VENEROLOGIYA haqida malumot bilib oling.
VENEROLOGIYA (Venera va… logiya) — klinik tibbiyot sohasi; venerik kasalliklarnint yuzaga kelish va tarqalish sabablari, diagnostikasi va klinik kechishini oʻrganadi, ularning oldini olish va davolashning eng maqbul yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqadi. Venerologiya dermatologiya, sotsial gigiyena, infeksion kasalliklar, akusherlik va ginekologiya, terapiya, serologiya va b. bir qancha tibbiyot fanlari bilan uzviy bogʻlangan.
18-a. gacha barcha venerik kasalliklar bir kasallik deb qaralgan boʻlsa. 1830-y. fransuz venerologi F. Rikor soʻzak va zaxm alohida-alohida kasallik ekanligini isbotladi. 19-a. ga kelib bakteriologiyaning rivojlanishi venerik kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini ochishga asos boʻldi. A. Neysserning soʻzakni qoʻzgʻatuvchi gonokokkni (1879), O. V. Peterson va A. Dyukreyning yumshoq shankr streptobatsillasini (1887—89), E. Gofman va F. Shaudinning zaxmni qoʻzgʻatuvchi oqish treponemani (1905) topishi Venerologiyaning rivojlanishida muhim oʻrin tutdi. Nemis bakteriologi va immunologi Vasserman zaxm serodiagnostikasi usuli (Vasserman reaksiyam) ni ishlab chiqdi (1906, A. Neysser bilan hamkorlikda).
Venerologiya mustaqil fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1932-y. Oʻzbekistan teri va venerik kasalliklar i. t. in-ti tashkil qilindi. Hozir barcha tibbiyot intlarining teri va tanosil kasalliklari kafedralarida dermatovenerolog vrachlar yetishtiriladi. Olimlardan U. M. Mirahmedov zaxmni aniqlashda oqish treponemalarni immobilizatsiya qilish reaksiyasi (OTIR) ustida, M. A. Gʻulomova zaxmni penitsillin va b. dorilar bilan davolash, H. H Husanov zaxm kasalligida terining gistologik oʻzgarishlari va h. k. ustida ilmiy izlanishlar olib borishdi. K. A. Yoʻldoshev zaxm bilan ogʻrigan bemorlar ichki aʼzolarining funksional holatini oʻrgandi va ularni davolash, dispanser hisobidan oʻchirishda yangi klinik-serologik uslublarni ishlab chikdi. R. A. Kapkayev va E. G. kim zaxmni qoʻzgʻatuv-chi oqish treponemaning morfologiyasi, uning koʻpayish yoʻllarini va bu kasallik bilan organizmning HLA sistemasi oʻrtasidagi bogʻliqlik qay darajada ekanligini oʻrganishdi. Hozir Oʻzbekiston dermatovenerologiya i. t. in-tida bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ensiklopediya.uz
VENEROLOGIYA