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing. Aytilishi va imlosidagifarqlarni izohlang. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Saxovat, xiyla, mehr-muruvvat, mudofaa, hilpiramoq, xilma-xil, hayotbaxsh, manfaatdorlik, maqtanchoqlik, xususiy-lashtirish, mutaxassis, mahliyo, mo‘tabar, taqsimot, iztirob,tabiat, navo, firma, tadbirkor, bunyodkorlik, donishmand,iste’dod, ijodkor. ?
  • 7 11-mashq. «H» va «x» harfi ishtirok etgan so‘zlarga o‘ntadan misoltoping va ular ishtirokida gaplar tuzing. N a m u n a:Jaholat, suhbat, hikmat, har dam, rayhon, havas, himoya, zahmat, jahon, dehqon; xizmat, xotira, xalqparvarlik, taxt,poytaxt, dasturxon, oshxona, faxr, xitob, saxovat. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilatibo‘lmog‘i darkor. 12-mashq. Xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘rilab, matnni ko‘chiring.So‘zlarning imlosini tushuntiring. Matndagi g‘oyani tahlil qiling. G‘azapdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘zishlarini, ezgu maxsatlarini unitadi. Mol-dunyoga xirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma. Maxtanchog‘ bo‘lma. O‘z ruxing bilan ziddiyatga tushmasliyning birdan bir yo‘lifoydali mehnatdir. («Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal» kitobidan) 13-mashq. Uyga vazifa. Rasm asosida «Kuz saxovati» mavzusida matntuzing. Uni imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozing.
  • 8 So‘z yasovchiqo‘shimchalar Lug‘aviy shaklyasovchi qo‘shimchalar Sintaktik shaklyasovchi qo‘shimchalar ? QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSIBO‘YICHA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?2. So‘z yasovchi qo‘shimchalarga misollar keltiring.3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?4. Olindi, erkin so‘zlari tarkibida kelgan qo‘shimchalarning nimasi bilan bir-biridan farqlanishini ayting. 14-mashq. Qavs ichida berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, gap-larni ko‘chiring va ularni izohlang. O‘zingiz yashayotgan viloyatning go‘-zalliklari haqida gapirib bering. Bu olam (-ga,-da,-ni) men kezma (-kan, -di, -gan) yurtkam qoldi, – deb davom etdi Bobur o‘y (-li, -chan, -siz)ohangda. –Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadi (-ng, -m,-si)! Lekin hech yerda undek latofatlig‘ bir viloyat (-ning,-ni, -i) ko‘rmadim. (X. Sultonov) ♦♦♦♦♦ 15-mashq. Quyidagi qo‘shimchalarni jadvalga joylashtiring va ularniso‘zlarga qo‘shib, gap ichida keltiring. -ta, -tadan, -tacha, -nchi, -ov, -ovlon, -ala, -ni, -ning, -la,-i, -y, -ar, -im, -ga, -ka, -qa, -dan, -nch, -inch 16-mashq. Tagiga chizilgan qo‘shimchalarning turini aniqlang vagaplarni ko‘chiring, ilm haqida aytilgan maqollarni toping. Ilm-hunardan bahramand bo‘lgan kishi barkamol in-sondir. O‘qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan johil,nodon, savodsiz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Buyorug‘ dunyoning go‘zalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-hunar peshvolarining borligi, adabiyot va san’atga rag‘battufaylidir. «Olim bo‘lsang, olam seniki», – deydi xalqimiz.(G‘. Salomov)
  • 9 17-mashq. Uyga vazifa. -oy, -loq, -cha, -choq, -li, -ning, -siz, -gacha,-guncha qo‘shimchalarini so‘zlarga qo‘shib ko‘ring va ular ishtirokida gaplartuzing. N a m u n a: Tursunoy bilan bir sinfda o‘qiymiz. LEKSIKOLOGIYA BO‘YICHA O‘TILGANLARNITAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Meva, daryo, oy so‘zlarini ko‘chma ma’noda qo‘llab gaplar tuzing.2. Atamalar deb nimaga aytiladi?3. Shevaga xos so‘zlarga misollar keltiring.4. Eskirgan so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?5. O‘zbek tiliga nima sababdan boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashgan?Shu haqda o‘z fikringizni bildiring. 18-mashq. Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni topib, ularni izohlang.Siz ham o‘z nutqingizda ko‘chma ma’nodagi so‘zlardan foydalanasizmi? 1. Eski buloqning ko‘zi ochildi. (Sh. Rashidov) 2. Soqchiota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi.(Abdulla Qahhor) 3. Qavm-qarindosh bir dasturxon boshidagurungni quyuq qildik. (N. Normatov) 4. Kemtik oy cho‘qqilarorasidan mo‘ralaydi. (A. Narziqulov) 5. Osmonda yulduzlarko‘p. Somon yo‘li osmonning u tarafidan bu tarafiga kumushsoyday oqadi. (K. Qodirov) 6. Tunov kun biznikidaBo‘ldi kattakon hashar.Ko‘chib keldi deyman-ovHasharga butun shahar. Hashar rosa qizidi. (Abdurahmon Akbar) 19-mashq. O‘zingiz o‘qiyotgan tarix, algebra, adabiyot, geografiya,zoologiya fanlariga oid atamalarga misollar keltiring va ularni izohlang. 20-mashq. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan ma’nodosh so‘zlardanmosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Akmal aka ikkalamiz qoldik. Chigirtkalarning chirillashini. muallaq turib qanot . so‘fito‘rg‘ayning issiqdan . vijir-vijir. demasa, atrof . edi. Akmal aka xurjunga . qo‘yib birpascho‘zildi. Men . o‘tiribman. (N. Fozilov) ?
  • 10 S o ‘ z l a r: ko‘kda, osmonda, samoda, fazoda; silkitayotgan,qoqayotgan; shikoyat qilib, nolib; sayrashini, chug‘urlashini; tinch,jimjit, osuda; boshini, kallasini; qoshida, oldida, yonida. 21-mashq. Uyga vazifa. Muarrix (tarixchi), mutarjim (tarjimon),shuaro (shoirlar), handasa (geometriya) so‘zlarini qatnashtirib gaplartuzing. N a m u n a:Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. FE’L SO‘Z TURKUMI BO‘YICHAO‘TILGANLARNI TAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Fe’llarning grammatik xususiyatlari haqida so‘zlab bering.2. -ma, emas, yo‘q vositalari yordamida bo‘lishsiz fe’llar yasang.3. Fe’l nisbatlarini yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?4. Fe’l mayllari qanday hosil qilinadi?5. Yugurmoq, ekmoq, qaramoq fe’llarini uch zamon shakllari bilano‘zgartiring.6. Harakat nomiga xos belgilarni ayting.7. Ravishdosh yasovchi qo‘shimchalarni sanang.8. Sifatdoshlarga misollar ayting.9. Sodda, qo‘shma, juft fe’llarga misollar keltiring. 22-mashq. Matnni o‘qing, fe’llarni topib, ularning mayl, nisbat, zamonshakllarini belgilang. Oxirgi gap bo‘yicha bahslashing. . Alisher o‘rtog‘ining aytganini eshitmadi, shekilli:– Ov qilmoq, merganlik – ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘r-gatadi. Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, bir onjim qolgan bolalarning kattarog‘i: – Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? – deb so‘radi Alishergatik qarab. – Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor bo‘l-maydi», – deydilar. (Oybek) ?
  • 11 23-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan qo‘shimchalarga ta’rif bering. Hayitvoy o‘rtog‘imnikiga kirmadim. Murodxonlarnikiga qa-rab yurdim. Shu o‘rtog‘im juda yaxshi-da! Lekin sizlab gapiradi,men ham sizlayman. Keyin-chi, otalarini «dada» deb chaqirishadi. Murodxonga: – Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yuboraylik,onalarining oldiga borishsin, bizni duo qilishadi, – degandim,darrov rozi bo‘lib, uylaridan katta qaychi olib chiqdi. (X. To‘x-taboyev) ♦♦♦♦♦ 24-mashq. Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlab, jadvalgajoylashtiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Berdi-qo‘ydi, sotib olmoq, sotmoq, yuzlanmoq, o‘lchamoq,qaltiramoq, irg‘ishlamoq, qo‘zilamoq, uyqusiramoq, ko‘karmoq,burmoq, qo‘l urmoq, xatlamoq, kulmoq, javob bermoq, nazarsolmoq, olib chiqmoq, aytdi-qo‘ydi, sindi-qoldi. 25-mashq. Uyga vazifa. Boshqotirmani yeching. Maqoldagi fe’l shakl-lariga izoh bering. Undagi fikrga qo‘shilasizmi? 1, 2, 3, 4, 5 – rangli, nodir metall nomi.6, 7, 8, 9 – meva nomi.10, 11 – hafta boshlanuvchi kun nomining birinchi bo‘g‘ini.12 – alifbodagi 14-harf.13, 14 – qizil so‘zining ma’nodoshi. OT, SIFAT SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHAO‘TILGANLARNI TAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Otlarda kelishik qo‘shimchalari qanday ishlatiladi?2. Otlarda egalik qo‘shimchalari va ularning imlosi haqida so‘zlab bering.3. Otlar qanday yasaladi? 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Sodda fe’llar Qo‘shma fe’llar Juft fe’llar ?
  • 12 4. Otlarning ma’no guruhlariga misollar keltiring.5. Qo‘shma, juft, takroriy otlar va ularning imlosi haqida gapiring.6. Asliy va nisbiy sifatlar haqida so‘zlab bering.7. Sifat darajalariga misollar keltiring.8. Sifatlar otlashganda qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi? 26-mashq. Gaplarni o‘qing. Yasama otlarni aniqlab, ularning yasalishinitushuntiring. O‘zbekistonni nima uchun «serquyosh o‘lka» deymiz? Shuhaqdagi fikrlaringizni aytib bering. Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmayqolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. (S. Zunnunova) O‘zbekiston – go‘zal diyor,Saodatga mehnati yor.O‘zgacha bir hikmati bor,Halollikka aytar alyor! (Yo‘ldosh Sulaymon) 27-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Sifatlarning ma’no guruhlarini vagapdagi vazifasini aniqlang. Yaxshilik va yomonlik haqida bilganlaringiznigapirib bering. 1. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 2. Do‘sti nodondandushmani ziyrak yaxshi. 3. Qomati baland bo‘lgan har kishiningqimmati ham baland emas. 4. Yomon kishilarga hamroh bo‘l-sang, qozonga o‘xshab qorasini yuqtiradi. 5. Nodonga pandaytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo‘ladi. (Sa’diyhikmatlaridan) 6. Bek dono, botir, sheryurak bo‘lishi lozim.Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiqyuzlilik bekning yaxshi fazilatlaridan biri. (Yusuf Xos Hojib) 28-mashq. Uyga vazifa. «Sog‘ tanda sog‘lom aql» mavzusida matntuzing. Unda qo‘llangan ot va sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlariga e’tiborbering.
  • 13 SON VA RAVISH SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHAO‘TILGANLARNI TAKRORLASH Savol va topshiriqlar 1. Sonlarga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring.2. Sodda, qo‘shma va juft sonlarga misollar ayting.3. Sonlarning imlosi haqida so‘zlang.4. Ravishning qanday ma’no turlari bor?5. Ravishlarning yasalishi haqida so‘zlang.6. Sodda, qo‘shma, juft va takroriy ravishlarga misollar keltiring. 29-mashq. Matnni o‘qing. Sonlarning ma’no turlarini aniqlang. Muhammad al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavalludtopgan. U algebra va geometriya, geografiya kabi fanlarningrivojiga munosib hissa qo‘shgan. Muhammad al-Xorazmiyning «Al-jabr» kitobi uch bo‘lim-dan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarnitenglama yordamida yechish yo‘llari ko‘rsatilgan. Asar 1145-yili R. Chester tomonidan lotin tiliga tarjimaqilingan. «Al-jabr» so‘zi «algebra», Al-Xorazmiy esa «algoritm»deb atalgan. (S. Ahmedov) 30-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ravishlarni aniqlab, ularga izoh bering.Kamtarlik haqida fikrlashing. 1. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq-chasiga va mardlarcha fikr bildiring. (A. Abdullayev) 2. Barchamaqtanchoqlarning birdan bir qismati shuki, ular ertami-kechmipand yeyishadi. (V. Shekspir) 3. Kishi o‘z fazilatlari haqidaqancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. (R. Emerson) 4. Xalqahvolidan doimo boxabar bo‘l. (Amir Temur) 5. Birdankoridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotganieshitildi. (P. Qodirov) 6. Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroqyugurar ekan. (S. Maxsumov) 31-mashq. Uyga vazifa. «Buyuk allomalar yurti» mavzusida matn tu-zing. Unda son va ravish so‘z turkumiga oid so‘zlardan foydalaning. ?
