VATTO haqida malumot bilib oling.
VATTO (Watteau) Antuan (Jan Antuan) (1684.10.10, Valansyenn, fransuz Flandriyasi — 1721.18.7, Nojan-syurMarn, Parij yaqinida) — fransuz rassomi, fransuz realistik sanʼatining asoschisi. 1717-y. da «Qiferu oroliga ziyoratga» (Luvr, Parijda) yirik asari uchun akad. unvoni berilgan. Vatto ijodi fransuz rangtasviri, grafikasi va bezak sanʼati rivojining yangi bosqichini boshlab berdi, asarlariga alohida ishqiy va joʻshqin ehtiroslar olib kirdi («Bivuak», «Sugʻur koʻtargan savoyar», 1716 va b.). V. ilk bor sanʼatda istehzo va kuyunchaklik bilan yoʻgʻrilgan nozik ruhiy holatlarni aks ettirdi («Venetsiya bayrami», «Muhabbat tantanasi» va b.). V. merosi (ayniqsa bezak nafosati b-n) rokokoni uslubiy yoʻnalish sifatida rivojlanishiga zamin yaratdi.
Ensiklopediya.uz
VATTO