Veb sahifada meta teglarining muhimligi
META teglari sahifa sarlavhasida joylashtirilgan ixtiyoriy atributlar boʻlib, unda sahifa tavsifi, sahifa uchun kalit soʻzlar, muallif haqidagi maʼlumotlar, brauzer va qidiruv robotlari uchun boshqaruv buyruqlari va tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallanmagan boshqa xizmat maʼlumotlari boʻlishi mumkin.
Qanday Meta teglari mavjud ?
Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, meta teglar (X)HTML teglari sifatida tushunilishi kerak, ular yordamida sahifa haqida xizmat ma’lumotlarini belgilashingiz mumkin. Bunday ma’lumotlar
… konteyneriga joylashtiriladi va ekranda ko’rsatilmaydi.
Meta teglar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- description — veb-sahifaning tavsifi,
- keywords — kalit so’zlar,
- http-equiv — yuborilayotgan hujjatning turi va kodlash (belgilar to’plami),
- generator — veb-sayt CMS,
- author — muallif,
- copyright — mualliflik huquqi,
- robots — robotlar uchun sahifalarni indekslash qoidalari,
- viewport — viewport sozlamalari ma’lumotlari, sahifa aks etish sozlamalari va boshqalar.
Meta teglarni to’g’ri sozlash SEO uchun juda muhimdir. Meta teglarni to’ldirish, yozish, sozlash bo’yicha ishlar har doim loyihaning boshida amalga oshiriladi. Va veb-saytni reklama qilish davomida kerak bo’ladi . Ba’zida sayt TOP10 ga chiqishi uchun meta teglardagi kichik o’zgarishlar kifoya qiladi.
SEO bu saytning qidiruv natijalarida 1-o’rinlarga olib chiqish uchun uni qo’llab quvvatlash. Bu borada Meta teglarini o’rni juda katta. Ularda ko’rsatilgan qidiruv robotlari uchun so’zlamalar, sahifa haqidagi ma’lumotlar , ularni qay tartibda uzatilishini , turlari va turkumlari orqali sahifani Google , Yandex kabi qidiruv tizimlarida so’rov natijalariga ko’ra tezroq va birinchi o’rinlarda chiqishini ta’minlaydi.
SEO orqali siz sayt mehmonlari sonini oshirishingiz va bu orqali sotuv yoki brendingizni ham o’sishiga erishishingiz mumkin. Shuning uchun Meta teglari va SEO haqida bilishingiz shart.
Umumiy Dasturlash
Veb sahifada meta teglarining muhimligi