  • 14 M A T N MATNDA KO‘P MA’NOLI, MA’NODOSHSO‘ZLARDAN FOYDALANISH 1-topshiriq. Matnni ko‘chiring, unda ishlatilgan «unmoq» va«o‘smoq» so‘zlariga izoh båring. Tuproqning eng katta hikmati shundaki, unda har qanday urug‘unadi, o‘sadi, kamol topadi. Adabiyot ham shunga o‘xshaydi. Undaham eng go‘zal fikrlar va tuyg‘ularning unib-o‘sishini ko‘rasiz.(Eshqobil Shukur) 2-topshiriq. Kuch borki, hayot borki, oldinga intilib yasha-mog‘imiz kårak. (E.Vohidov) Gapdagi «hayot» so‘zi o‘rnida «umr»,«oldinga» so‘zi o‘rnida «olg‘a» so‘zlarini ishlatib bo‘ladimi? Shuhaqda fikrlashing. So‘zlarning o‘z yoki ko‘chma ma’noda ishlatilayotganimatn ichida bilinadi. Ko‘p ma’noli va ma’nodosh so‘z-lardan foydalanish matnning ta’sirchanligini, ifodaviy-ligini oshirish uchun xizmat qiladi. 32-mashq. Matnni ko‘chiring. Unda ishlatilgan ko‘p ma’noli so‘zlarniizohlang. Yuzning kulib turishi unchalik qiyin ish emas. Muhimi, ko‘ngilkulib turishi kårak. Kimning ko‘ngli kulib tursa, odamlar: «Istaraliekan!», – dåyishadi. Bu «yulduzi issiq odam» dågani. Månhamsuhbatlarimga ana shu saodatni tilayman. (Tohir Malik) 33-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda ishlatilgan ko‘chma ma’nodagiso‘zlarni toping va ularning gapdagi o‘rnini izohlang. 1. Kumush qishdan, zumrad bahordan Qolishmaydi kuz-ning ziynati. (Uyg‘un) 2. Onaning qalbi – mehr bulog‘i. (Maqol)3. Ona kabi mehribon, Ilm-fanlarga makon, Yayrab o‘qiymanhar on, Qadrdonim maktabim! (Ilyos Muslim) 4. Odam borki,odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon undan yaxshidir.(Alisher Navoiy) 5. Bunday puch gaplarga ukasi ko‘nmabdi.(«Tegirmonchi» ertagi) 6. O‘zbekiston – hur Vatan, Baxtimizayvonidir. Armiyamiz mustahkam, Ona yurt qalqonidir. (Dil-
  • 15 shod Rajab) 7. Maktabiga kechikib, borar emish ba’zida.Vazifani bajarmay, Qizararmish darsida. (Po‘lat Mo‘min) 8. Qo‘-pol xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetti o‘lchab, bir kesish kerak.(A. Xidirov) 9. Men uning sovuq qiliqlariga qarab turib,yoshlikdagi bir o‘rtog‘imni eslab ketdim. (Said Ahmad) ♦♦♦♦♦ 34-mashq. Qavs ichidagi ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplar-ni ko‘chiring va matnda ma’nodosh so‘zlardan foydalanishning ahamiyatihaqida so‘zlang. 1. (Tafakkur qilish, o‘ylash, fikrlash) to‘xtagan joyda tanazzulboshlanadi. 2. (Luqma, yåmish)ning halolligi iymonningmustahkamligida. 3. Yolg‘on bilan (chin, rost) do‘stlashganmanzilda adolat bo‘lmaydi. 4. Yaxshilik va yomonlik eshiklarini(inson, odam, kishi) o‘z ixtiyori bilan ochadi. 5. Xo‘jasininggaplarini takrorlashni puxta o‘zlashtirib olgani bilan to‘tiqush(ma’ruzachi, voiz) ga aylanib qolmaydi. (I. Mamanov) 35-mashq. Ozodlik, mustaqillik, erkinlik; baland, yuqori, yuksak; tåz,jadal so‘zlari ishtirokida matnlar tuzib, ma’nodosh so‘zlarning ishlatilisho‘rinlariga izoh båring. Savol va topshiriqlar 1. Ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirokida «O‘lkamizga oltin kuz kåldi» mav-zusida matn tuzing.2. «Ona yårning saxovati» mavzusida matn tuzing va unda ma’no-dosh so‘zlardan foydalaning. 36-mashq. Uyga vazifa. Ko‘p ma’noli va ma’nodosh so‘zlardan foy-dalanib «Do‘st – insonga qanot» mavzusida matn tuzing. SHAKLDOSH, QARAMA-QARSHI MA’NOLISO‘ZLARDAN FOYDALANISH 1-topshiriq. Ot, o‘t, yår, bor, tor shakldosh so‘zlari ishtirokidamatnlar tuzing va ularning ishlatilish o‘rinlariga izoh båring. 2-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolijuftlarini toping. Ularni almashtirib qo‘llash mumkinmi? Shu haqdafikr bildiring. Haqiqiy ijodkorning vijdoni va imoni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtkamoli, o‘zi mansub xalqning quvonch-tashvishlari bilan bog‘liqbo‘lishi kårak. (Sh. Bo‘tayåv) ?
  • 16 Shakldosh so‘zlarning ma‘nosi matn ichida oydin-lashadi. Matnlarda shakldosh va qarama-qarshi ma‘noliso‘zlardan foydalanish nutqning ta‘sirchanligini oshi-rishga xizmat qiladi. 37-mashq. Matnni o‘qing, shakldosh so‘zlarning ishlatilish o‘rinlarigadiqqat qiling, ma’nosini izohlang. Tagiga chizilgan so‘zlarning zid ma’nolijuftini toping. 1. Yurtimizda ko‘plab yaxshi insonlar bor. Yaxshilik tilasang,ularning huzuriga bor. 2. Halol topgan inson og‘rinmasdanyår. Måhnat qilsang, har qanday yårdan mo‘l hosil olish mum-kin. 3. Qo‘lingdan kålsa, barcha insonlarga yaxshilik qil.Do‘stlaring shunday bo‘lsinki, orangizdan qil ham o‘tmasin. 38-mashq. Shå‘riy matnda ishlatilgan shakldosh so‘zlarga e‘tibor båring.Ularning ma‘nolarini izohlang. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo‘lsin, vazning bir qadoq. (A. Shukurov) 39-mashq. «Qo‘lingdan kålguncha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam,yomonlikni ot. » satrlari bilan boshlanuvchi shå‘riy matnning davominiayting. Tuyuq kimning qalamiga mansubligini aniqlang. Shoirning mahoratinimada ekanligini toping. 40-mashq. O‘zbek xalq askiyalarini eshitganmisiz? Ularda ishlatilganshakldosh so‘zlarning ma’nolariga diqqat qilganmisiz? Shu haqda sinf-doshlaringiz bilan fikrlashing. Savol va topshiriqlar 1. «Oltin o‘tda bilinadi, odam – måhnatda» mavzusida matn tuzing.Matnda shakldosh so‘zlardan foydalaning.2. Katta, uzun, baland so‘zlariga qarama-qarshi ma‘noli so‘zlarnitoping va ular ishtirokida gaplar tuzing. 41-mashq. Uyga vazifa. Mumtoz adabiyot namoyandalarining tuyuq-laridan namunalar ayting. Shakldosh so‘zlarga izoh båring. ?
  • 17 MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARIHAQIDA MA’LUMOT OLMOSH SO‘Z TURKUMI VAUNING TASNIFI 1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z-larning qaysi so‘z o‘rnida qo‘llanilganini aniqlang. 1. Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchibilan unga qarab yugurdi. (L. Bat) 2. Hamid Olimjon o‘z she’riyatidashunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridekturli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. (N. Ka-rimov) 3. Olim musobaqada g‘olib chiqdi. Bu hammamizni qu-vontirdi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarda takrorlangan so‘zlar nimaga olibkelyapti? Ularni qaysi so‘zlar bilan almashtirsa, to‘g‘ri bo‘ladi? O‘znutqingizda shu kabi so‘zlardan foydalanasizmi? Lirika shoir qalbining yilnomasidir. Shoir o‘z qalbida kechganjarayonlarni aks ettirish orqali o‘z qalbining tarixini yaratadi. Shoirzukko va zakiy inson bo‘lganligi sababli hatto shoirning shaxsiytuyg‘ulari harakatida ham keng kitobxonlar uchun ahamiyatliallaqanday nurli qirralar bo‘ladi. Shoir lirikasidagi ana shu qirralarhali ham porloqdir. (N. Karimov) 3-topshiriq. Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarningqanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang. Ularning ma’nolariniizohlang. 1. Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. 2. Toshkentning qayeriga qa-ramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda. 3. Kim nayzani uzukdano‘tkazsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. (Ertakdan) 4. Bu yer sherlar makoni.(Izzat Sulton) 5. Shuncha qalamni nima qilasan? 2 – Ona tili, 7-sinf
  • 18 ! Kishilik olmoshlari men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular O‘zlik olmoshi o‘z Ko‘rsatish olmoshlari bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, ma-na bu, mana shu, manavi, anovi So‘roq olmoshlari kim? nima? qayer? qanaqa? qaysi?qalay? qancha? necha? nega? Belgilash olmoshlari hamma, barcha, bari, har bir, harnima, har narsa, har qanday, harqaysi, ba’zi Bo‘lishsizlik olmoshlari hech kim, hech narsa, hech qachon,hech qanaqa, hech qaysi Gumon olmoshlari kimdir, nimadir, allakim, allaqan-day, qaysidir, allanarsa, allaqan-cha, allaqaysi OlmoshlarTurlari Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi vagap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishoraqiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisob-lanadi. Masalan: Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘phikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida,ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin gapio‘rnida qo‘llanilgan. Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uningqaysi ma’noda kelayotgani matnda qaysi so‘z yoki gapo‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra turlari: 42-mashq. Daftaringizga jadval chizing va quyida berilgan olmoshlarniunga joylang. Ushbu olmoshlarning qaysilaridan ko‘p foydalanasiz? Shuhaqda so‘zlab bering. O l m o s h l a r: kim, nima, qayer, men, sen, o‘z, u, bu,shu, qanaqa, qanday, hamma, barcha, bari, kimdir, nimadir,
  • 19 biz, siz, o‘sha, ana, mana, hech kim, hech nima, har bir,har kim, har qanday, ular, nega, necha, mana bu, anovi. 43-mashq. Berilgan gaplarda qo‘llangan olmoshlarning ma’no turlarinianiqlang. Birinchi gap bo‘yicha bahs yuriting. 1. O‘zi haqida o‘ylamay, faqat elga bilim berish haqidao‘ylagan olim kishi xuddi shamga o‘xshaydi, u o‘zini yondiradiva xalqni ziyoli qiladi. 2. Haqiqiy olim shunday kishiki, uningso‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. («Otalar so‘zi») 3. O‘zing-dan o‘zgadan marhamat kutma, o‘zbek o‘g‘li, o‘zligingniunutma! (Iqbol Mirzo) 4. Men fikrimni jamlab, hikoyamniboshladim. (X. Sultonov) 5. Bu hol odamni beixtiyor ajib o‘ylargag‘arq qiladi. (X. Sultonov) 6. Bizda harakat qilgan odam yomonyashamaydi. (Sh. Jabborov) 7. Marhamat, biz sizni kutyapmiz,avvalgi joyingizda ishlayverasiz. (Sh. Jabborov) 8. Qani, ortimdanyur, senga aytadigan yana bir so‘zim bor. (O. Yoqubov) 9. Nazirota yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi.(O‘. Umarbekov) 10. U yerda bo‘lgan har qanday odam ruhanyengil tortib, kayfiyati ko‘tarilishi muqarrar. (Sh. Jabborov) ♦♦♦♦♦ 44-mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, ko‘-chiring. 1. Yigit bechoraning rangi quv o‘chib ketgan. . lablari pir-pir uchadi. 2. Tog‘am – tajribali yurist. . ko‘p ishlarni adolatlihal qilgan. 3. Hovlimizdagi qip-qizil lolalar yal-yal yonadi. . lolalar hammaning havasini keltiradi. 4. Bizning sinfimizmusobaqada birinchi o‘rinni oldi. . o‘ringa intilgan o‘quv-chilar ko‘p edi. Savol va topshiriqlar 1. Olmosh deb nimaga aytiladi?2. Olmoshlar qaysi so‘z turkumlari o‘rnida keladi?3. Olmoshlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?4. Olmoshlar necha turli bo‘ladi?5. Otlar o‘rnida almashib keluvchi olmoshlarga misollar ayting.6. Miqdor bildiruvchi so‘zlar o‘rnida qaysi olmoshlarni ishlatish mumkin? ?
