VASHINGTON KONFERENSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VASHINGTON KONFERENSIYASI haqida malumot bilib oling.

VASHINGTON KONFERENSIYASI (1921.12.11-1922.6.2) – AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya; 1-jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay boʻlgan edi. Vashington konferensiyasining eng muhim qarorlari: Toʻrt davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, Toʻqqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga kelgan Uzok, Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi.

Ensiklopediya.uz
VASHINGTON KONFERENSIYASI