VATAN posbonlari SSENARIY to’liq malumot oling
(bayram tadbiri ssenariysi).
Tadbir maktab sahnasida o’tkaziladi. Saha bayramona tarzda bezalgan.
Sahnada “O’g’lon , bilib qo’yki, seni –Vatan kutadi”, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni shiori ilingan.
Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi:
— O’zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog’u bo’stonlari,
“Oq oltin” u mo’l-ko’l, bisyor,
Xazinaga boy konlari,
Ona –Vatan posbonlari!
2-boshlovchi : Assalomu -alaykum, hurmatli va aziz o’quvchilar ! Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari ! Shunkor yigitlar !
1-boshlovchi : — Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo’shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar !
2-boshlovchi : Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan « Vatanimiz posbonlari » deb nomlangan bayram tadbirimizga hush kelibsiz.
1-boshlovchi : — Har bir insonning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuprog’i , o’z yurti , ona –Vatani bo’ladi.
2-boshlovchi : -Ha, darhaqiqat , ana shu muqaddas zaminni ko’z qorachig’day asrash , uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo’riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.
1- boshlovchi : — Shu yurtda kamol topgan , non –tuzini totgan har bir kishi Vatanni asdoyidil sevishni, uning koriga yarashni oliy burch , deb bilmog’i lozim.
2-boshlovchi : — O’zini o’zbek elining bek o’g’liman , deb hisoblagan har bir yigit ertaga Vatan shunkoriga aylanishi shubxasiz. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov aytganiday : « Dunyoda Vatan so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo’lishidan ortiq shon-sharaf ham yo’qdir »
2-boshlovchi:- Yigitlik burchini ado etishga chog’langan har bir askar ona –Vatanga , xalqiga va Prezidentiga o’g’lonlik va’dasi sifatida sodiqlik to’g’risiga harbiy qasamiyod qabul qiladi.
Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so’zlar uning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuproq , avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin , uning mustaqilligi va hududiy yahlitligini avaylab-asrash , o’z xalqini tinchligi , sho’x-shodon bolakayning beg’ubor damlari , nurli kelajagi uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olish hammaga nasib qilavermaydi.
1-boshlovchi:
-Otkir ko’zli lochinlarin,
Ko’zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin,
Ona-Vatan posbonlari !
2-boshlovchi :
-O’zbegimning nomus –ori,
Oriyatli askarlari.
Momlarim iftixori
Toza vijdon , iymonlari,
Ona –Vatan posbonlari !
1-boshlovchi : -Diqqat sahnaga bo’lajak Vatan posbonlarini taklif qilamiz.
Sahnaning o’ng tomonida shaxdam qadamlar bilan bir tordan bolalar O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymoning « Askarlar qo’shig’i » nomli jangavor qo’shig’ini aytib kelishadi.
Yakka ovoz-Bir-ikki , uch,
Hamma : -Sarflanamiz zich.
Yakka ovoz : Baland bo’lsin parvozing,
Hamma: Samolarda uch.
Yakka ovoz: Bir-ikki, uch,
Hamma: Doim zafar quch.
Yakka ovoz:- Qudratimiz qoshida ,
Hamma :-Dushman makri puch.
Yakka ovoz:-Bir-ikki, uch,
Hamma:- Tanga sig’mas kuch,
Yakka ovoz:- Vatan uchun ko’ksimiz-
Hamma :- Qalqon va qilich.
Yakka ovoz:-Bir –ikki, uch,
Hamma:- Olam bo’lsin tich.
Yakka ovoz; — Bir –ikki, uch,
Hamma:- Ona yurtni qo’riqlash.
Hamma :- Eng muqaddas burch!
Qo’shiq tugashi bilan “To’xta!” degan buyruqomus ovoz eshtiladi. Ular turgan joyda uch marta debsinib, keyin to’xtashadi. “Sahnaga yuzlanib, o’nga buril!” degan buyruq beriladi. Keyin “Uch qadam orqaga!” degan ovoz yangraydi.Hamma buruqqa mos ravishda orqaga tisarilib sahnaga yuzlanib turishadi.
1-o’quvchi :
Men sakarman doimo.
