Vazn tashlash usullari
Assalomu alaykum. Menga ozish uchun tavsiyalar bering? Uy sharoitida bajaradigan bo’lsa yaxshi bo’lar edi. Oldindan rahmat. Tez va oson ozish usuli Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar, basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u ajoyib trenajyorda. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa sakrash butun tanangizning to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogramlardan xalos bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga, harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash mashqlar samara berishi uchun muhim shart hisoblanadi. Mashqlarni xotirjam ritmda boshlab, asta-sekinlik bilan uni kuchaytirish kerak. Sakrashdan oldin biroz oyoq-qo‘llarning chigilini yozing. Shuningdek, nafas olishni tiklash, mushaklarga biroz dam berish uchun kichikroq tanaffuslar ham kerak bo‘ladi. Ozish uchun mashqlar: Bular hali hammasi emas, sakrashlarning turlari juda ko‘p. Arg‘amchida sakrashni yugurish bilan tenglashtirish mumkin. Shu bois, agar sizda yugurish imkoniyati yoki istagi bo‘lmasa, arg‘amchida mashq qiling va doim salomat bo‘ling! Vazn tashlash usullari
DO`STLARGA ULASHING:
Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi, buning ustiga undan istalgan joyda va paytda – xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin. U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi…
Hozir arg‘amchida sakrashni «skiping» degan modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada bu so‘z «sakrash»ni bildiradi. Arg‘amchi chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi, nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab 100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday yondashuv 3-4 kilometrga yugurishning o‘rnini bosadi.
Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:
Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim.
Sakrayotganingizda oyoq, orqa tomon, qo‘llarning muskullari ishlaydi. Ertalab arg‘amchida 10-15 daqiqa sakrash kun bo‘yi sizga yaxshi kayfiyat va tetiklikni beradi hamda sog‘lig‘ingizni mustahkamlab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.
Mashqlar paytida moddalar almashinuvi tezlashadi, bu esa ozishga turtki bo‘ladi; qon aylanishi kuchayadi, bu esa yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi; nafas olish tezlashadi, bu nafas olish tizimiga yordam beradi. Mashqlarning jadalligiga (sakrashlarning tezligiga) qarab o‘z qomatingizni ham to‘g‘irlashingiz mumkin.
Yuqorida aytib o‘tganimizday, arg‘amchida istalgan joyda – toza havoda, sport zalda yoki uyda shug‘ullanishingiz mumkin, buning uchun sizga faqat arg‘amchi, qulay poyabzal va istak kerak, xolos. Buning ustiga mashqlarni yaxshi musiqa ostida ham bajarishingiz mumkin.
Mashqlardan oldin quyidagilarni qilish kerak bo‘ladi:
Vazn tashlash usullari