VASILYEV Vitaliy Anatolyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VASILYEV Vitaliy Anatolyevich haqida malumot bilib oling.

VASILYEV Vitaliy Anatolyevich (1939.28.12, Toshkent) — balet artisti, Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1958). 1958—60 y. larda Saratov opera va balet teatrida, 1960—64 y. larda Krzoq opera va balet teatrida, 1964—79 y. larda Navoiy teatrida balet solisti. 1979-y. dan Navoiy teatri balet truppasida repetitor-pedagog. Ijro etgan partiyalarida mumtoz raqs shakllarini oʻzbek millim xoreografiyasi harakatlari bilan uygʻunlashtirib, qahramonning ichki dunyosini ustalik bilan ifodalagan. Qaxramonona, hajviy, lirik-romantik va xarakterli partiyalarni mohirona ijro etgan. Eng yaxshi partiyalari: Don JuanDon Juan»), Zigfrid («Oqqush koʻli»), Spartak («Spartak»), Suhayl («Suhayl va Mehri»), Mirza Izzat («Sevgi tumori»), Temur Malik («Sevgi va shamshir»), Usta («Tanavor»), Antoniy («Antoniy va Kleopatra») va b. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureata (1970).

Ensiklopediya.uz
VASILYEV Vitaliy Anatolyevich