Vatan va vatanparvarlik haqida
Vatan va vatanparvarlik haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qayerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
F. SKORINAVatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
A. N. TOLSTOYKim xalq bilan uning qayg‘usini bab-baravar bo‘lishib olmasa, uning shodlpk bayramida o‘zini xo‘rlangan his etishi shubhasizdir.
L. M. LEONOVKimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yashagaga haqlga emas.
F. KLINGERInson hammadan avval o‘z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo qilgan grajdanindir.
V. G. VELINSKIYSaxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.
J.J. RUSSOVatanparvar — o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi, farovonligi uchun o‘zini qurbon qiluvchi insondir.
M. OXUNDOVVatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilagt ulg‘aytiradigan maktabdir.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRINVatan g‘oyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fggkr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar vatan g‘oyasi bo‘lmaganda qplishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRINVatan g‘oyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek xos bo‘lmog‘i zarur, binobarin, bu g‘oyani chinakam his etgandagina kishi o‘zini grajdan deya hisoblashga haqlidir.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRIN
Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan isbot qilinadi.
V. G. BELINSKIYVatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.
V. A. SUXOMLINSKIYVatanga nafi yo‘q yashalgan har kun, inson hayotida qolur bemazmun.
M. SALMONVatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.
M. ROBESPVEROlimaqom vatanparvarlik — vatan farovonligi yo‘lida benihoya jonbozlikdir.
N. G. ChERNIShEVSKIYVatanga muhabbat mavhum tushuncha bo‘lmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir.
A. N. TOLSTOYSof vijdonli kishida vatanparvarlik o‘z vatatti foydasiga mehnat qilish inttiyoqidan bosh-qanarsa bo‘lmasligi kerak va bu boshqa biron narsadan emas, balki iloji boricha ko‘p va xo‘b ezgu ishlar qilish istagidan kelib chiqadi.
N. A. DOBROLYuBOVVatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan narsalarga qahrltg bo‘lmoqlikdir.
N. A. NEKRASOVVatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir.
N. G. ChERNIShEVSKIYVatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuyg‘udir… Muqaddas so‘zlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda og‘iz ko‘pirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yo‘lida indamaygina mehnat qil.
V. A. SUXOMLINSKIYYaqin-yaqinlarda ham vatanparvarlik vatandagi barcha yaxshi narsalarni madh etishdan iborat edi; vatanparvar bo‘lmoq uchun endi bu narsalar kifoya qilmaydi. Chunonchi, barcha yaxshi narsalarni madh etishga hali bizda mavjud bo‘lgan bema’niliklarni ayovsiz fosh qilish va ta’qib etish ham qo‘shilgan.
Ya. A. DOBROLYuBOVXalq farovonligi yo‘lida har turli usullarni axtarmoq va iloji boricha vatanga zarar yetkazadigan illatlarga barham bermoq kerak.
I. A. KRILOVVatanparvarlik bizni mahliyo qilib qo‘ymasligi kerak; vatanga muhabbat ko‘r-ko‘rona ehtiros emas, balki dono aql faoliyatidir.
M. KARAMZINHar kimning hayoti vatanga tegishlidir, binobarin, abjirlik emas, balki rasmana dovtoraklik unga foyda keltiradi.
NAXIMOVEng yoqimli va dolzarb ishlar ham vatanga xavf soluvchi xatar oldida nari surib qo‘yiladi.
L. M. LEONOVBizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» otli so‘zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, —axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?
SISERONMa’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
G. GEGELEng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga ko‘rsatilgan xizmatda.
J. DELILAgar hayot go‘zalligi haqida so‘z boradigan bo‘lsa, vatan uchun kurashda fidokorlik ko‘rsata bilish go‘zal hayotnipg eng yuksak namunasidir.
M. I. KALININVatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin.
I. S. TURGENEVBegona yurt vatan bo‘la olmaydi.
I. GYoTEVatan tarkin bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama.
A. NAVOIYElga qo‘shulg‘on esh topti.
A. NAVOIYO‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan.
BLOKHar kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi.
FREYTAGHarqalay, eng muhimi vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi qolgan hammasini ham osongina hal qilasan.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRINVatan sog‘inchi hammaga bir xilda ta’sir qiladi: u o‘tmish manzaralarini ideallashtirilgan holda jilolantiradi, uning fazilatlari oshaveradi, kamchiliklari esa vaqt va masofa taqozosi bilan xiralashib boraveradi, oxiri tasavvurimizdan butkul o‘chib yo‘qoladi.
J. SANDFaqat hamiyatsiz odamlargina vatan tuyg‘usining go‘zal va yuksakligini his etolmaydilar.
I. P. PAVLOVKim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
J. BAYRONKimda o‘z yurtiga bo‘lmasa mehr.
U qalban shikasta u qalban majruh.
T. ShEVChENKOKim o‘z vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.
V. G. BELINSKIYO‘z yurtidan yuz o‘girganlar o‘z vijdonlaridagg ham yuz o‘giradilar.
Ya. GALANKim vatanni xor qilsa — u oilasidan ham ayriladi.
KORNELO‘z vataniga dog‘ tushirish — uni sotttsh degan so‘z.
V. GYuGOShunday jinoyat borki, uni oqlab bo‘lmaydi,— bu vatanga xiyonatdir.
BUASTVatanga xiyonat qilmoq uchun qalban g‘oyatda tuban bo‘lmoq kerak.
N. G. ChERNIShEVSKIYSotqinni hech kimga va hech narsaga solishtirib bo‘lmaydi. Menimcha, hatto terlama biti ham sotqinga qiyoslansa, haqoratlangan bo‘lur edi.
M. GORKIYHayvonlar to‘dasi deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan xalq tarixda yo‘q va xuddi shuningdek, alohida e’tiborga sazovor guruhlardan iborat xalq ham bo‘lishi mumkin emas.
A. I. GERSENDunyodagi barcha xalqlar har jihatdan ham teppa-teng: biri ikkinchisidan ortiq emas.
G. LESSINGHaqiqiy sof vijdonli kishi o‘zidan — oilani, oiladan — vatanni, vatandan — insoniyatni ustun qo‘ymog‘i kerak.
J. DALAMBERInsonning oyog‘i o‘z yurti zaminiga tomir otishi kerak, lekin uning nigohi butun dunyoni kuzatsin.
J. SANTAYaNAVatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg‘unlashib ketadi. Bilim nuridan bahramand bo‘lgai xalq, bu bilan yonberidagi qo‘shnilariga ziyon keltirmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lishsa, bir-birlari bilan til topishib, yanada qudratliroq kuchga aylanadilar, olamshumul tafakkur yanada ravnaq topadi.
K. GELVESINVatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qplmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi.
F. VOLTERO‘zlikdan kechmang, lekin o‘zgalardan ham arzirli narsalarni o‘rganishga odatlaning.
T. G. ShEVChENKO
Vatan va vatanparvarlik haqida