Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar

Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar

Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Ba’zi mahsulotlar foydali oziq moddalariga boy bo‘lishi bilan birga, vazn ortishiga ham olib keladi. Quyida ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Qorin qoʻyish jinsiy faoliyatga qanday taʼsir qiladi?
Qorin qoʻyish jinsiy faoliyatga qanday taʼsir qiladi?

Go‘shtli sho‘rvalar suviga go‘sht tarkibidagi yog‘lar erib qo‘shiladi. Uning tarkibidagi xolesterin qovurilgan kartoshkaga nisbatan kamroq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, go‘shtli sho‘rva o‘rniga sabzavotli sho‘rvalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ular sog‘liq uchun foydali va ortiqcha vaznga sabab bo‘lmaydi.

Qovurilgan tuxum tarkibida qator vitaminlardan tashqari, temir, selen, kaliy va fosfor elementlari mavjud. U nonushta uchun juda yaxshi taom. Lekin bitta tuxum kaloriyasi 150–160 kkal ekanligini unutmang. Tuxum sarig‘ida yog‘ ishlab chiqaruvchi moddalar bo‘ladi. Agar har kuni 2–3 donadan qovurilgan tuxum iste’mol qilsangiz, kundan kunga semirib borasiz. Eslatma:Tuxum sarig‘ini yemasdan, faqat oq qismini yeyish esa vazn kamayishiga yordam beradi.

Pista-bodom. Pista nafas olish yo‘llari va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda tavsiya qilinadi. Bodom esa yurak kasalliklariga yo‘liqqanlar uchun foydali. Lekin ular juda kaloriyali mahsulot sanaladi (100 grammida 555 kkal).

Kasha bilan nonushta qilib tushlikkacha to‘q yurish mumkin. Uning yana bir yaxshi tomoni – tez tayyor bo‘ladi. Lekin u energiyaga emas, yog‘ga aylanadi. Bunday paytda bir necha soatdan so‘ng ochlik hissi paydo bo‘ladi va yana tamaddi qilishga to‘g‘ri keladi.

Quruq mevalar juda foydali. Ko‘p parhezshunoslar yangi mevadan ko‘ra quritilgani yaxshiroq bo‘lishini tasdiqlaydi. Lekin uning tarkibida suv yo‘q, shuning uchun kaloriyasi ham ho‘l mevanikidan 5 barobar yuqori bo‘ladi. Shunday ekan, 10 gramm turshakni iste’mol qilish, 50 gramm yangi o‘rik yeyishga teng ekanini unutmaslik kerak.

soglom.uz/tavsiya/vazn-ortishiga-sabab-boluvchi-mahsulotlar-2/

Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar