Vatan, yurt haqida she’rlar
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng, Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing, Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim, Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim, Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun, Abdulla Oripov
Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas, Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni, Nadomat birla boqg‘ayman vatansizlarga har doim, Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar, Diyorim O’zbekistondur, ki andin iftixorim bor, Vatan, sen hur, yo‘ling shonli, qadamni tashlagin shaxdam, Abdulla Oripov
Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun, Ochildi men uchun tor osmon bekam, Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay, Vashington shahri, 1996 yil 25 iyun Abdulla Oripov
Men bechora bir odamman, Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ig‘vo, hasad, fitna bilan to‘lgan bu hayot, Eslar edim Buxoriyni, Yassaviyni ham, Ham Temurbek, ham Ulug‘bek, Alisher, Bobur, Emukdoshim, ay, qardoshim, quloq tut menga, Qo‘lingda erk, boshda yalov, tilingda surud, Abdulla Oripov
Turkistonning bolalari, maqtovimga quloq tutmang, Eng avvalo, shajarangiz qaydan chiqqan, bilib oling, Men Temurdan so‘zlayinmi, so‘zlayinmi Navoiydan, Tarixingiz shundoq uzoq, jangu jadal desa ham bor, Bobur bo‘lib so‘radingiz qo‘ni-qo‘shni dunyolarni, O’t ketsin u qora kunga — birovlarga qul bo‘ldingiz, Biroq iymon nuri doim oqib turgan qoningizda, Ming-ming shukr, zamon kelib istiqbolga erishdingiz, Hurlikniyu saodatni muborakbod etgum, lekin Nazaringiz tushar avval zebi-ziynat dasturxonga, Bo‘y-bastini ko‘rsatguvchi urfoni zo‘r millat qani, Yuragida javhari bor kimsalarni ko‘rmagaysiz, Har qadamga xushomadni o‘z o‘rniga qo‘yolsaydim, Bo‘lmas edi mendan ulug‘, mendan aziz biror inson, Turkistonning bog‘larida bulbullari bor, holbuki, Birov u yon tortar bo‘lsa, birov bu yon tortayotir, Bilib bo‘lmas rost gap qayda, bilib bo‘lmas qayda yolg‘on, Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari, Chinor bo‘lib ildiz oting, qoya bo‘lib tiklangiz qad, Soyangizda panoh topsin horib tolgan qondoshingiz, To‘qayzori bo‘lmasa gar sheru arslon qaydan unar, Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkoningiz, O’tinch ila hasratimni nasihat deb yuzga solmang, Muruvvatu ma’rifatdir buyuklikning nishonasi, Turkistonning bolalari, Turkistonning bolalari, Abdulla Oripov
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam, Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan, Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda, Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar, Abdulla Oripov
Qadimiy bobo yurtim, Abdulla Oripov
Men dunyoni nima qildim, Shodon kunim gul otgan sen, Sen Mashrabsan, Sen Ho`jandsan, Kim Qashqarni qildi makon, O`g`lim desang osmonlarga O`tgan kuning – o`tgan kundir, Yoningda qon yig`lagan bir Sen – shoxlari osmonlarga Muhammad Yusuf
Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang somoningman, Vatan, Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf, Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol, Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib, Bo‘lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima, Yurtda Vulqon cho‘qqidek boshim bulutlardan baland, Xoldor Vulqon
Seni desam yuragimda Isming aytib uyg’onadi Xushbo’y-xushbo’y olmalarda Hovuch-hovuch, zilol-zilol … Yuragimning gulisan sen, Iqbol Mirzo
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Muhammad Yusuf
Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon, Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar, Ginam bor bu yurtning na havosidan, Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin, Talpingan diyorim, u — O’zbekiston! Abdulla Oripov
Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal, Yoshlik — bu karvonning erka noridir, Mo‘’tabar onalar — xonamiz ko‘rki, Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar, Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z, Abdulla Oripov
Har qanday lashkarning ham O’ylayman, ha, olamda Qadim-qadim zamonda Ko‘zni kattaroq ochib Sanasang hodisot mo‘l Barchaga ayon erur Bir kuni yovqur shoir Bugun zimdan nazar sol Abdulla Oripov
Vatan, yurt haqida she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
O’ZBEKISTONIM, SENGA
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
1993VATAN
Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas.
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni.
Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Egib boshini zor yig‘lar, agarchi davlati qoyim,
Faqir bo‘lsam-da bor yurtim — toju taxtim, borar joyim.
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar,
Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Demakkim, hur adolatlig‘, davlati barqarorim bor,
Onamdek mehribon, munis Vatan bor, g‘amguzorim bor,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Faxr-la boqg‘ay Abdullo, ko‘zida shodligidan nam
Panohingni tilab Haqdin dilida iltijo har dam,
Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
1994UMMON ORTIDAGI MAKONIM
(Vashingtonda O’zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilishi munosabati bilan yozilgan she’r)
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.
Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini.
O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam,
Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini.
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!O’ZBEK QOMUSI
Ertangi kunim,
Ne bo‘lishin bilmaydigan ojiz bandaman.