Hushyorlik menga qurol.
Darrov sezaman , hatto
Shitirlasa, gar shamol.
2-o’quvchi:
Axir, Ona-Vatanim,
Tikkan menga ko’zini.
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini.
3-o’quvchi:
Qo’riqlayman el tinchin,
Tonglarning kulgusin.
Keksalar baxt, sevinchin,
Go’daklar kulgusini.
4-o’quvchi:
Mustaqil Ona-Vatan ,
Mening ko’z qarog’imga.
Axir shu yurt , shu chaman,
O’stiqdi quchog’ida.
5-o’quvchi:
Bu askarlik hayotim,
Yigitlikka sinovdir.
Tinchlik hayot-momotim,
Yurtim unga garovdir.
6-o’quvchi:
— Kunduz bo’lsin yoki tun ,
Issiqmi, sovuqmi yo …..
Farqi yo’qdir men uchun .
Hushyorman men doimo.
Yigitlar ijrosida jangavor raqs ijro etiladi. Raqs tugagach , to’rt nafar o’quvchi safdan ajralib chiqib, shoir Mirzo G’olibning “Ona-Vatanimga xizmat qilaman,” deb nomlangan she’rini ko’ratinki ruh bilan o’qishadi.
1-o’quvchi:
Qurolim mehr-la ko’ksimda qo’yib,
Diyorim nomini ko’ksimga o’yib.
Xalqimni, elimni jonimdan suyib,
Ona-Vatanimga xizmat qilaman.
2-o’quvchi:
Ajdodlar o’gitin yodimda sqalab,
Tinchlik kalomin doimo yoqlab,
Sharafli farzandlik burchimni oqlab.
Ona _vatanimga xizmat qilamn.
3-o’quvchi:
Xalqimning ko’zidan yoshlar to’kilmas,
Yigitlar bardoshi aslo bukilmas.
Musaffo osmonim bag’ri so’kilmas,
Ona –Vatanimga xizmat qilaman.
4-o’quvchi:
Yurboshim, elimga sodiqman doim,
Bizlarni qo’llasin o’zi Xudoyim.
O’zbegim chekmasin zaham iloim,
Ona –Vatanimga xizmat qilaman.
Yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida kichik sahna ko’rinishi ijro etiladi.
Sahnaga yelkasiha yuk halta ilib olgan sport kiyimidagi o’smir yigit va boshiga oq ro’mol tashagan onaxon birga yetaklanib chiqb kelishadi.
Ona: O’sib ulg’ayib, xash-pash deguncha Vatan koriga, el xizmatiga yaraydigan yigit bo’lib qolganingni sezmay qolibman.
O’g’il: O’zimning, mehribon oyijonim. Baxtimga siz , dadam, ukalarimomon bo’linglar, menga shuning o’zi yetarli . Mendan sira xavotir olmanglar.
Ona: O’g’lim bilsang, xarbiyda xizmat qilish hammaga ham nasib etavermaydi. Komandirlaringdan biri aytdi , chaqiriq yoshdagi yigitlarning hammasi ham test sinovlaridan o’ta olmas ekan . Har o’ntadan bittasi xarbiy xiamatga jo’natilayotgan ekan. Men sen bilanfaxrlanaman.
O’g’il: Oyijonim, sizning yuzingizni yerga qaratmayman. “Vatan himoyasi” degan nomiga sodiq bo’lib, xalqimga, yurtimizga sidqidildan xizmat qilaman. Axir, Vatanni mardlar qo’riqlaydi-ku.
Ona: Rahmat , bolajonom! Oy borib , omon qayt! Yaxshi xaizmat qilib , bergan tuzimni oqla. Biz seni kutamiz.
O’g’il : Xayr, onajon! Albatta avvalo, Vatanimga, keyin sizga munosib o’g’lon bo’laman. (Keyin sahnaga yuzlanib) –Aziz ukalarim! Yaxshi o’qib a’lo bilm oling.