  • 20 45-mashq. Uyga vazifa. Quyida berilgan gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘r-satilgan so‘zlar o‘rniga mos olmosh qo‘llab, gaplar tuzing. 1. Xudoyberdi To‘xtaboyev – bolalarning sevimli yozuv-chisi. 2. Qiziqarli kitoblarni ko‘p o‘qish kerak.3. Men bu yil yettinchi sinfni tamomlayman. KO‘RSATISH OLMOSHLARI 1-topshiriq. Bu, shu, u, o‘sha so‘zlarining har birini gap ichidakeltiring. 2-topshiriq. Gap ichidagi olmoshlarning qanday gap bo‘lagivazifasida kelayotganini aniqlang. Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasio‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘znianiqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hi-soblanadi. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniq-layotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftarmeniki. Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar ko‘rsatisholmoshlari sanaladi. 46-mashq. Ko‘chiring. Ko‘rsatish olmoshlarining tagiga chizing.Beshinchi gapdagi fikr bo‘yicha bahslashing. 1. Bu cholni butun yurt izzat qilardi. (Said Ahmad) 2. Hov-lini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida.(X. To‘xtaboyev) 3. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy,Qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? (Zulfiya) 4. Tog‘asiningshu odati sabab o‘g‘li Haydar ham, qizi Tohira ham buxonadondan bezib ketishdi. (O. Yoqubov) 5. G‘azab shundaybir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. (SamandarTermiziy) 6. Dunyoda yagona tilagim shuki, Yaxshi nomi- !
  • 21 ngizga g‘ubor tushmasin. (Mirtemir) 7. Qishloq allaqachonuyg‘ongan. Har qaysi hovlining burchagida tunning baxmalpardasini parchalab o‘t yaltiraydi. (O‘. Hoshimov) 8. O‘shailiq bahor kuni mavlono Qozizoda Rumiy uning peshanasi-dan o‘pgan edi. (O. Yoqubov) 47-mashq. Matnda qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlarini izohlang. Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki, mislsizxazinasi. Undan har birimiz foydalanishimiz, aqlimiznixohlaganimizcha uning dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimizmumkin. Undan kuch-quvvat olish, ma’naviyatimizni boyitishimkoniga egamiz. U shunday mo‘jizaviy xazinaki, qanchaolsangiz ham bir qatrasi kamaymaydi. Bu xazinaning kaliti qo‘lyetmas joyga ilingan emas. Uning kaliti – mutolaa. Bu kalitdoimo sizning ixtiyoringizda. Faqat kutubxonaga kirishga xo-hish bo‘lsa bas. (D. Matkarimova) 48-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarni izohlang, ko‘rsatish ol-moshlarini aniqlab, ular ishtirokida qayta gaplar tuzing va yozing. Tagigachizilgan gapni davom ettiring. Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Bu Vatanbizning qadimiy tuprog‘imiz. Asrlar qa’ridan kelayotganmunavvar tonglarga ko‘krak ochgan o‘z diyorimiz. Biz unisevamiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-ufarovonligi yo‘lida xizmat etish bilan baxtlimiz. (B. Shodiyeva) Savol va topshiriqlar 1. Ko‘rsatish olmoshlari qaysilar?2. Ko‘rsatish olmoshlari qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?3. Uzoqdagi va yaqindagi narsalarni ko‘rsatish uchun qaysi olmosh- lardan foydalanamiz? 49-mashq. Uyga vazifa. Badiiy asarlardan ko‘rsatish olmoshlari qat-nashgan o‘nta gap topib yozing. ?
  • 22 KO‘RSATISH OLMOSHLARININGTALAFFUZI VA IMLOSI 1-topshiriq. Ko‘chiring. Ko‘rsatish olmoshlarini toping. Ularningtuzilishiga e’tibor bering. 1. Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi. –derdi u Onabibiga. (Asqad Muxtor). 2. Ehsonning Moskvaga keti-shi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi. (Abdulla Qahhor) 3. Voy, ma-navi bolaning shirinligini! – Parcha xola do‘rillab xitob qildi. (O‘. Ho-shimov) 4. Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (SaidAhmad) 5. Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘raboldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (A. Oripov) 6. Mana bufikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod.(Oybek) 2-topshiriq. Yuqoridagi olmoshlarning qanday yozilganini ayting. 3-topshiriq. Men, sen, u, bu, shu olmoshlariga kelishik qo‘shim-chalarini qo‘shing. Asos bilan qo‘shimcha o‘rtasida qanday o‘zgarishbo‘layotganini ayting. 4-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘rsatish olmoshini topib, unga izohbering. Shu kabi hikmatli so‘zlarga misollar keltiring. Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nosizdir, unga o‘git-nasihat foydasizdir.(Ahmad Yugnakiy) Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shuolmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zakinutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shundayyozilishi mumkin. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish,o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda,«n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+im, o‘sha+n+ga kabi. 50-mashq. Quyidagi olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing. Bu, shu, o‘sha, mana bu, mana shu, ana u, ana shu. !
  • 23 Savol va topshiriqlar 1. Ko‘rsatish olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi?2. -cha qo‘shimchasini u, bu, shu olmoshlariga qo‘shing va sodir bo‘layotgan tovush o‘zgarishi haqida so‘zlab bering.3. Ana shu, mana shu olmoshlarining talaffuzi va imlosi haqida so‘zlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. 51-mashq. Uyga vazifa. O‘qing. Ko‘rsatish olmoshlarini topib, ma’nosiniaytib bering. Ular tarkibidagi tovush o‘zgarishlarini tushuntiring. Ajratilgangap bo‘yicha bahslashing. 1. Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang.(Abdulla Qahhor) 2. Men xalq oldida sizning iltimosingizgashunday javob bermoqqa majbur bo‘ldim. (Oybek) 3. U bun-day jur’atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasiningmuhabbatidan olishi kerak edi. (P. Qodirov) 4. – Bunaqa narsamenga ta’sir qilmaydi, – dedi Mastura. (Abdulla Qahhor)5. Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz? (Abdulla Qahhor)6. Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning ostonasidanjaholat hatlamaydi. (Qo‘chqor Norqobil) 7. O‘sha-o‘sha bujurtol. Shoxchalarida hanuz qushlar chug‘urlashyapti. (IsajonSulton) 8. Tinchlik deya yurak-bag‘ri kuyuk eldir bu, Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu, O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagil sen! (Iqbol Mirzo) KISHILIK OLMOSHLARI 1-topshiriq. Men, sen, u, biz, siz, ular olmoshlarining har biriishtirokida gaplar tuzing. 2-topshiriq. Gap ichida keltirilgan olmoshlarning qaysi biri ma’-nosi bilan bir xil, qaysisi ma’nolari bilan farqlanishini izohlang. 3-topshiriq. Keltirgan misollaringizda olmoshlarning qanday gapbo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. ?
  • 24 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilikolmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs,nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalaro‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u,ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi.Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plikma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi.Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda, kamtarlik, bajarganishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan:Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdimo‘rniga Biz g‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib,hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen keldingo‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Sizhurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’no-sini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi.Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. 52-mashq. Berilgan jadvalni kataklarga mos olmoshlarni qo‘yib,to‘ldiring. ♦♦♦♦♦ 53-mashq. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -ga, -da, -dan, -nikiqo‘shimchalarini qo‘shing. -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda,asosning tovush tarkibida qanday o‘zgarish bo‘layotganini ayting. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalariqo‘shilganda, talaffuzda bir n tovushi tushib qoladi vashunday yoziladi. ! shaxsson birlik ko‘plik 1-shaxs 2-shaxs 3-shaxs !
  • 25 54-mashq. Ko‘chiring. Kishilik olmoshlarini topib, ularning yozilishigae’tibor bering. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan sodir bo‘lgan tovush o‘z-garishlarini bilib oling. «Vatanning asl farzandi» deganda kimlarni tushu-nasiz? Shu mavzuda munozara uyushtiring. 1. Mening og‘am ichinda, Soqollari tashinda (makkajo‘xori).2. Iloji bo‘lsa, unga bildirmaylik. (Cho‘lpon) 3. To‘ybekaningshuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshiginakuldirsa ham, hozir unga yotishib kelmadi. (Abdulla Qodiriy).4. Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlan-ding, ammo kelib-kelib bu kun seni o‘shanga berdilar. (AbdullaQodiriy) 5. Sening qancha puling bor edi? – deb so‘radi mirshabsho‘rlik kosib yigitdan. (G‘afur G‘ulom) 6. Mustaqillik bizgamilliy ma’naviyat olamini ochib berdi. (J. Razzoqov) 7. Sen hali beqiyos bo‘ston bo‘lgaysan,Bulbullar bazmida doston bo‘lgaysan,O‘zbekiston, mangu yashnab kulgaysan –Sening mehring bilan yashaymiz, Vatan! (A. Ko‘chimov) 8. Asl farzand merosiga posbon bo‘lgay,Ozod elning orzulari osmon bo‘lgay,Bobolarim ismin aytsam doston bo‘lgay,Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq! (Iqbol Mirzo) 55-mashq. She’rni o‘qing. Undagi g‘oyani qayta hikoya qilib bering.She’rdagi qaysi olmoshlarning o‘rniga boshqasini qo‘llash mumkin? O‘zimni moziyning bag‘riga urdimVa shu on shukrona aytib qaytdim men.Kimdir ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim,Kimdir aytmay ketgan so‘zni aytdim men. Meni kutayotir ajib kelajak,U mening iqbolim, mening baxtimdir.Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak,Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. (A.Oripov)
  • 26 Savol va topshiriqlar 1. Kishilik olmoshlari deb nimaga aytiladi?2. Kishilik olmoshlari qaysilar?3. Kishilik olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing. 56-mashq. Uyga vazifa. Kishilik olmoshlarini qatnashtirib, «Maktabi-mizda gullar bayrami» mavzusida matn tuzing. O‘ZLIK OLMOSHI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi o‘z so‘zining ma’nosini aniqlang.Ajratib ko‘rsatilgan gapdagi fikrga hayotingizda amal qilasizmi? 1. O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan ko‘ra o‘z yurtingda gado bo‘lganafzal. (Maqol) 2. Biz o‘z tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘idek asraymiz.3. O‘zimga o‘zim gapira boshladim. 4. O‘zingni er bilsang, o‘zganisher bil. (Maqol) 5. Yutuqlar o‘zimizniki. 2-topshiriq. Yuqoridagi gaplarda o‘z so‘zi qanday gap bo‘laklarivazifasida kelayotganini ayting. 3-topshiriq. O‘zim, o‘zing, o‘zi olmosh shakllarini men, sen, uolmoshlariga bog‘lab, birikma hosil qiling. N a m u n a: Mening o‘zim. Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pinchashaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlikolmoshi sanaladi. O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shim-chalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim,sening o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzidaqo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlarigata’kid ma’nosi yuklanadi. 57-mashq. Ko‘chiring. O‘zlik olmoshi kimning yoki nimaning ma’no-sini ta’kidlayotganiga e’tibor bering. 1. O‘zi bukur, Tishi o‘tkir, Dehqonga o‘rtoq, Nomi-chi . (o‘roq). 2. O‘zi po‘latdan, Dumi yog‘ochdan (ketmon). ! ?
