VATAN HIMOYACHILARI KUNI – TADBIR SENARIYSI to’liq malumot oling
VATAN HIMOYACHILARI KUNI – TADBIR SENARIYSI
Mundarija
скрыть
Mavzu: O’zbekiston farzandlari,
Kelajak posbonlari
O’quvchilar: Vatan Tinchlik qo’rg’oni,
Har bir o’g’lon uning posboni.
O’qituvchi: Assalomu- alaykum hurmatli ustozlar, mehribon tarbiyachilar. Bugungi tarbiyaviy soatimiz 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlanadi. Barcha vatandoshlarimizni bu bayram bilan muborakbod etamiz. Tarbiyaviy soatimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
Madhiya yangraydi.
1-o’quvchi: Salom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga hush kelibsizlar.
2-o’quvchi: Salomim sizga ahli Turondan
Dardga malham bo’lgan har aziz jondan
3-o’quvchi:Assalomu alaykum elim, xalqimga
Ta’zim qilay qo’llarimni qo’yib ko’ksimga.
4-o’quvchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar ,
Qadamida gul ungan qalbi ummonlar.
5-o’quvchi:Vatanini jondan sevgan,
Bu diyorda baxti kulgan,
Salom deymiz sizga dildan,
Izhor etaylik chin ko’ngildan.
O’quvchi: Otamiz ochgan eshik
Onamiz quchgan beshik
Qay birimiz gul ekdik
Qay birimiz kul sochdik.
Ko’zingni och ey inson
Vatan mezbon biz mehmon
Vatansiz valiylar ham
Yashagan ko’ngil kemtik
Yashasak bu dunyoda
Vatan uchun yashaylik
O’zbekiston atalmish
Chaman uchun yashaylik.
“O’zbekiston qo’shig’i” ijro etiladi.
1-o’quvchi: Ikki daryo o’rtasida barq urgan Turon,
Olloh bergan boyliklarga ko’p ellar xayron
2- o’quvchi:Yaxshilarning dillarida ezgu o’y-fikr,
Ayrim ochko’z xukmronlar qilar ming fikr
3- o’quvchi:Kuch adolat mezonidir degan bobomiz,
Bobolarning o’gitidan quvvat olgaymiz
O’qituvchi: Darhaqiqat buyuk bobomiz Amir Temur ikki daryo oralig’ida ulkan davlat barpo etdilar.Bu davlatning dovrug’i ko’p ellarga yetib bordi. Buyuk davlati o’rniga oradan talay vaqt o’’tib bizning mustaqil O’zbekistonimiz qad ko’tardi va1991 yil 1 sentabrda O’zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. Endi bizning vatanimiz ozod ellar qatorida hur va mustaqil bo’ldi. Bolalar o’zi Amir Temur kim edi?
O’quvchilar: Amir Temur bobomiz,
Mard va jasur bobomiz.
Jangu jadallar kezgan,
Ulug’ davlat yurt tuzgan.
Abadiy o’chmas nomi
Dilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon
Sizni ulug’ bobojon.
1- o’quvchi: To’marislar,Shiroqlarning qonidan tomgan
Necha-necha mard o’g’lonlar jonini bergan,
Tog’larida bobolarning izlari qolgan
Mustaqillik mangu bo’lsin ona diyorim.
2- o’quvchi: Qadim Turon berding ko’plab olim, dononi
Xorazmiy-u, Beruniy-u, Ibn Sinoni
Butun qalbim bilan tinglay o’tmish sadoni
Istiqloling qutlug’ bo’lsin aziz Turonim.
3- o’q-chi: Sening sonsiz boyliklaring dushmanga yoqdi Gohi g’arbdan, gohi sharqdan yog’iylar oqdi
O’zbegimning ko’zlaridan ko’z yoshlar oqdi
O’g’lonlaring seni asrar O’zbekistonim,
Istiqloling mangu bo’lsin aziz Turonim.
O’qituvchi: Mustaqilligimiz mangu bo’lishi , Vatan tinchligini saqlash uchun O’zbekiston Respublikasi xarbiy qo’shinlari o’z yurtlarini dushmanlardan himoya qilishni oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. Sodiq qolish uchun qasamyod etdilar. Savol-javob o’tkaziladi.
1-o’quvchi: Qoyalaru dalalardan chegaramiz o’tadi
Balkim biron pastqam yerda
Dushman poylab yotadi.
Vatanini xarbiylar dushmanlarga talatmas
O’z yurtini sevganlar g’animlarni yo’latmas.
2- o’quvchi: Bepoyondir osmonimiz
Tiniq, zilol suvimiz,
O’zbekiston ravnaq topsin
Shudir orzu o’yimiz
Vatanimga qasd qilganlar
Niyatiga yetolmas
Mustahkamdir chegaramiz
Biron dushman o’tolmas.
