Varikotsele nima degani? haqida to’liq ma’lumot oling

Varikotsele nima degani? haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
Varikotsele nima degani? haqida to’liq ma’lumot oling
Varikotsele nima degani? Erkak kishining jinsiy a’zolarida mavjud bo’lgan tomir va arteriyalar uning tuxumini qon bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Qon tomirlari orqali qon yurakdan butun tana bo’ylab aylanadi. Aylanish bir tomonlama bo’ladi. Ba’zida organizmda biror kasallik tufayli qon bir tomonga emas, balki uning oz miqdori teskari tomonga qayta boshlaydi. Shunda qaytgan qon hisobiga tomirlar kengayadi, shishadi, kattalashadi. Natijada varikotsele kasalligi yuzaga keladi. Kim varikotsele bilan kasallanishga moyil bo’ladi? Varikotsele juda ko’p tarqalgan kasallik bo’lib, odatda 15-25 yoshlik erkaklarda paydo bo’ladi. Buning sababi jinsiy rivojlanish jarayonida tuxumlar katta tezlikda o’sadi va ularning to’g’ri rivojlanishi uchun ko’p miqdorda qon talab etiladi. Agar shu davrda qon tomirlari yaxshi faoliyat ko’rsatmayotgan bo’lsa, kuchli qon oqimiga bardosh bera olmay, tomirlarda varikotsele yuzaga kelishi oson bo’ladi. Ko’pincha varikotsele chap tomondagi tuxum tomirlarida namoyon bo’ladi. Kam hollarda o’ng tomonda ham yuzaga chiqishi mumkin. Varikotsele xavflimi? Varikotselening xavfliligi uning darajasiga bog’liq. Varikotsele tufayli erkak tuxumida harorat yuqori yuradi, bu esa spermatozoidlarning o’limiga, sifatini buzilishiga, natijada bepushtlikka ham olib kelishi mumkin . Varikotsele alomatlari qanday? Varikotsele mavjudligi haqida erkak ko’pincha bilmay yuradi. Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir joyda o’tirish yoki tik turish natijasida ba’zi alomatlar namoyon bo’lishi mumkin:
Varikotsele nima degani?
Erkak kishining jinsiy a’zolarida mavjud bo’lgan tomir va arteriyalar uning tuxumini qon bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Qon tomirlari orqali qon yurakdan butun tana bo’ylab aylanadi. Aylanish bir tomonlama bo’ladi. Ba’zida organizmda biror kasallik tufayli qon bir tomonga emas, balki uning oz miqdori teskari tomonga qayta boshlaydi.
Shunda qaytgan qon hisobiga tomirlar kengayadi, shishadi, kattalashadi. Natijada varikotsele kasalligi yuzaga keladi.
Kim varikotsele bilan kasallanishga moyil bo’ladi?
Varikotsele juda ko’p tarqalgan kasallik bo’lib, odatda 15-25 yoshlik erkaklarda paydo bo’ladi. Buning sababi jinsiy rivojlanish jarayonida tuxumlar katta tezlikda o’sadi va ularning to’g’ri rivojlanishi uchun ko’p miqdorda qon talab etiladi. Agar shu davrda qon tomirlari yaxshi faoliyat ko’rsatmayotgan bo’lsa, kuchli qon oqimiga bardosh bera olmay, tomirlarda varikotsele yuzaga kelishi oson bo’ladi.
Ko’pincha varikotsele chap tomondagi tuxum tomirlarida namoyon bo’ladi. Kam hollarda o’ng tomonda ham yuzaga chiqishi mumkin.
Varikotsele xavflimi?
Varikotselening xavfliligi uning darajasiga bog’liq. Varikotsele tufayli erkak tuxumida harorat yuqori yuradi, bu esa spermatozoidlarning o’limiga, sifatini buzilishiga, natijada bepushtlikka ham olib kelishi mumkin .
Varikotsele alomatlari qanday?
Varikotsele mavjudligi haqida erkak ko’pincha bilmay yuradi. Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir joyda o’tirish yoki tik turish natijasida ba’zi alomatlar namoyon bo’lishi mumkin:
— tuxumlarning qichinishi;
— jinsiy a’zolarda og’irlik paydo bo’lishi;
— tomirlarning bo’rtganligini qo’l bilan sezilishi;
— tuxum tomonda noqulaylik sezilishi;
— bir tomondagi tuxumning boshqa tomon tuxumdan shakli va razmeri bilan farq qilinishi.
Varikotsele qanday davolanadi?
Shifokor varikotsele kasalligini aniqlash uchun tuxumni tekshiradi. Bunda tuxum razmeri, shakli, joylashishi, harakatlanishiga ahamiyat beriladi. Agar varikotsele borligiga shubha paydo bo’lsa, qo’shimcha ultra tovushli diagnostika yoki stretoskopik tekshiruv talab qilinishi mumkin.
Agar varikotsele erkakka hech qanday noqulaylik keltirmayotgan bo’lsa, u holda u, odatda, davolanmaydi.
Varikotsele darajasiga qarab ba’zida uni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash yoki varikotsele tufayli tuxum va boshqa jinsiy a’zolardagi yallig’lanishni dori vositalari bilan davolash talab etilishi mumkin.
Yana bir yo’l, tomir ichiga sun’iy yo’lakcha joylashtirish orqali plastik jarrohlik qo’llaniladi.

Malumotlar
Varikotsele nima degani?