VAZN TOIFALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAZN TOIFALARI haqida malumot bilib oling.

VAZN TOIFALARI — oʻzbek milliy kurashi, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks va ogʻir atletikada sportchilarning vazniga qarab guruhlarga boʻlinishi. Sportda musobaqa qatnashchilariga teng imkoniyat yaratib berish uchun ular toifalarga ajratiladi. Mas., boksda — kichik yoshdagi (15—16 yoshli) oʻsmirlar — 15 ta, oʻspirinlar (17—18 yoshli) — 12 ta, kattalar — 10 ta; kurashda — 8 ta, ogʻir atletikada — 9 ta vazn toifasiga boʻlinadilar. Kurash va boksda oʻsmir va oʻspirinlarni mashgʻulot va musobaqalarga koʻyish chogʻida ularning vazni bilan birga yoshi ham hisobga olinadi. Yana q. Boks, kurash, ogʻir atletika.

Ensiklopediya.uz
VAZN TOIFALARI