  • 27 3. O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zimxohlab, askar bo‘ldim. (Dilshod Rajab) 4. Rostini aytsam, o‘zimham unchalik yomon bola emasman. (X. To‘xtaboyev) 5. O‘zidumaloq, Qor kabi oq (tuxum). 6. Baxtsizliging sirini bosh-qalardan emas, o‘zingdan izla. Hammadan avval o‘zinggahisob ber. 7. O‘zini hurmat qilmagan odamdan yaxshilikkutma. («Otalar so‘zi») 8. Ko‘rmagaysiz o‘zini, Eshitasiz so‘-zini (radio). ♦♦♦♦♦ 58-mashq. O‘zlik olmoshini qatnashtirib gaplar tuzing. Tuzgangaplaringizdagi o‘zlik olmoshlari o‘rniga kishilik olmoshlarini qo‘yibko‘ring. 59-mashq. Tarkibida o‘zlik olmoshi qo‘llangan topishmoqlarga misol-lar ayting. N a m u n a: O‘zi pishiq,Burni qiyshiq (no‘xat). Savol va topshiriqlar 1. O‘zlik olmoshi deb nimaga aytiladi?2. O‘zlik olmoshi ishtirokida gaplar tuzing.3. O‘zlik olmoshini qaysi olmoshlar o‘rnida ishlatish mumkin? 60-mashq. Uyga vazifa. O‘qing. Gaplarda qo‘llangan o‘zlik olmoshiningma’nolarini izohlab bering. 1. O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi.(Abdulla Qahhor) 2. O‘zim ham hayronman. (Cho‘lpon)3. Qimirlamang, biroz o‘zingizga keling, – dedi yigit mehri-bonlik bilan, – uyingizga o‘zim kuzatib qo‘yaman. (S. Zun-nunova) 4. Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelganedi. 5. Bu ishlarni qilgan o‘zi. (Cho‘lpon) ?
  • 28 SO‘ROQ OLMOSHLARI 1-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar o‘rniga qavsda berilganso‘zlardan birini qo‘ying. 1. Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi? (Vali, men, o‘rtog‘im,sinfimiz) 2. Dunyoda nima kuchli? (shamol, aql, uyqu) 3. Sinfingizdanechta o‘quvchi bor? (yigirmata, o‘ttizta) 4. Siz nechanchi sinfdao‘qiysiz? (yettinchi) 2-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar ishtirok etgan gaplar qandaygap, so‘roq o‘rniga uning javobi ishtirok etgan gaplar qanday gapekanini ayting. 3-topshiriq. Quyidagi so‘roqlarning nimalarni aniqlash uchunberilishini ayting. Kim?, nima?, qachon?, qayer?, qaysi?, qanday?, nega?, qancha? Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab,maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlarso‘roq olmoshlari sanaladi. 61-mashq. Quyidagi jadvalni tegishli so‘roq olmoshlari bilan to‘l-diring. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gaphisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan ta-laffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisiqo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz? ! ! So‘roq turlari Olmoshlar Shaxs so‘rog‘i Narsa-hodisa so‘rog‘i Belgi-xususiyat so‘roqlari Miqdor so‘roqlari Sabab-maqsad so‘roqlari O‘rin-joy so‘roqlari Payt so‘roqlari
  • 29 62-mashq. Ko‘chiring. So‘roq olmoshlarining tagiga chizib, tepasigaso‘roq turini yozib qo‘ying. O‘z nutqingizda qachon qaysi so‘roq olmosh-laridan foydalanasiz? 1. Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? (AbdullaQahhor) 2. Mukarrama, ular kim ekan? 3. Kechagi gaplardankeyin qaysi yuzi bilan boradi? (Asqad Muxtor) 4. Nima ishlaribor ekan? – so‘radi Zulayho xola. (G‘afur G‘ulom) 5. Xudoyo,tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam?(Abdulla Qahhor) 6. Nega muncha g‘amgin nayning navosi,nega qalbim to‘la o‘kinch va malol? (A. Oripov) 7. – Kimgasovg‘a qilmoqchisiz, yoshi nechada? – dedim. – Onamga,tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. (A’zam Ismoil) 8. Ilmva odob – tagi yo‘q xazina. Kimki unga ega bo‘lsa, qadr-uqiymati baland bo‘ladi. («Otalar so‘zi») 9. – Qanaqa o‘rik? –Erkin aka yelkasini qisib qo‘ydi-da, nari ketdi. (O‘. Hoshimov) 63-mashq. Quyidagi savollarga yozma javob yozing. So‘roq olmosh-larining ishlatilishiga e’tibor bering. 1. To‘g‘riso‘zlik, poklik va muloyimlik deganda nimani tu-shunasiz? 2. Qanday fazilatlar insonga ziynat bag‘ishlaydi?3. Yoshlar qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak? 4. Siz hayotdaqanday kishilarga ergashasiz? 5. Mehnatsevarlik, rostgo‘ylik,samimiylikning nima ekanini bilasizmi? 6. Bunyodkorlik, yara-tuvchanlikning ma’nosi nima? 7. Sizning hayotingizda qaysikitoblar chuqur iz qoldirgan? 8. Siz istiqomat qilayotgan joydaqanday binolar qurib bitkazildi? ♦♦♦♦♦ 64-mashq. Qalay, qancha, qachon, qanday so‘roq olmoshlariishtirokida gaplar tuzing. Savol va topshiriqlar 1. So‘roq olmoshlari deb nimaga aytiladi?2. So‘roq olmoshlariga qanday qo‘shimchalarni qo‘shish mumkin?3. So‘roq olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing. ?
  • 30 65-mashq. Sinfda ikki guruh hosil qiling. Birinchi guruh so‘roqolmoshlari ishtirokida so‘roq gaplar tuzsin. Ikkinchi guruh bu so‘roqgaplarga javob bersin. So‘roq yoki javob berolmay qolgan guruh yutqizganhisoblanadi. N a m u n a: Birinchi guruh: Bir yilda necha kun bor?Ikkinchi guruh: Bir yilda 365–366 kun bor. 66-mashq. Uyga vazifa. So‘roq olmoshlari ishtirokida «Saxovatli kuz»mavzusida matn tuzing. BELGILASH OLMOSHLARI 1-topshiriq. Berilgan gaplarda har so‘zining qaysi so‘zlar bilanbog‘langanini aniqlang. Ma’nosini izohlang. 1. Har kim ekkanini o‘radi.(Maqol) 2. Har narsaga jahl qilaver-maslik kerak. 3. Ovozi har qachongidan ham ta’sirliroq edi. 4. Yutuq-laridan har qancha maqtansa, arziydi. 5. Har bir inson o‘z baxtiuchun kurashadi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarningma’nosini izohlashga harakat qiling. 1. Butun xalq yopirilib, Katta Farg‘ona kanalini qazdik. (HamidOlimjon) 2. Hamma hasharga qatnashdi. 3. Sinfimizdagi barchao‘quvchilar sport to‘garaklariga qatnashadilar. Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilibto‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradiganbelgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs,narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilganshaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydiganolmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi. 67-mashq. Ko‘chiring. Belgilash olmoshlarini toping. Gaplarda yanaqaysi olmoshlar qo‘llangan? Oxirgi gap bo‘yicha fikr bildiring. 1. Agar u guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib qolsa, hammabarobar qalqib, to o‘tib ketguncha ta’zimda turardi. (Said !
  • 31 Ahmad) 2. Har bir bekning navkarlari o‘zlariga qarashli yuk-larni tuya qo‘shilgan og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar.(P. Qodirov) 3. Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri.(O. Yoqubov) 4. Aybdor o‘zi har bir savolga bergan javobi bilanjinoyatini iqror qildi. (Cho‘lpon) 5. Bu gapning butun dahshatishu topda bilindi. (Said Ahmad) 6. Hamma narsa oiladanboshlanadi. Kitobxonlik ham. (M. Azizov) 7. Har kimki so‘ziyolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘och, uyolg‘on. (Alisher Navoiy)8. Har bir so‘zning o‘z o‘rni bor, har bir ishning o‘z mavridi.(«Otalar so‘zi») 68-mashq. O‘qing. Belgilash olmoshlarini toping. Ajdodlarimizningjahonda tutgan o‘rni haqida gapirib bering. 1. O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazi-fangdir. (A. Qodiriy) 2. Hamma perronda. Hamma o‘z jigariniqidiradi. (Said Ahmad) 3. Barcha shodlik senga bo‘lsin, borsitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xush-torlik menga. (E. Vohidov) 4. Dildorning bari gaplari haqi-qat edi. (Said Ahmad) 5. Ulug‘ ajdodlarimiz ilm-u ma’rifat-lari bilan ham butun olamni fath etganlar. (Sirojiddin Sayyid)6. Bog‘imizda uzumning hamma xilidan bor edi. (M. Qoriyev)7. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirishva yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri be-qiyosdir. Savol va topshiriqlar 1. Belgilash olmoshlari deb nimaga aytiladi?2. Belgilash olmoshlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing va ulardagi o‘zgarish haqida so‘zlang.3. Belgilash olmoshlarini qaysi so‘z turkumlari o‘rnida ishlatish mumkin? 69-mashq. Uyga vazifa. Tarix yoki adabiyot darsligidan belgilasholmoshlari ishtirok etgan to‘rtta gap topib, ko‘chiring. ?
  • 32 GUMON OLMOSHLARI 1-topshiriq. Quyida berilgan so‘roq olmoshlariga alla- yoki -dirqo‘shimchalarini qo‘shing: kim?, nima?, qachon?, qaysi?, qancha?,qanday? 2-topshiriq. alla- yoki -dir qo‘shimchalarini olgan yuqoridagiso‘zlarning ma’nolarini tushuntiring. So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasiniqo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi. Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dirqo‘shimchasi esa so‘roq olmoshlari so‘ngidan qo‘-shiladi. Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi.Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir,nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilanalmashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumonolmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birovso‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchungumon olmoshi hisoblanadi. 70-mashq. Ko‘chiring. Gumon olmoshlarining tagiga chizing.Boshqalar bilan suhbat qilayotganingizda, gumon olmoshlaridan foyda-lanasizmi? 1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosningyonidan o‘tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. (AbdullaQahhor) 2. Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay,allanimalar deb g‘udrandi. (O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyimpaydo bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysizamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda.(A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi ko‘rindi. (Oybek)6. Qaysidir yili, aniq esimda yo‘q, qish juda erta keldi. (Qo‘chqor !
  • 33 Norqobil) 7. Bu yigitning nimasidir unga rahmatli otasini es-latardi. (Farid Usmon) 8. Birovning aybini senga aytgan seningaybingni ham birovga aytadi. (Maqol) 71-mashq. O‘qing. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinganini aytibbering. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ilgari surilgan g‘oyahaqida fikrlaringizni aytib bering. 1. Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi.(Abdulla Qahhor) 2. Normurod Shomurodov allaqandayshubhadan yuragi zirqirab o‘z kabinetiga kirdi. (O. Yoqubov)3. Kimdir ot yetaklab o‘tar azonda, Uzilar ko‘chaning sahargitushi. (Shavkat Rahmon) 4. Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham,allaqayeri paxtadan yumshoq, iðakdan mayin bo‘ladi. (SaidAhmad) 5. Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozniqanorlarga joyladik. (O‘. Hoshimov) 6. Kimdir – erkakmi,ayolmi, Nazir ota kiyimidan ajrata olmadi – gul do‘koniningoldini supuryapti. (O‘. Umarbekov) 7. Bu dunyoda – tabiatdaham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliqpaydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni, albatta, kimdir to‘ldirishgaharakat qiladi. («Yuksak ma’naiyat – yengilmas kuch» asaridan) ♦♦♦♦♦7272727272-mashq. Gumon olmoshlari ishtirokida to‘rtta gap tuzing. Gumonolmoshining qanday qo‘shimchalar yordamida hosil bo‘lganini ayting. Savol va topshiriqlar 1. Gumon olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi?2. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinadi?3. Gumon olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing. 73-mashq. Uyga vazifa. O‘qing. Cho‘lponning «Kecha va kunduz»romanidan olingan quyidagi matnda olmoshning qanday turlari mavjud-ligini aniqlang. Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib,shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibio‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘finiko‘rardi. ? 3 – Ona tili, 7-sinf
