Vazifalar lavhasi
Lavha — Dashboard. Lavha soʻzi arab tilidan olingan boʻlsa ham, bu yerda juda mos keldi.
Dasturlashga asoslangan korxonalar doim ishlarini loyiha deb atashadi.
* Sizning uyingizga internet ulab ketish bir loyiha.
* MS Word dasturini yasash ham bir boshqa loyiha.
* Telefon qoʻngʻiroqlariga javob beradigan call centre tashkil etish va ishlatish ham boshqa bir loyiha.
Hullas, hammasini loyiha deymiz.
Loyiha turlari ham koʻp. Bir martalik, uzoq muddatli, takrorlanuvchi kabi turlari boʻlishi mumkin.
Shu barcha
loyihalarda bajariladigan ishlar vazifalarga boʻlinadi.
Vazifalar oʻz navbatida ijrochi, qabul qiluvchi, buyutmachisiga ega boʻladi.
Keling loyiha doirasida
vazifalarning hossalarini koʻrib chiqsak:
— vazifa nomi (subject)
— vazifa bayoni (description)
— ijrochi (assignee)
— muhimlik darajasi (priority)
— muddat (due date)
— holat (yangi, jarayonda, bajarildi)
boshlanishiga yetsa kerak.
Amaliy tomonga oʻtsak, nimalar qilishimiz kerak?
1. Har doim biror ish boshladingizmi uni loyiha shaklida koʻring.
2. Har bir bajarilishi kerak boʻlgan ishni vazifa shaklida yozib chiqing.
3. Ogʻzaki vazifalardan qutuling.
4. Katta (bir necha kunlik) vazifalarni iloji boricha mayda (
5. Kichik ishlarni ham vazifa shaklida yozing. Koʻpincha bu texnik qoʻllab quvvatlash (support)da uchraydi.
6. Vazifani egasiz qoldirmang. Barcha vazifaning egasi/bajaruvchisi boʻlishi kerak.
7. «Jarayonda» koʻp vazifa saqlamang.
8. Agar «yangi» vazifalar koʻpayib ketsa, muhimlik darajasini aniqlang.
9. Bitta mavzuga doir vazifalarni bitta katta vazifa (story) ga birlashtirish mumkin.
10. Har kun vazifalar holatini yangilab turing (update status)
Vazifalar boshqaruvi — Task manager
Bizda vazifani oʻzini qilmasdan, ularni kim, qachon, qanday qilishini boshqarish ishdek tuyulmaydi. Shuning uchun ham boshi yoʻq ishlarimiz koʻp.
Agar sizda ham shunday boʻlsa, unda loyihani boshqarishda vazifalar boshqaruvchisini tayin qilishdan boshlang.
Xokimning vazifasi aslida shu. Oʻzi biror vazifani bajarishi kerak emas, bajarilishini taʼminlashi kerak. Buni gʻarbdan oʻrgansak tezroq natijaga erishsak kerak.
Vazifalar boshqaruvi (task management) da nimalarga eʼtibor bersak yaxshi?
1. Bitta loyiha ustida ishlayotganlarni bitta lavhada saqlang. Masalan, dasturchilar (backend, frontend) bitta loyihada, Adminlar, DevOps boshqasida saqlashi mumkin. Majlislar alohida boʻladi. Lekin loyiha bitta boʻladi.
2. Kunlik majlisda har bir guruh oʻziga tegishli vazifalar holatini (status) yangilab borishsin. Esdan chiqqan, keyinga qoldirilgan, egasiz vazifalar «jarayonda» (in progress) boʻlmasligi kerak.
3. Yangi vazifalarni faqat loyiha buyurtmachisi (business owner) yoki guruh sardori (team lead) orqali oling.
4. Agar vazifalaringiz tugab qolsa, «bajarilishi kerak ishlar» (Backlog) dan o`zingizga olib, ertasi kungi majlisda aytib o`ting.
5. Natija vazifalar soni ko`pligi bilan emas, bajarilish sifati bilan baholanadi. Shu sababli vazifa soniga bog`lanib qolmang.
Manba:
Boshqaruv
Vazifalar lavhasi