VARISTOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VARISTOR haqida malumot bilib oling.

VARISTOR (ing. vari (able) — oʻzgaruvchan va (resi) stor — qarshilik) — yarimoʻtkazgichli inersiyasiz rezistor. Elektr oʻtkazuvchanligi qoʻyilgan kuchlanishga bogʻliq boʻladi. Kuchlanish koʻpayishi bilan Varistorning qarshiligi kamayadi, zanjirdan oʻtayotgan tok oshib boradi. Varistor kremniy karbid (SiC) kukunidan yasaladi. Varistorga kumush (Ag), alyuminiy (A1) va mis (Si) elektrodlar oʻrnatiladi. Varistordan elektron-hisoblash mashinalarida, aloqa liniyalarida foydalaniladi. Past voltli Varistor kuchlanish stabilizatori sxemasida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VARISTOR