VASLA haqida malumot bilib oling.
VASLA (arab, vasl) — mumtoz sheʼriyatdagi fonetik hodisa. Ikki soʻzning nutqda sandxi talaffuz etilishiga koʻra ulardagi boʻgʻinlarning qayta boʻlinishi. Vasla bir necha koʻrinishda kuzatiladi: 1. Yopiq tugagan boʻgʻinli soʻz ketidan unli b-n boshlangan soʻz kelib, ular qoʻshilib talaffuz etilsa, avvalgi soʻzning soʻnggi undoshi keyingi soʻz birinchi boʻgʻinining boshi holida talaffuz etiladi. Mac, zor etdi zo-ret-di. 2. Unli bilan tugagan soʻz ketidan unli bilan tugagan soʻz kelib, talaffuz etilsa, soʻzlar qoʻshilishida yondosh boʻlgan unlilarning biri qisqaradi, yaʼni: ne uchun ne-chun. 3. Unli bilan tugagan soʻz ketidan sandxi qoʻllanuvchi soʻzning birinchi undoshi unli tomonidan assimilyatsiya qilinishi ham mumkin. Bunda ham bir unli qisqarishi va soʻzlarda boʻgʻin kamayishi kuzatiladi. Mas., ya-liya-li yal-ya-li kabi. Vasla nutqiy hodisa boʻlib, mumtoz adabiyotda badiiy uslub vositasi sifatida tavsiflanib keladi.
Ensiklopediya.uz
VASLA