  • 34 Bu bulutli havoni ochmoq faqat onaning vazifasi edi:– Otasi bomdoddan kirsin, – dedi u Saltiga qarab, – men o‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, – so‘ngra Zebigayuzlandi. – Sen, qizim, uyga joy qil, o‘rtog‘ingni o‘tqiz, das-turxon sol. Biz otang bilan choyni so‘rida ichib, haligi gapnigaplashamiz. BO‘LISHSIZLIK OLMOSHLARI 1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi ajratilgan so‘zlarningma’nosini izohlashga harakat qiling. 1. Hunarli odam hech qachon kam bo‘lmaydi. 2. Majlisdabu masala haqida hech kim churq etmadi. (Z. Egamberdiyeva) 2-topshiriq. Gaplarda hech so‘zi qaysi so‘zlar bilan birikib kela-yotganini ayting. So‘roq olmoshlari va bir, narsa, nima so‘zlari oldidanhech so‘zining qo‘llanishi natijasida bo‘lishsizlik olmosh-lari hosil bo‘ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon,hech qanday, hech qancha, hech narsa, hech bir so‘z-lari bo‘lishsizlik olmoshlari sanaladi va ular yozuvdaajratib yoziladi. 74-mashq. Ko‘chiring. Bo‘lishsizlik olmoshlarining tagiga chi-zing. To‘qqizinchi gapdagi g‘oya bo‘yicha o‘z fikrlaringizni ayting. 1. Moziylar sasiga quloq tutgum jim, ustun bo‘lgan emasdunyoga hech kim. (I. To‘xtamishev) 2. Haqing berma hechkimga, urho-yo, urho. (I. To‘xtamishev) 3. Hammasi joyida,do‘stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman.(P. Qodirov) Hech bandaning boshiga farzand dog‘ini solmasinekan. (O‘. Hoshimov) 4. Yo‘q, xo‘jayin, qorin to‘q. Hech nimayegim kelmay turibdi. (G‘afur G‘ulom) 5. Hozir ham hech kimo‘z ismimni aytmaydi, «Ulfat» deyishadi. (Ulfat) 6. Hech kimnishafe keltirmay tura turing, hali. (Cho‘lpon) 7. Hech qanday !
  • 35 kishini, xoh u tirik bo‘lsin, xoh u vafot etgan bo‘lsin, yomonso‘zlar bilan kamsitib gapirmaslik kerak. (Muhammad Husayn)8. U haqda hech qanaqa xat-xabar yo‘q. (G‘afur G‘ulom) 9. Kimo‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. (J. Bayron)10. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi.(Ibn Sino) 75-mashq. Matnni davom ettiring. Biz – O‘zbekiston yoshlari dunyoda hech kimdan kamemasmiz! ♦♦♦♦♦ 76-mashq. Matnni davom ettirib yozing. Unda qo‘llangan bo‘lishsizlikolmoshlarining tagiga chizing. Dunyoda hech bir narsaning qimmati ilmchalik yuqoriemas. Savol va topshiriqlar 1. Bo‘lishsizlik olmoshlari deb nimaga aytiladi?2. Bo‘lishsizlik olmoshlariga kelishik qo‘shimchalari qay tartibda qo‘shiladi?3. Bo‘lishsizlik olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing. 77-mashq. Uyga vazifa. O‘zingiz sevgan badiiy asardan parcha ko‘chiribyozing. Unda qo‘llangan olmoshlarni topib, ularning turini aniqlang. OLMOSHLARNING TUZILISHIGAKO‘RA TURLARI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi olmoshlarni toping va turlarinianiqlang. 1. Bir vaqtlar qarshimdan o‘tsang, seni derdim oddiy yo‘lovchi.(Shukrullo) 2. Shu-shu biz bordi-keldi qilamiz. (Adham Rahmat) Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft vatakroriy bo‘ladi. ? !
  • 36 78-mashq. Ko‘chiring. Olmoshlarni topib, tagiga chizing, tepasiga uningtuzilishiga ko‘ra turini yozing. Iqbol Mirzoning ijodidan olingan parchabo‘yicha fikr bildiring. 1. Shu-shu Otaqo‘zi ochilib ketib, o‘rinli-o‘rinsiz gaplarniko‘p gapirib yubordi. (O. Yoqubov) 2. Siz o‘zingizni tuproqbilan tenglashtirmakchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushgaham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim.(Abdulla Qodiriy) 3. Hech qanaqa shartim yo‘q. Ishlab u-buorttirish niyatim ham yo‘q. (Said Ahmad) 4. Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmayqoldi. (Said Ahmad) 5. Hamma unga o‘girilib qarar, ammoSattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. (P. Qodirov)6. Mana bu manzarani qaranglar, qizlar, – dedi Manzura.(Oybek) 7. Hech kimni baxt o‘z-o‘zidan quchgan emas, Qushham ko‘kka mashaqqatsiz uchgan emas. (Iqbol Mirzo) ♦♦♦♦♦ 79-mashq. Quyida berilgan olmoshlarni tuzilishiga ko‘ra jadvalgajoylashtiring. O l m o s h l a r: men, mana shu, u, o‘sha-o‘sha, u-bu, siz-biz, hechkim, har bir, hech nima, kim, qanday, allakim, sen-men, kimdir, shu-shu, ana shu, allaqaysi, nega, qandaydir. 80-mashq. Matnni ko‘chiring. Olmoshlarni aniqlang, tuzilishiga ko‘raturlarini belgilang. Vatanparvarlik haqidagi fikrlaringizni ayting. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyukajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalargaham uni e‘tirof ettiradi. O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk bobolarning hayoti va fao-liyatini bilish shu kunning asosiy talabi sanaladi. Bularni egal-lamay turib, biron-bir shaxs komillik darajasiga erisha olmaydi.Amir Temurning hayoti va faoliyati bunda asosiy mezon bo‘la Sodda Qo‘shma Juft Takroriyolmoshlar olmoshlar olmoshlar olmoshlar
  • 37 ? ! oladi. Uning har qanday mushkul vaziyatlardan chiqib ketaolish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi avlodlar uchunibrat, hayot maktabi, Vatanga xizmat qilish namunasi bo‘libqolishi lozim. («Vatan tuyg‘usi» kitobidan) 81-mashq. Hamma, har bir, shu, ba’zi, mana shu, u-bu olmoshlariishtirokida gaplar tuzing. Olmoshlarning yozilishiga e’tibor bering. Savol va topshiriqlar 1. Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?2. Men, u, hamma tuzilishiga ko‘ra qanday olmoshlar sanaladi?3. Har bir, hech nima, allakim tuzilishiga ko‘ra qanday olmoshlar deb qaraladi? 82-mashq. Uyga vazifa. «Mustaqillik bizga nima berdi?» mavzusidamatn tuzing. Qo‘shma olmoshlarning tagiga chizing. SODDA VA QO‘SHMA OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi olmoshlarni toping va ularningtuzilishini aniqlang. 1. Ulug‘ odam hech qachon yolg‘iz qolmaydi. Taqdir uniqanchalar do‘stlaridan ayirmasin, oxir-oqibatda u yana o‘ziga do‘sttopib olaveradi. (R. Rollan) 2. Gulnor hamma narsani bir zumdatayyorlab dadasiga ko‘rsatdi. (Oybek) 3. Ikkovining ham fikriniallanarsalar chulg‘ab olgan edi. (O‘. Umarbekov) Faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar sodda,ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo‘shma olmoshlarhisoblanadi. Kim?, nima?, hamma, barcha singari tub olmoshlar,kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday singari yasamaolmoshlar sodda olmoshlardir. Hech kim, hech qachon, har bir, har kim, manashu, ana o‘sha kabi olmoshlar qo‘shma olmoshlardir. Sodda olmosh qismlari qo‘shib, qo‘shma olmoshqismlari esa ajratib yoziladi.
  • 38 83-mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda va qo‘shma olmoshli gaplarnialohida ko‘chirib yozing. To‘rtinchi gapdagi mavzu bo‘yicha fikr bildi-ring. 1. Meni Sodir Badalovich yubordilar, – dedi so‘rashishuchun ikkala qo‘lini baravar uzatib. (X. To‘xtaboyev) 2. Yigitningdong‘i o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharga ham yetib boribdi.(Ertakdan) 3. So‘fi hech narsa demay o‘rnidan turdi. (Cho‘lpon)4. O‘zingga o‘zingni maqtagandan qo‘rq. (Maqol) 5. Ana o‘shayerda o‘zimizni ko‘rsatamiz. (Said Ahmad) 6. Tesha Saidiybilan bahslashish qo‘lidan kelmaganini har bir so‘zi, har birharakati bilan bildirib turar edi. (Abdulla Qahhor) 7. Ali Qushchinechundir yana o‘sha iliq bahor kunini esladi. (O. Yoqubov)8. Choyxonada, peshin bo‘lib qolganiga qaramay, hech kimyo‘q edi. (O‘. Umarbekov) 9. Lekin buni u hech qachon hechkimga aytmagan edi. (Omon Muxtor) 84-mashq. Ko‘chiring. Olmoshlarni aniqlang, ularning imlosini tu-shuntiring. Siz baxtni qanday tushunasiz? Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. Kimlardir yeng uchida yashaydi.Ko‘ngli tinch. Siz o‘z ota-onangizning jigargo‘shalarisiz. Bu kam. Sizo‘z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko‘z qarog‘larisiz,ammo unutmang: tanbal, daqqi, bezori kishi ma’naviy nogi-ron degan so‘z. Unga hech kishining ko‘zi uchib turganiyo‘q. O‘zi uchun, qorni uchun yashab, nafs gadosi bo‘libyurganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday nusxa-larning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yokizarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni. (G‘. Salomov) ♦ ♦ ♦ ♦ ♦ 8585858585-mashq. Hech, har, mana, ana so‘zlari yordamida qo‘shmaolmoshlar hosil qiling va ularning har biri ishtirokida gap tuzing.
  • 39 Savol va topshiriqlar 1. Sodda olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning imlosinitushuntiring. 2. Qo‘shma olmoshlar deb nimaga aytiladi?3. Qo‘shma olmoshlarning imlosi haqida so‘zlang. 86-mashq. Uyga vazifa. -dir qo‘shimchasi yordamida so‘roq ol-moshlaridan gumon olmoshlari hosil qiling. Ularning yozilishiga e’tiborbering. N a m u n a: Tashqarida nimadir taraqladi. JUFT VA TAKRORIY OLMOSHLAR.ULARNING IMLOSI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi olmoshlarni aniqlang. Ularningtarkibi va imlosini tushuntiring. 1. Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik. (Asqad Muxtor) 2. O‘shavoqealarni eslasam, o‘zimdan o‘zim xursand bo‘lib ketaman.(Mirmuhsin) 3. Qanchadan qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlarsiz-u bizga nasib etdi. (I. To‘lakov) 2-topshiriq. Berilgan so‘z va birikmalarning tarkibini aniqlang.O‘zboshimcha, o‘zbilarmon, manman, sensira (senla), sizla, o‘zidanketmoq, o‘ziga kelmoq. 3-topshiriq. Yuqoridagi so‘zlarning ma’nolarini izohlang va harbiri ishtirokida gaplar tuzing. Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarningbirikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar juft olmoshlar sa-naladi: sen-men, u-bu, siz-biz. Bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lganolmoshlar takroriy olmoshlar hisoblanadi: shu-shu, nima-nima, kim-kim va hokazo. Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilanyoziladi. Olmoshlar boshqa so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishimumkin. O‘zboshimcha, o‘zbilarmon, manman kabilarsifat, o‘zidan ketmoq, o‘ziga kelmoq iboralar sanaladi. ? !
  • 40 87-mashq. Ko‘chiring. Juft va takroriy olmoshlarning tagiga chizing.O‘z nutqingizda juft va takroriy olmoshlardan foydalanasizmi? Bunga e’ti-bor qilganmisiz? 1. Shu-shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqandayiztirobga soluvchi g‘alati hislar girdobiga tushib qoldi. (S. Zun-nunova) 2. Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamono‘sha-o‘sha. 3. Yormat Yo‘lchi bilan yonma-yon yurib eskitanish kabi undan-bundan so‘zlashib bordi. (Oybek) 4. Mashinayuborsam, u-bularni berib yuborarsiz. (Abdulla Qahhor)5. Qat’iyatli bo‘lmagan odam hech qachon o‘ziga-o‘zi xo‘-jayinlik qilolmaydi (U. Foster) 6. Shu-shu, men ularning uyigakeladigan bo‘pqoldim. (Sh. Xolmirzayev) 88-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarning juftva takroriy shakllarini toping. Shoir Aziz Abdurazzoqning fikriga qo‘shi-lasizmi? 1. O‘zingdan kichiklarga doim yordam bergin. Bu bizningeng birinchi vazifamiz. (Aziz Abdurazzoq) 2. Hamma hayvonlarbirdaniga tandirga yugurishib, uning ichida pisib yotganEgriboyni tutib olishibdi va «chaqimchining jazosi – shu» deb,uni tilka-pora qilib tashlashibdi. (Ertakdan) 3. Nima eksang,shuni o‘rasan. (Maqol) 4. Ammo shuni, bolajonlar, unutmang,Qor yog‘ganda, qushlar holi bo‘lar tang. O‘shanda siz qushlargayordam bering, Uvoq seping, ularga inlar quring. (QuddusMuhammadiy) 5. Haqiqat qalb ko‘zidir. Unda o‘z mohiyatingnio‘zing ko‘rasan. (O. Mahmudov) 6. O‘sha savol turtki bo‘lib,men bir necha yil davomida televideniye orqali «G‘azal oq-shomi» davra suhbatlarida ishtirok etdim. (E. Vohidov) 7. O‘zga-lar aybiga tetik nazar sol, o‘z aybing ko‘rgandek undan ibratol. (Nizomiy) ♦♦♦♦♦ 89-mashq. O‘zboshimcha, o‘zbilarmon, o‘ziga kelmoq, o‘zidan ketmoq,manman so‘z va iboralari ishtirokida gaplar tuzing.
