VARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VARI haqida malumot bilib oling.

VARI (Lemur varius) — makilar (lemurlar) urugʻining bir turi. Madagaskar oʻrmonlarida katta poda boʻlib yashaydi. Boʻyi 0,6 m, dumi 0,6 m cha. Vari bu uruqqa kiradigan turlar ichida eng yirigi. Tanasi qalin oq-qora jun bilan qoplangan. Boshi va boʻynining ikki yonida uzun junlari bor. Rangi har xil: baʼzilarida oq jun, boshqalarida esa qora jun koʻp, hatto, tamomila oq yoki qora junlilari ham uchraydi. Turli mevalar bilan oziqlanadi.

Ensiklopediya.uz
VARI