O’qituvchi: Vatanimiz mustaqil deb e’lon qilingandan beri, O’zbekistonning dushmanlari borligiga hech kim ishonmas edi. Ming afsuski Vatanining ravnaqini , xalq ozodligini ko’rolmaydiganlar ham uchrab qoldi.1996 yil 16 fevralda Toshkentda terrorchilar harakati amalga oshirildi. Buning natijasida ko’plab vatandoshlarimiz xalok bo’ldilar. Ko’p joylar vayron bo’ldi. Bu singari nodonlik va nonko’rliklarni xalqimiz qattiq qoraladi. Yana 1999 yil va 2000 yil yozda O’zbekiston chegarasida terorchilar tomonidan notinch bo’ldi. Shu yil Vatan himoyachilaridan bir qanchasi bevaqt xalok bo’ldilar. Biz bu Vatandoshlarimiz bilan faxrlanamiz va ularning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Ta’zim qilishadi.Siz ham kelajakda yurt tinchligiga hissa qo’shasiz deb o’ylayman.Chunki:
1-o’quvchi: Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko’rki.
Naslning javhari , davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to’ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
2- o’quvchi: Yigit omon bo’lsa xavfu xatar yo’q
Qalqon bor, qal’a bu , qo’rg’on salomat,
Yigitlar kulgusiga avju daromod
Go’dak uyqusida rohat- xalovat.
O’qituvchi: Siz bugun Alpomish, Amir Temurga
Munosib nabira, mard, jasur o’g’lon
Ajdodlar pok ruhi qo’llasin sizni
Sizga tayanadi hur O’zbekiston.
Xarbiy qo’shiq ijro etiladi.
1- o’quvchi: Vatan bag’rin yashnatib, gulzor etib,
Yuraklarni bir umr bedor etib,
Bosh ko’tarsa yovlarni tor-mor etib,
Tinchlik uchun metin qo’rg’on bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
2- o’quvchi: Bu hur kunlar asli doril-omondir,
Bobolarim orzu qilgan zamondir
Kimga darmon , kimlargadir armondir,
Shukronalar aytib , shodon bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
3- o’quvchi: Temur bobom bizni doim qo’llagay
Jaloliddin jasoratga yo’llagay
Ajdodlarning matonati o’lmagay
Biz ularga sodiq o’g’lon bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
4-o’quvchi: Vatandosh mag’rur tutgin boshingni,
Vatan ishqi yoqsin bor vujudingni,
Asray bilgin istiqlol quyoshingni,
Hur tug’ildik, hurki inson bo’laylik
Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.
O’qituvchi: Aziz bolajonlar bilasizmi Vatan himoyasi uchun biz bir tanu bir jon bo’lishimiz kerak.
Sahna ko’rinishi- “Ota va yeti o’g’il”.
1-o’quvchi: Ona yurtim bebaho o’lkam
Sening sodiq farzandlaring bor
Biror dushman gar qadam qo’ysa,
Daydi itday bo’lajakdir xor.
2-o’quvchi: O’g’lonlaring noming taratsin
Po’lat, Artur, Muhammad Qodir
Dono rahbar bosh bo’lgan ellar
Doim erur zafarga qodir.
3-o’quvchi: O’zbekiston asrasin olloh
O’g’lonlaring gavhardek saqlar
Vatan bergan non hamda tuzni
Bir umrga farzandlar oqlar.
4-o’quvchi: Vatan uchun jonini bergan
Omon bo’lsin botir o’g’lonlar
Vatanimiz mustahkam bo’lsin
Ko’z tikmasin also yomonlar.
O’qituvchi: Vatandan qarzi bo’lar farzand deganning
O’zining ramzi bo’lar har bir maskanning
Ho’sh nima degaysiz, ramzi Turonning
Paxta-bug’doy barakasi O’zbekistonning
Boshida kulib turar quyoshi uning
Nuri bor keksayu- yoshida uning
G’ubordan holidir zangor osmoni
Yam-yashil jannatdek bog’-u bo’stoni
Har doim shukurim bildirib qo’yib,
Yashayman pokiza yurtda Vatanda
Takrorlayman har kun fidoyiligim
Bag’ishlay borimni Vatanim uchun.
Raqs.
O’zbekning o’g;lonlari botir bo’lsin, mard bo’lsin.
Vatan uchun shahidlarning poylaridan gul unsin.
O’z yurtiga jonin fido qilganlarga ming rahmat
Ular nomi yuraklarda o’chmas deymiz toabad.
Shu bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlagan tarbiyaviy soat o’z nihoyasiga yetdi.Asrlar osha Vatanimiz qudrati yanada yuksalaversin, hayotimiz farovon bo’lsin, va biz o’quvchilarimiz, ya’ni bolajonlarimiz bilan birgalikda shunday deymiz:
O’zbekiston bu dunyoda yagona deymiz,
Ko’zimizning qarog’iday xo’p ardoqlaymiz.
Vatan haqida qo’shiq bilan yakunlanadi.
Darsliklar
VATAN HIMOYACHILARI KUNI – TADBIR SENARIYSI