VAYANGON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAYANGON haqida malumot bilib oling.

VAYANGON, Uyongan (Uygʻongan) b o b o — qad. shahar xarobasi (mil. 1 — 4-a. lar, 9—14-a. lar). Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Manaq (Am-barmanoq) posyolkasidan 1,5 km jan.-sharqda joylashgan. Vayangonni 1949—50 y. larda Ya. Gʻ. Gʻulomov tadqiq etib shahar hayotini 2 bosqichga: kushonlar davri (1—4-a. lar) va oʻrta asrlar (9—13-a. lar)ga ajratgan. 1973—74 y. larda Vayangonni Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filialining Tarix, til-adabiyot in-ti arxeologiya boʻlimi xodimlari tekshirishgan. Vayangon tarhi toʻrtburchak, ikki: gʻarbiy (280×360 m) va sharqiy (320×220 m) qismdan iborat. Yodgorlikda olib borilgan ishlar yakuniga koʻra, Vayangonning gʻarbiy qismi mil. 2—13-a. boshlarida obod boʻlgan. Ya. Gʻ. Gʻulomov Vayangonni oʻrta asrlardagi Ardaxushmisan sh. deb hisoblagan. Vayangon hududida, shuningdek Abdol-bobo va shayx Jaloliddin (12—13-a. boshi) nomli kichik tepachalar, Shayx Hasan Sabroniy makbarasi (12— 14-alar), Qalmoq qirilgan qabristoni (12—14-a. lar) joylashgan.

Vayangon qalʼasi nomi «Goʻrugʻli» dostonida ham tilga olingan.

Ad.: Gulyamov Ya. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1975; Mambetullayev M., Kdыrniyazov M. M., Gorodiщye Voyengan. Arxeologiya Priaralya, vыp. 1, T., 1982; Mambetullayev M., Srednevekovыy mogilnik Kalmakkыrыlgan. Arxeologiya Priaralya, vыp. 2, T., 1984.

Ensiklopediya.uz
VAYANGON