Sport bilan ko’proq va asdoyidil shug’ullaning ! Ana shundagini qaddi-qomatingizni ko’rganda hammaning havasi keladigan sog’lom va baquvvat, gap –so’zlari ba’mani , alpomish kelbat , mard o’g’lonlar bo’lib ulg’ayasiz. Vatanga bahodirlar , pahlavonlar , mardu maydonlar kerak!
Sahana ko’rinishi tugagach , o’quvchilar shoir Ravshan Isoqovning “Jajji askarlar” nomli she’rini yoddan o’qishadi:
1-o’quvchi:
Bizlar jajji askarlar ,
Yovga qilmaymiz shafqat ,
Qo’rqmas botir , shunqorlar .
2-o’quvchi:
Yelkamizda avtomat,
Qo’riqlaymiz sarhadni,
Misli alpomish kelbat.
3-o’quvchi:
Jajji askarmiz hali,
Ko’rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi, iqbolli.
O’g’il bolalar jo’rligida shoir Aziz Abdurazzoqning “Askar-askar o’ynaymiz” qo’shig’i ijro etiladi.
Yakka ovoz: -Askar-askar o’ynaymiz,
Qolganlar:-Biz askar, biz askar.
Yakka ovoz: -Askar-askar o’ynaymiz,
Qolganlar:- Siz askar, siz askar.
Yakka ovoz:-O’q otishga yo’l bo’lsin ,
Qolganlar: -Qo’ymaymiz-qo’ymaymiz.
Yakka ovoz:-Biz ham kichik qo’riqchi,
Qolganlar: — Askarlarmiz, askarlar.
Yakka ovoz: -Yurtimizni tinch ,omon ,
Qolganlar: -Asraymiz, asraymiz.
Qo’shiq tugagach yana jangavor buyruq yangrab , yosh posbonlar shaxdam qadamlar bilan sahnadan chiqib ketadi.
Sahnaga boshlovchilar chiqadi.
1-boshlovchi:- O’zbekiston zaminidagi bugungi tinch va osuda hayot , farovonlik xalqimizga istiqlol baxsh etgan bebaho ne’matlaridandir. Milliy Armiyamiz -O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ana shu osudalik va faravonlik muhim kafolati va ishonchli qalqonidir.
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatlarini bajarish va harbiy xizmatini o’tash bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasining 2012 –yil 12-dekabardagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida “gi qonun bilan tartibga solingan .
2-boshlovchi: -Ushbu Qonuning 3-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to’g’risida Harbiy qasamyod qabul qilinishi ko’zda tutilgan bo’lsa , uning 51- moddasida harbiy xizmatdan bo’yin tovlaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoy javobgarlikka tortilishi pisanda qilinadi.
1-boshlovchi: -Yurtim tinch –men tinch, elimning boshiga tushgan kulfat mening ham kulfatimdir” degan o’y har bir o’zbek o’g’lonining hayotiy shioriga aylangan , desak , xato qilmaymiz. Darhaqiqat, bugun yurt himoyasi yo’lida , bizning osoyishta hayotimiz, faravon turmushimiz uchun muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan halqimizning eng sara farzandlarining qay biriga murojat qilmang O’zbekiston askari bo’lishidan Ona Vatanni , muqaddas zaminni himoyalashdek ma’suliyatidan faxrlanayotganliklarini his etasiz.
1-boshlovchi: -Qadamidan o’t chaqnaydi,
Tomirida Temur qoni.
Shunqori bor el qo’rqmaydi,
Ortar olqish, sharf-shoni.
Alp –qomatli polvonlar,
Ona Vatan posbonlari!
2-boshlovchi: -Vatanimiz O’zbekiston ,
Ushalmoqda armonlari.
Madhiyasi tilda daston,
Dardida em-darmonlari.
Ona –Vatan posbonlari!
1-boshlovchi: -Mana bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetib borayapti. Barchalaringizni mamalakatimiz hayotoidagi qutlug’ sana –Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 23-yilligi bilan chin qalbdan yana bir muborakbod etamiz!
2-boshlovchi: -Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yaxshi kayfiyat , o’qish va ishlaringizda omad yor bo’lishini tilaymiz.
Xonadonarinigizdan fayzu baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!
Darsliklar
VATAN posbonlari SSENARIY