VASKULIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VASKULIT haqida malumot bilib oling.

VASKULIT (lot. vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi Vaskulit farq qilinadi. Ikkilamchi Vaskulitga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali kizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va h. k.) kasalliklar sabab boʻladi. Vaskulitga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar va anevrizma paydo boʻlishi mumkin. Davo Vaskulitga sabab boʻlgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.

Ensiklopediya.uz
VASKULIT