Vengriya Respublikasi to’liq malumot oling

Vengriya Respublikasi to’liq malumot oling

Rasmiy nomi-Vengriya Respublikasi. Poytaxti-Budapesht. Hududi — 93 ming km.kv. Aholisi- 11 mln kishidan ortiq (2017-yil). Davlat tili — vengr. Dini — katoliklar (68%), protestantlar (25 %). Pul birligi — forint.

Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda — Slovakiya, sharqda — Ruminiya, shimoli sharqda — Ukraina, janubda — Serbiya, Xorvatiya va Sloveniya, g‘arbda — Avstriya bilan chegaradosh. Vengriya hududi asosan tekisliklardan iborat. Vengr-slovak chegarasining bir qismini tashkil qiladigan Dunay keskin janubga burilib, mamlakatni ikki qismga ajratadi. 0‘rta Dunay tekisligi Dunay daryosidan sharqda joylashgan bo‘lib, shimolini Vengriyaning eng yuqori nuqtasi — Kekesh tog‘i (1015 m) joylashagan Alp cho‘qqilari egallagan. G‘arbda baland bo‘lmagan Meshek va Bakoni tog‘lari hamda Markaziy Yevropadagi eng yirik ko`li — Balaton joylashgan.

Davlatlar
Vengriya Respublikasi