Vatan himoyachilari haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Vatan himoyachilari haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, yurtimiz himoyachilari askarlarga atalgan sherlar to‘plamini qabul qiling. 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston posbonlari

Bilar yurtning shoni bo‘lak,
Bo‘lak yeru-osmonlari,
Sadoqatlari chindor yurak.
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Jasurlikda yo‘qdir taraf,
Farzandim der, sarbonlari,
Xizmat qilish deydi, sharaf,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Yigitmisan yigit bari,
Omon bo‘lsin tan jonlari.
Yomon yo‘ldan yurar nari,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

O‘zbekiston askari

Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning —
O‘zbekiston Askari!

Ardoqlagin Vatanni,
Bag‘ishlab jonu tanni,
Yo‘latmagin dushmanni,
O‘zbekiston Askari!

Ozod yurtim bor, deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt —
O‘zbekiston Askari!

Jasur xamda mag‘rur askar

Qad kerib turgan askar

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi,
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan or timsoli, Vatan nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or senga qo‘rg‘on,
Oringni boringni asra hamisha!

Mart o‘g‘lonlar vatan deb

Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O‘zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

O‘zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

Bizlar jajji askarlar

O‘n to‘rtinchi yanvarga sovg‘a

«Armani» ko‘ylagimi,
Yonida-chi bo‘yinbog‘.
Juda ko‘p o‘ylar kelur,
Mayli, qilmay istilox.

Ularga yaxshi sovg‘a —
Avvalambor o‘zimiz.
Go‘zal tabassumimiz,
Shiringina so‘zimiz.

Vatanga qasamyod xaykal poyida

Goho jon koyitging kelmaydi zinhor,
Rizqi-ro‘z, tinchlikka yo‘qdek nihoya.

Ammo chovuti shay kalxatlar ham bor,
Neki aziz bo‘lsa, shartdir himoya!

Yurtdoshim, haykalni aylab ziyorat,
Ruhingni mardlikka o‘rgatgil sen ham.

Vatanga qasamyod qilgil va abad,
Uni yuragingga o‘rnatgil sen ham!

Muqaddas mehrobdan boqarkan onam,
Poyida tiz cho‘kib turgandek bo‘ldim.

Hech kimga hech qachon bo‘lmagay qaram,
Ona yurt qoshida tiz cho‘kkan o‘g‘lon.

Eng ulug‘ qasam bu — onaga qasam,
Eng buyuk qasam bu — yurtga, begumon!

Vatanim g‘ururi erkakdir

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Vatanimga xizmat qilaman

Vatanga qalqon askar

Posbonlar — Muhammad Yusuf sheri

Yo‘llar ravon bo‘lsin, yo‘llar oq bo‘lsin,
Bahor maysalari ko‘kchiroq bo‘lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz sizga ko‘zmunchoq bo‘lsin.

Erkakdan omadni ayama hayot

Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!

Mayliga har zamon ichib «sher» bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!

Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!

Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.

Hiyonat etmasin yori berib pand,
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.

Qadingni tut ey o‘g‘lon

Ko‘p shaharlar urushdan bo‘lar vayron,
Erkin yurmas qiynar o‘lim talvasasi.
Panasi yo‘q, ko‘chalarda kezar sarson,
Tirnar etni yovuz urush masalasi.

Havas qilma o‘zga yurtning moliga,
Chamanningni obod ayla olamda.
Sotilmagin bir chaqalik puliga,
Yashnab yasha ona diyor vatanda.

Bir umrga askarmiz

Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz,
Birday halol sevmog‘imiz shart!

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari

Vatan himoyachilari haqida sher eng sara sherlar to‘plami
vatan himoyachilari haqida sher eng sara sherlar toplami 3

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari,
Baxodirlar paxlavonlari.
Tinchligimiz chin posbonlari,
Bayramingiz bo‘lsin muborak .

Vatan ishqi ko‘nglingizdadir,
Yurt taqdiri qo‘lingizdadir.
Nigoximiz yo‘lingizdadir,
Bayramingiz bo‘lsin muborak!

Sherlar
Vatan himoyachilari haqida sher eng sara sherlar to‘plami