Yeru osmon o‘rtasida topmagan qo‘nim,
Botinimda botmon toshu zohir xandaman.
Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib.
She’riyatning tund qorong‘u ko‘chalarida
Yiroq-yiroq yulduzlarga boqdim entikib.
Har onimda mingta etdi bir hasratimni.
Xira tuman orasida butkul koinot,
G‘ira-shira ilg‘ar edim mamlakatimni.
Ha, ha, ayri tushmagandi xotirotimdan,
Faqat ular chalinardi ko‘zimga mubham,
Lekin sira ketmas edi xayolotimdan.
Sizlar tuzgan ul saltanat — Saltanat bo‘ldi.
Ulug‘ tarix Turkistonga cho‘ng guvoh erur,
Davlat edik, davlat edik, u davlat bo‘ldi!
Ushbu ko‘hna kahkashonda mag‘rur tutgin bosh.
Sen zaminga loyiqdirsan, zamin ham senga,
Senikidir endi bu yer, seniki quyosh.
Vataning bor, bola-bog‘chang, or-nomusing bor.
O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Mamlakating, o‘z Qomusing bor.
1992TURKISTON BOLALARIGA
(Mustaqilligimizning bir yilligi munosabati bilan)
Gina qilsam chidang, ammo gaplarimni hech unutmang.
Siz ham bashar farzandisiz, Haqni bayroq qilib oling.
Barchasini o‘qigansiz, eshitgansiz yo roviydan.
Bosqin ham bor, toshqin ham bor, kasbu amal desa ham bor.
Mashrab bo‘lib kezdingiz goh qashqir yurmas sahrolarni.
Sharqu G‘arbning o‘rtasida oyoqosti yo‘l bo‘ldingiz.
O’zingiz ham sezmagansiz, bir gavhar bor joningizda.
Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdingiz.
Aytib qo‘yay, qulog‘ingiz bitgan ekan sekin-sekin.
Hanuz ta’zim qilmoqdasiz mol-dunyosi bor insonga.
Sizning uchun obro‘ — oltin, arzongarov shuhrat — ma’ni.
Karnayi yo‘q bechoraning to‘yiga yo‘l burmagaysiz.
Peshvolarning poylariga haftada qo‘y so‘yolsaydim,
Oh, xalqimni ne ko‘ylarga solding zamon, solding zamon.
Xor bo‘lsa ham tog‘day baland ko‘ngillari bor, holbuki.
Qonsiragan jallodlarning shodliklari ortayotir.
Malomatga yo‘liqadi, elga: «œBirlash» degan inson.
«œPuf» deganda to‘zg‘igudek mo‘’jazgina lolalari.
Ulug‘-ulug‘ ajdodlarning xavotiri Sizdan behad.
Unutmangki, bul chamanda har bir yaproq jondoshingiz.
Bir manzili bor ekanki, burgutlar ham kelib qo‘nar.
Osilmagan ne-ne Mashrab, otilmagan Cho‘lponingiz.
Xudo insof bergan kuni barmog‘ingiz tishlab qolmang.
Qadam qo‘ying, mana sizga dong‘il yo‘lning ostonasi.
«œPuf» deganda to‘zg‘igudek mo‘’jazgina lolalari…
1992O’ZBEKISTON DAVLATI
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im — bayrog‘im bor!
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
1992 yil, 4 martERK HAQQI
Qutlug‘ bo‘lsin yaloving,
O’ylay-o‘ylay tashlagan
Qadam muborak bo‘lsin.
Tag‘in gurillab yongay
O’chmagan qalb oloving,
Erk haqqiga ichilgan
Qasam muborak bo‘lsin.
Kimsaga yomonlikni
Ko‘rmagansan hech ravo,
Lekin shum qutqulardan
Chiqmadi sho‘rlik boshing,
Endi seni qo‘llasin
Zafar o‘zi doimo,
Safaring bexataru
Xizr bo‘lsin yo‘ldoshing.
1991VATANIM
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !VATAN
Toabad boshing omon bo‘lsin, tovoningman, Vatan.
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.
Haq so‘zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.
Qatl etib o‘ldirsa xam o‘lmas omoningman, Vatan.
Yov uchun mangu o‘tib bo‘lmas dovoningman, Vatan!VATAN
ochilar gullar,
Yomg’ir bo’lib samolardan
sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan
sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!
chuchuk jilg’alar,
Sunbulalar tonglaringdan
taqar sirg’alar,
Kiprigimda yog’dularing
solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!
jannat havosi,
Tog’laringning bag’rida ming
dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning
umr safosi,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!
suvingdan ichdim,
Mehring qanot bo’ldi, moviy
ko’klarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim,
tuprog’ing quchdim,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!
gullagan Vatan!TAVALLO
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!MENI OLIB KETING
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
1981, MoskvaINJU DIYOR UCHUN
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik — kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.
Otalar hayotdir — yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.
1983 yil, noyabrO’ZBEKISTON BAYROG‘I
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
1984
Vatan, yurt haqida she’rlar