  • 41 Savol va topshiriqlar 1. Juft olmoshlar deb nimaga aytiladi?2. Takroriy olmoshlarga misollar keltiring.3. Juft va takroriy olmoshlar qanday yoziladi? 90-mashq. Uyga vazifa. «Mustaqil O‘zbekiston ramzlari haqidao‘ylar» mavzusida matn tuzing. Matnda juft va takroriy olmoshlarniqo‘llang. MUSTAHKAMLASH Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Olmosh deb nimaga aytiladi?2. Kishilik olmoshlariga misollar keltiring.3 O‘zlik olmoshlariga misollar ayting.4. So‘roq olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.5. Belgilash olmoshlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?6. Bo‘lishsizlik olmoshlari qanday hosil qilinadi?7. Sodda olmoshlar qaysilar?8. Qo‘shma, juft va takroriy olmoshlarga misollar keltiring. ? ?
  • 42 1-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Olmoshlarni topib, ma’no gu-ruhlariga ajrating. 1. U har yili ta’tilni o‘z qishlog‘ida, ota-onasi bag‘rida o‘tkazadi.(A. Qosimov) 2. Akajon, akajon! U bizning laylak emas. Siz aqlli-siz-ku! O‘sha cho‘loq bilan teng bo‘lasizmi? (S. Sirojiddinov)3. Qiziq, unda nimaga asoslanib shunday qarorga keldingiz?(A. Karimov) 4. Har kim bilganicha maslahat bera boshladi.(N. Norqobilov) 2-topshiriq. Kim, bu, o‘sha, barcha, har nima, nimadir ol-moshlariga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shing, ular ish-tirokida gaplar tuzing va yozing, olmoshlarning imlosiga diqqatqiling. 3-topshiriq. «Halqa» o‘yinini o‘tkazing. Navbatma-navbat ol-moshlarga misol ayting. Kim ayta olmasa, o‘yindan chiqariladi.Oxirida qolgan o‘quvchi g‘olib sanaladi. 4-topshiriq. Uyga vazifa. «Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi»mavzusida matn tuzing. Siz kimlarni sizlaysiz va nima uchun? Shuhaqda gapirib bering.
  • 43 SO‘ZLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ISMLARNING MUNOSABATSHAKLLARI 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. ISMLAR HAQIDA So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardanbuyon olimlar diqqatini tortib keladi. Tilshunoslikni fan sifatidashakllantirgan qadimgi hindlar so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilargaajratgan edilar. Hindlarning tilshunoslik g‘oyalari bilan oziqlangan arablar so‘z-larni uchga: ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo‘ladilar. Hind tilshunoslari fikrlari asosida yunon olimlari, xususan, Arastuham so‘zlarni ana shunday uchga ajratadi. Keyinchalik faqat yunonlarismlar ichidan sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqaradilar. G‘arb tilshunosligida yunonlarning keyingi tasnifi keng tarqaldi.Rus tilshunoslari ham ana shu an’anaga amal qilib, mustaqil so‘zlarniot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, dastlabkito‘rtta so‘z turkumining barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi(ot), belgining nomi (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o‘rnidaalmashinib keluvchi so‘zlar (olmosh). Rus tilshunoslari shuning uchunularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so‘zlar nomi bilanbirlashtiradilar. Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarnibirlashtirgan holda ismlar nomi bilan o‘rganib kelganlar. Bu so‘z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko‘plikshakllari bilan o‘zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargaginaemas, balki sifat, son, olmoshlarga, shuningdek, harakat nomi, sifat-dosh va taqlid so‘zlarga ham daxldordir. Egalik va kelishik shakllariana shu so‘zlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lab keladi. Buesa egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga egabo‘lgan so‘zlarni ismlar atamasi ostida birlashtirish zarurligini ko‘r-satadi.
  • 44 ♦♦♦♦♦ 91-mashq. Matnni o‘qing. Matndagi so‘zlardan narsaning nomini,belgining nomini, miqdorning nomini va nomlar o‘rnida almashinib ke-luvchi so‘zlarni to‘rt ustunga ajratib, jadvalga joylashtiring. Yashayotganxonangizdagi narsalarni sanang va nomlariga diqqat qiling. Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlarchamasidagi ayol yotardi. Rangi biroz oqarinqiragani uchunqoshlari yana ham qora, quyuq ko‘rinar, peshonasiga tushibturgan qo‘ng‘ir sochlarining jingalagi ham biroz ko‘kargan, leking‘unchadek lablari o‘ziga yarashgan, bejirim edi. Bemor ayollarbilan muloyim gaplashadi-yu, lekin ko‘ngli, turmushi haqidaochiq gapirmaydi. Eri poyezdda ishlar ekan. Shuning uchunhaftada bir keladi. O‘g‘ilchasini yetaklab olma, apelsin to‘ldi-rilgan sumkani ko‘targanicha javdirab kirib keladi-da, xotininingoyoq tomonida o‘tirib unga termiladi. (S. Zunnunova) 92-mashq. Matnni o‘qing. Matndagi ismlarning bir-biriga va boshqaso‘zlarga bog‘lanishiga ko‘mak berayotgan qo‘shimchalarni aniqlang.Zahiriddin Muhammad Boburning armoni nimada edi? Shu haqda bahs-lashing. Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi. Manashu Yetti Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqniaylanib o‘tib, g‘arbga botib ketardi. O‘sha yerda ham YettiOg‘ayni ufqqa bosh qo‘ygan sari Hulkar yulduzlari osmonningbaland joylariga chiqib borardi. Bobur o‘smirligida Hulkaryulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o‘xshatardi. Duminiquvnoq silkitib uchadigan olmos varrak uning xayolini yanamusaffo bolalik yillariga olib ketdi. Osmon dunyoning hammajoyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda ko‘rganyulduzlari umrining oxirida Agrada ham chaqnab turgani unga Narsaning Belgining Miqdorning Nomlar o‘rnidanomi nomi nomi almashinib keluvchi so‘zlar
  • 45 so‘nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotgandayana yosh, sog‘lom yigitga aylanib, Andijon chorbog‘iningsupasida yotganday bo‘ldi. Bir lahzalik bu shirin his ketidanyana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldi-yu, yulduzli osmonnigirdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi. Tun yarmidan oshganda Tohirning o‘kirib yig‘lagani qorong‘ibog‘ni zir titratdi. (P. Qodirov) Savol va topshiriqlar 1. Qadimda so‘zlar qanday guruhlarga bo‘lingan?2. Ismlar deganda qaysi so‘z turkumlari tushuniladi?3. Ismlarning o‘ziga xos xususiyati nima? 93-mashq. Uyga vazifa. Berilgan hadisni yozing. Undan qanday xu-losa chiqardingiz? Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday so‘z ekaninianiqlang. Bir kishi Rasulullohdan: –Men yaxshiligimni kimga qilsambo‘ladi? – deb so‘rabdi. – Onangga, – debdilar Rasululloh.U kishi savolini uch marotaba qaytaribdi. Rasululloh: –Onangga, – deyaveribdilar. To‘rtinchi marotaba yana so‘rabdi.Shunda: – Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga, –debdilar. ISMLARNING LUG‘AVIY VAMUNOSABAT SHAKLLARI 1-topshiriq. So‘zlarning lug‘aviy va munosabat shakllari haqida6-sinfda o‘tilgan materiallarni eslang. 2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichida berilgan qo‘shimcha-lardan mosini qo‘yib, ko‘chiring. 1. Daftar . (-ga, -lar, -dan, ning) varaq. (-ga, -im, -i).2. Maktab. (-lar, -dan, -ga) keldim. 3-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘yilgan qo‘shimchalarning qandayvazifa bajarishini aniqlang. ?
  • 46 Ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash,belgining darajasi kabi ma’nolarini bildiruvchi qo‘shim-chalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy shakl sanaladi. Egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘-shimchalariga ega bo‘lgan shakli esa munosabat shakl-lari hisoblanadi. Ism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlargabog‘lab kelish va gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmatqilgani uchun egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz,-dir qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Demak, ismlarning munosabat shakllariga quyidagilarkiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlar-ni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosa-batini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shim-chalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari.Uchinchi turdagi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb hamyuritiladi. 94-mashq. Ko‘chiring. Munosabat shakllarini yasovchi qo‘shimcha-larning tagiga chizing. Ularni izohlang. Yettinchi gapdagi fikrga munosa-bat bildiring. 1. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, Mol do‘sting molidankechmas. (Maqol) 2. Qurbon cholning gapini eshitib hayronqoldi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Ra’noning yerga qaragan ko‘zisekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. (Abdulla Qodiriy)4. Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidanoldi. (Cho‘lpon) 5. Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglinibo‘shatsin uchun Xonzoda begim uning so‘zini bo‘lmay toqatbilan jim tingladi. (P. Qodirov) 6. Chol podshoning oldiga borib,savoliga javob beribdi. (Ertakdan) 7. Tilingga juda ehtiyotbo‘lgin, boshing omon saqlanadi. So‘zingni qisqa qilsang, um-ring uzayadi. (Yusuf Xos Hojib) 8. Shundan so‘ng To‘marisqo‘shinini to‘plab, jangga otlandi. (Mirkarim Osim) 9. Qazisan,qartasan, asl naslingga tortasan. (Maqol) !
  • 47 95-mashq. Matnni ko‘chiring. Ismlarning lug‘aviy va munosabatshakllarini aniqlab, izohlang. Non va uning qadri haqida fikrlashing. Nonushta yo tushlikkaYozarkanmiz dasturxon,Dasturxonga zeb berib,Bo‘y taratar kulcha non.Noz-ne’matning sarasiVa tabiat ne’mati.Bu ne’matni yaratarOltin qo‘llar mehnati.Kech kuzakda sochib don,Kelguncha yoz – saratonBug‘doyzorda ter to‘karG‘allakor – asl dehqon.Bepoyon qir-adirdaTo‘lishganda boshoqlar,Kombaynchi amakiO‘rimga o‘zin chog‘lar.Tegirmonchi akalarMahtal etmas novvoyni.Novvoy esa yopadiTandir-tandir shirmoyni.Shu bois har burdasinTabarruk deb bitaman.Yo‘l ustida uchrasa,Olib ko‘zga surtaman. (Do‘stjon Matjon) ♦♦♦♦♦ 96-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos munosabat shaklini yasovchiqo‘shimchalarni qo‘yib, ko‘chiring. 1. Ra’no. koptok. . 2. Men o‘quvchi. sen sportchi. 3. Jahl dushman. aql do‘st. . (Maqol) 4. Yolg‘on aytgankishi. xatar. bor ishi. . (Maqol)
  • 48 Savol va topshiriqlar 1. Ismlarning lug‘aviy shakllari qaysi qo‘shimchalar yordamidayasaladi? 2. Ismlarning munosabat shakllari qaysi qo‘shimchalar yordamidayasaladi? 3. -man, -san, -dir qo‘shimchalari qanday qo‘shimchalar sanaladi? 97-mashq. «Bog‘da» sarlavhasi ostida kichik hikoya tuzing. Unda qandaymunosabat shakllaridan foydalanganingizni ayting. EGALIK SHAKLLARI VA ULARNINGIMLOSI 1-topshiriq. Berilgan birikmadagi nuqtalar o‘rniga mos qo‘-shimchalar qo‘shing. Men . . Biz . . Sen . kitob . Siz . kitob . U . . Ular . . Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifo-dalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarninguch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimiegalik qo‘shimchalari hisoblanadi: Ilmning nihoyasi yo‘q.(Abdurauf Fitrat) O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘-lom, siyosiy yuqori saviyali yoshlarimiz bizning iftixo-rimizdir. (Oybek) 98-mashq. Ona va kitob so‘zlarini egalik qo‘shimchalari bilan shaxs vasonda o‘zgartiring. Unli bilan tugagan ismlar va undosh bilan tugaganismlarga qanday egalik shakllarini qo‘shganingizni ayting. Quyidagi shakllar egalik qo‘shimchalari sanaladi: ? ! birlik ko‘plikI shaxs ona+m, yurt+im ona+miz, yurt+imiz II shaxs ona+ng, yurt+ing ona+ngiz, yurt+ingiz III shaxs ona+si, yurt+i ona+si, yurt+(-lar)i
  • 49 ! 4 – Ona tili, 7-sinf 99-mashq. Quyidagi birikmalarda III shaxs egalik qo‘shimchalariningvazifasi haqida fikr yuriting. O‘zingiz ham shu kabi misollar keltiring. Alisher Navoiy bog‘i, o‘qish kitobi, Toshkent shahri, Do‘stliktumani, Jizzax viloyati, Mustaqillik bayrami. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nom-larida qo‘llangan III shaxs egalik qo‘shimchasi shaxsgaqarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdanajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bundaybirikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanil-maydi. Masalan: Bobur bog‘i; Orol dengizi. 100-mashq. Ko‘chiring. Egalik qo‘shimchalarining tagiga chizing. 1. Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi. (G‘afurG‘ulom) 2. Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyinuning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublanganiniyashirmadi. (Oybek) 3. Oradan ikki kun o‘tgandan keyinkechqurun Tesha Saidiyning hujrasiga keldi. (Abdulla Qahhor)4. To‘ra ko‘zidan tilla oynagini olib, stol ustiga qo‘ydi va stolo‘rtasida yoyilib yotgan gazetaga qaradi. (Cho‘lpon) 5. Yuzim-dagi yomg‘ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamgaqaradim. (O‘. Umarbekov) -i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qa-ratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bundayso‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘-qotgan: kechasi, kunduzi kabi. 101-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi egalik qo‘shimcha-larining vazifalarini qiyoslab tushuntiring. 1. Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. (Ko‘rpa) 2. Kunduzkunlari aniq ko‘rinadi. 3. Kecha dam olishimiz juda maroqlio‘tdi. 4. Tuni bilan mijja qoqmadi. 5. Bu yerlarning yozi judaso‘lim.
  • 50 ♦♦♦♦♦ 102-mashq. Toshkent shahri, «Bolalar» jamg‘armasi, Farg‘onaviloyati kabi birikmalar qatorini davom ettiring. Bu birikmalarning tarkibidagiegalik qo‘shimchalarining vazifalarini tushuntiring. Savol va topshiriqlar 1. Egalik qo‘shimchalari deb qanday qo‘shimchalarga aytiladi?2. Unli bilan tugagan ismlarga qaysi egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi?3. Undosh bilan tugagan ismlarga qaysi egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi? 103-mashq. Uyga vazifa. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga zaruregalik qo‘shimchalarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 1. Olmaning ikki palla. dek yarashgansizlar. (Asqad Muxtor)2. Sochi. o‘sib, yelka. ga tushib ketgani uchun oldirmoqchiedim. (G‘afur G‘ulom) 3. Birdan Bo‘taboyning jahl. chiqibketdi. (Abdulla Qahhor) 4. U mening ustoz. bo‘ladi. (X. To‘x-taboyev) 5. Latofatning savol. qo‘qqisdan berilgan bo‘lsa ham,Fazilat qizining gap. ni ilg‘ab oldi. (O. Yoqubov) SIFATDOSH VA HARAKAT NOMLARIDAGIEGALIK QO‘SHIMCHALARI 1-topshiriq. Gaplardagi sifatlanmishlarni tushirib, ulardagi egalikqo‘shimchalarini sifatdoshlarga qo‘shing. 1. Bilgan narsang naf keltirar. (Maqol) 2. O‘qigan narsam xotiramdamuhrlanadi. 2-topshiriq. Hosil bo‘lgan gap bilan avvalgisini qiyoslab, qandayo‘zgarish bo‘lganini izohlang. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘-shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va soninibildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxsbildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘l-maydi. ? !
  • 51 104-mashq. Maqollarni o‘qing. Egalik qo‘shimchalarini topib,vazifasini tushuntiring. Mehnat haqidagi maqolni izohlang. 1. Bo‘zchi bilganin to‘qir, Baxshi bilganin o‘qir. 2. Boqqaningikki echki, O‘shqirganing yer tebratar. 3. Mulla bilganin o‘qir, To-vuq ko‘rganin cho‘qir. 4. Mehnat qilib topganing – Qand-uasal totganing. 5. Bilganingni eldan ayama. 6. To‘g‘ri gap tug‘-ganingga yoqmaydi. 7. Chin do‘st tug‘ishganingdan afzal. 105-mashq. Nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yingva ularning gapda tutgan o‘rnini izohlang. 1. Ahyon-ahyonda polizdan qovunlarning tars-turs yorilgan. eshitilyapti. (Murod Xidir) 2. Hammadan ham qizig‘i qaytish. dabo‘ldi. Dadam bizni «Bir dengiz sayri qilinglar» deb, havorangkemaga tushirdi. Qaytayotgan. da tol novdalariga ikkitadanbaliqni ildi-da, sovg‘a qildi. (Hakim Nazir) 3. Xolida maktabkiyimi kiygan. dan so‘ng, chindan ham bo‘yi cho‘zilib qolgangao‘xshab ko‘rindi. (S. Anorboyev) 4. Turnalar uzoqlashib ko‘zgako‘rinmay ketgan. dan so‘ng o‘zicha hayron bo‘ldi. «Ularningdam arqondek cho‘zilib, dam g‘alvirdek yoyilib uchish. ningsababi nimada ekan-a?» deb o‘yladi. (O. Husanov) 5. Haqi-qiy inson o‘zidan boshqalarning tashvishi bilan yashash. ke-rak. (Gazetadan) 106-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Egalik qo‘shimchalarini topib, ma’nova vazifalarini izohlang. Oltinchi gapdagi Ahmad Donishning fikri bo‘yichabahslashing. 1. Ko‘raman kirmaganingni, – dedi Bo‘taboy otlanayotib.(Abdulla Qahhor) 2. Menga g‘ayir ko‘zi ila qarashingiz tabiiydeb hisoblayman. (Sh. Xolmirzayev) 3. Xuddi aytganimdaybo‘ldi-ya. (O. Yoqubov) 4. O‘qishlaringiz yaxshimi? (S. Zun-nunova) 5. Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilantanishmog‘ing ham zarur. (A. Qodiriy) 6. Yoshlikdan bir hunar-ning boshini ushlanglar, shu bilan jamiyatga ham yordam qilganbo‘lasizlar. (Ahmad Donish) 7. Donoxonga otaning gapi ma’qulkelib, o‘rnidan turdi. (Omon Muxtor) 8. Sharafim, shonim, bor-lig‘imsan, Vatan! (G. Asqarova)
  • 52 Savol va topshiriqlar 1. Harakat nomlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing va ularniizohlang. 2. Turishim, yurganing, aytganimiz so‘zlari tarkibidagi egalik qo‘-shimchalariga izoh bering. 107-mashq. Uyga vazifa. «Mustaqillik yo‘lida fido bo‘lgan bobolarim»mavzusida matn tuzing. Matndagi egalik qo‘shimchalarining tagiga chizing. EGALIK QO‘SHIMCHALISO‘ZLARNING IMLOSI 1-topshiriq. Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing. Idrok, ishtirok, qishloq, yurak, bilak. 2-topshiriq. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilgandan so‘ng asosqismda qanday o‘zgarish ro‘y berganini ayting. Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inliso‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qism-ning oxirgi k,q tovushi g va g‘ tarzida talaffuz qilinadiva shunday yoziladi. Qorin, o‘g‘il, singil kabi ikkinchi bo‘g‘inida i unlisiishtirok etgan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda,ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi va shundayyoziladi. Nok, chok singari bir bo‘g‘inli, idrok, ishtirok sin-gari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shil-ganda, asos qismda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. 108-mashq. Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing.Qaysilarida asos qismda tovush o‘zgarishi ro‘y berayotganini va imlosinitushuntiring. Ko‘zoynak, bilak, tilak, ko‘rshapalak, chelak, parrak,ko‘prik, tuk, oppoq, yuk, so‘roq, buyruq, sog‘lik, ittifoq, huquq,axloq, yurak, terak, elak, kurtak, varaq, taroq, tirnoq, qiliq. ? !
  • 53 ♦♦♦♦♦ 109-mashq. Quyidagi so‘zlarga II shaxs birlikdagi egalik qo‘shim-chalarini qo‘shib, ko‘chiring. Tovush o‘zgarishiga e’tibor bering. Ko‘ngil, og‘iz, bo‘yin, qo‘yin, bo‘g‘iz, o‘g‘il, o‘rin, burun,qorin. 110-mashq. Quyidagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasini qo‘shing va ularishtirokida gaplar tuzing. Bo‘g‘iz, burun, qo‘ziqorin, haq, o‘yin, bag‘ir. Savol va topshiriqlar 1. Singil so‘ziga egalik qo‘shimchalari qo‘shing va asos qismdabo‘layotgan o‘zgarishni tushuntiring. 2. Asos qismi -k, -q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘-shimchalari qay tarzda qo‘shiladi? 3. Zavq va pishloq so‘zlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing vaularni izohlang. 111-mashq. Uyga vazifa. Pirpirak, g‘ildirak, butoq, xalq so‘zlarigaegalik qo‘shimchalarini qo‘shing va ular ishtirokida gaplar tuzing. MUSTAHKAMLASH Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Egalik qo‘shimchalari deb nimaga aytiladi?2. Egalik qo‘shimchalari otlarga qay tarzda qo‘shiladi? 1-topshiriq. Matnni o‘qing. So‘zlarga qavs ichida berilgan egalikqo‘shimchalaridan mosini qo‘shing va ularni izohlang. Qishloqda duv-duv gap tarqaldi: A’lochi bola Qrimga borarmish!Ona (-m,-si,-ng) ishda ekan, bu gapni ko‘chada eshitib, bir mahal hovliqqanicha:– Ona (-miz, -lari, -ng) aylansin! – deya ostonadan ko‘z (-lar, -ingiz, -i)da yosh bilan kirib keldi. – Onagina (-ng, -si, -lari) aylansin.So‘ng o‘g‘il (-si, -i, -ing)ni bag‘riga bosib, peshona (-ng, -si, -ngiz)dan, yuz-ko‘zlar (-si, -i, -ingiz)dan o‘pdi, bo‘yi bilan tengqomatini ko‘rib, battar diyda (-miz, -si, -ingiz) bo‘shashdi: – Ota (-imiz, -ng, -miz) sho‘rlik ko‘rmadi bu kunlaringni. – Yig‘lamang, oyi, – dedi a’lochi bola o‘pka (-miz, -si, -ng) to‘lib. (X. Sultonov) ? ?
  • 54 2-topshiriq. Egalik qo‘shimchasining qo‘shilishi natijasida asosdabo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling va ularni izohlang. 1. Og‘ziga kelganni gapirmoq – nodonlar ishi. 2. Do‘stingningyutug‘i – sening yutug‘ing. 3. Tiling bilan ko‘nglingni bir tut. 4. Aqlliodam har doim o‘z o‘rnini bilib o‘tiradi. 5. Ilon zahridan tilningzahri o‘tkirroqdir. 3-topshiriq. Uyga vazifa. «Kuch birlikdadir» mavzusida matntuzing. Unda ishlatilgan so‘zlar tarkibidagi egalik qo‘shimchalariniizohlang. KELISHIK SHAKLLARI 1-topshiriq. Gapdagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi qo‘shim-chalardan mosini qo‘yib ko‘chiring. Har o‘g‘loni bul Vatan. (-dan, -ga, -ning) sultonlar. (-dan, -ga,-ning) teng bo‘lsin. (Sirojiddin Sayyid) 2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘yilgan qo‘shimchalarning qandayvazifa bajarishini izohlang. 3-topshiriq. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘zning qaysi so‘zgabog‘langanini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang. Ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularniboshqa so‘zlarga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi gram-matik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi.O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z nomi va shakli bor. 112-mashq. Berilgan jadvaldagi kelishiklar nomi va shakliga e’tiborbering. ! Kelishik nomlari Qo‘shimchalari Misollar Bosh kelishik – It hurar, karvon o‘tar.(Maqol) Qaratqich kelishigi -ning Kitobning varag‘i.
  • 55 Davomi Ot va otlashgan so‘zlarning egalik qo‘shimchalaribilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilano‘zgarishi turlanish deyiladi. 113-mashq. Gaplarni yozing, ismlarning turlanishini aniqlang. SirojiddinSayyidning she’ri haqida fikr bildiring. 1. Hikmatni anglam

Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish

Юсупова, Г., & Сабурова, Ш. (2022). Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 302–306. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5613

Гулара Юсупова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Шахноза Сабурова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Аннотация

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ( PISA, TIMSS, PIRLS)

VA ULARNI AMALDA QO‘LLAY OLISH

Yusupova Gulara Ataxanovna

– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

instituti dotsenti, PhD

Saburova Shaxnoza

– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida

ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.

o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi.

innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda
kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish
muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:

– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish

– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan

– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida

o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;

– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi

fanlardan savodxonlik darajasini baholash.

EGRA va EGMA

esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika

bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv
dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija
ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi

Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari,

egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho
berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O‘quvchilarning

savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo‘llanma.-T.:2019.-6-bet

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

Hozirgi kunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.

PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli

davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish,
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda
baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta
qo‘llanilgan.

PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro

dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va
ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –
15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib
boriladi

PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni

o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich
maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda
o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.

PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng

qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va
matn elementlarini baholash va tanqid qilish.

O‘qish savodxonligining maqsadi

– badiiy tajriba orttirish;
– axborotni olish va undan foydalanish.

Tushunish jarayoni:

– diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish;
– to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
– g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;
– kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.

oecd.org/pisa/ – PISA xalqaro baholash dasturi sayti

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda

matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur
dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim
darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga
yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi
maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni,
o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil
oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan
omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat
qiladi.

PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy

farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa,
TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi
sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS
baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan
bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi.
TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va
ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga
alohida e’tibor qaratadi.

Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini

o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi
yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA
baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida
qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5-
sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili,
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib
o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar
savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda
o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni
mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va
sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va
intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida
berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni
mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA
topshiriqlari tuzishi mumkin:

“Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar

Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi:

-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa,
birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni
qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000
bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib,
nollarning o‘zi qoladi.

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

1-topshiriq: Javobi tanlanadigan test
Al-Xorazmiy insonning qanday fazilatini 1 ga tenglashtiradi?
A.Uning nasl-nasabini
B.Yaxshi xulqini
S.Husn sohibi ekanligini
D. Boyligini
2-topshiriq: Bir necha javobli test

Al-Xorazmiy insonni yaxshi xulqli, chiroyli va boy
bo‘lishini uch xonali songa tenglashtiradi.

Agar yaxshi xulq yo‘q bo‘lib ketsa, 3 xonali son 2 xonali
songa almashadi.

Xorazmiy ushbu ajoyib tenglamada insonning qiymati,
avvalo, yaxshi xulqi bilan o‘lchanishini ta’kidlayapti.

3. Javobi yoziladigan test:
RIYOZIYOT so‘zi hozirda qaysi fanni bildiradi?
Javob: (Hozirgi matematika fani)
4-topshiriq: Lingvistik topshiriq:
Matn mazmunidan kelib chiqib, bir o‘rinda

bog‘lovchisini, yana bir o‘rinda

ham bog‘lovchisini qo‘llang. Qo‘llangan bog‘lovchilar matn mazmuniga ta’sir
ko‘rsatmasin.

Agar inson yaxshi xulq sohibi va chiroyli bo‘lsa, uning qiymati

10 ga teng. Agar inson ham yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, ham chiroyli bo‘lsa, uning
qiymati 10 ga teng.

Ona tili darslarida bunday keng qamrovli topshiriqlarni qo‘llash matematikadan

o‘rgangan nazariy bilimlarini hayotiy ko‘nikmalar asosida idrok etishimkoniyatini
beradi.

Adabiyot darslarida ham matn mazmunini tinglab tushunish kompetensiyasini

o‘stirish o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda muhim omildir.
Yangi avlod darsliklarida bu talablarga asosiy urg‘u berilayotgani hech kimga sir
emas. 9-sinf adabiyot darsligida Xojaning “Kechadur” g‘azali keltirilgan

o‘rganish jarayonida quyidagi mantiqiy savollar bilan ishlash o‘quvchilarni xalqaro
baholash dasturlariga tayyorlashda dastlabki qadamdir:

Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.

1-topshiriq: Xojaning “Kechadur” g‘azalidagi 1-baytdagi “kechadur”

so‘zlariga berilgan to‘g‘ri izohni toping.

1.1-misradagi “Kechadur” so‘zi kunduz so‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan. HA-

2.1 va 2-misradagi “kechadur” so‘zining ikkitadan ma’nosi mavjud. Ha-Yo‘q

Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:

O‘zbekiston, 2019. 87-bet.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

2-topshiriq: Geografik bilimlaringiz asosida oy, yil, soat, kun so‘zlarini

xronologik tartibda yozing va ushbu atamalarga ta’rif bering.

Xulosa qilib aytganda, ona tili va adabiyot darslarida aniq fanlar, tabiiy fanlar

bilan fanlararo integratsiyani qo‘llash o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga
tayyorlashning muhim omili hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq,

2. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
3. Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
4. G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.
5. G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
6. Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini

baholashning milliy test sinovi

test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.

7. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

8. Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical

Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas.
Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.

Библиографические ссылки

Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq, 2020, 155-b.

Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.

Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.

G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.

G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.

Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.

Qiziqarli malumotlar
Verska(1 128) 2017 yil – /books/darsliklar/yangi/7-sinf/ona tili. 7-sinf