Vatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar
ONA DIYOR Baxtiyormiz, quvnoqmiz, Tabiatga o‘rtoqmiz. O‘ynab-kulib, yayraymiz, Bulbul bo‘lib sayraymiz. Quchog‘i bog‘u bo‘ston, Betakror, jannatmakon, Seni tan oldi jahon, Mustaqil O‘zbekiston! Allomalar beshigi, Bag‘ri dunyo eshigi, Madhiyasi, qo‘shig‘i Mustaqil O‘zbekiston! Sportchimiz, bardammiz, o‘oliblarga hamdammiz. Sohibqiron avlodi – Har ishda peshqadammiz. Musaffo osmonimiz, Hur Vatan posbonimiz. Doim gullab-yashnasin Shu aziz bo‘stonimiz. Ogohlik shiorimiz, Hushyorlik qarorimiz. Mangu barhayot bo‘lsin Hur ona-diyorimiz! O‘zbekning or-nomusi, Azaliy erk-orzusi, Mustaqillik yog‘dusi – O‘zbekiston qomusi. Ozod Vatan ziynati, Elparvar yurt niyati, Bashariy qadriyati – O‘zbekiston qomusi. Bugun tan oldi jahon, BMT degan qo‘rg‘on, Safarga chiqqan karvon – O‘zbekiston qomusi. Jannatdir dala-tuzi, Chempion o‘g‘il-qizi, Tarixda cho‘ng ildizi – O‘zbekiston qomusi. Madhiyasi, bayrog‘i, Humosi ko‘z qarog‘i, Har xonadon charog‘i – O‘zbekiston qomusi. Himmati baland o‘zing, Baxti bahramand o‘zing, Ahli arjumand o‘zing – O‘zbekiston qomusi. Tomirimda rishtamsan, Vatandek farishtamsan, Olloh bergan ishqdansan, O‘zbekiston qomusi! Porlagan yurt charog‘i, El baxti, ko‘z qarog‘i. Iftixori, ardog‘i – O‘zbekiston bayrog‘i! Ajdodlarning orzusi, Istiqlolning qomusi. Hur millat or-nomusi – O‘zbekiston bayrog‘i! Allomalar naslimiz, Ozod yurtda baxtlimiz. o‘ururimiz, faxrimiz – O‘zbekiston bayrog‘i! Quchog‘i bog‘-u bo‘ston, Giyohi tanga darmon. Jumla-jahonga doston O‘zbekiston bayrog‘i! So‘z mulkining ra’nosi, Tengsiz mazmun-ma’nosi. Shod dillarning sadosi – Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam. Tenglar ichra teng bo‘lgan, Baxtu iqboli kulgan. Jannat bog‘ida gulshan – Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam. Yurt dong‘ini taratgan, Tilimizni sayratgan. Saroylarni yangratgan – Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam. Xalqim asriy orzusi, Istiqlolim ko‘zgusi. Har bir yurak yog‘dusi – Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam. Nigohlari jur’atkor, Parvozlari shiddatkor, Ozod elga najotkor Humo qushim – hur qushim, Samo qushim – nur qushim! Qanot qoqib uchadi, Ufqlarni quchadi, Baxt eshigin ochadi Humo qushim – hur qushim, Samo qushim – nur qushim! Quyosh kabi ziyosi, Chaqmoq kabi qiyosi, Xalqim mehrigiyosi Humo qushim – hur qushim, Samo qushim – nur qushim! Ezgu niyat jarchisi, Orzu umid elchisi, Istiqlol xabarchisi Humo qushim – hur qushim, Samo qushim – nur qushim! Sergakmizu hushyormiz, Yurt ishiga tayyormiz. Har ishda madadkormiz – Tinch bo‘lsin osmonimiz, Biz Vatan posbonimiz. Bizni kutar baxt-iqbol, Porloq bo‘lar istiqbol. Mangu bo‘lsin istiqlol – Tinch bo‘lsin osmonimiz, Biz Vatan posbonimiz. Vatan –ko‘z qarog‘imiz, Muqaddas tuprog‘imiz. Yovga shay yarog‘imiz – Tinch bo‘lsin osmonimiz, Biz Vatan posbonimiz. Avlodlari baxtga yor, Ajdodlari madadkor. Kelajagi ulug‘vor – Tinch bo‘lsin osmonimiz, Biz Vatan posbonimiz. manba:quvnoqbola.comVatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
O’ZBEKISTON QOMUSI
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Nurulloh Oston
MADHIYAM
HUMO QUSHIM
TINCH BO‘LSIN OSMONIMIZ
Nurulloh Oston
Vatan haqida she’rlar – O’zbekiston haqida she’rlar