Varekoz kasalligi
Bu omillar tomirlarning kengayishiga, venoz bosimning kuchayishiga va venoz klapanlarning normal ishlashini buzilishiga olib keladi. Natijada oyoqlarning tomirlarida patologik qon aylanishi — reflyukslar (chuqur venalardan qonning teskari yuzaki venalarga oqishi). Aynan shu kasallikning vaqt o’tishi bilan kuchayib borishi va venoz tizimiga tushadigan yukni ko’p marta oshishiga sabab bo’ladi. Qonning to’g’ri — oyoq venalarida pastdan tepaga oqishi bir necha omillar bilan amalga oshiriladi: arteriyalardagi qon bosimi, qonning teskari oqishini oldini olish uchun qon tomirlarida harakat va klapanlarning mavjudligi. Bu klapanlarning o’z funktsiyalarini bajara olmasliklari venalarda qon oqimining buzilishini keltirib chiqaradi va bu tomirlarning ortiqcha cho’zilishiga olib keladi. Shu sababli qon oqimi tartibsiz bo’ladi, qon oyoqlarning pastki venalarida to’xtab qola boshlaydi (ayniqsa teri osti venalarida), ulardagi bosim ortadi, vena devorlari kengayib va ingichkalashib boradi. Varikoz alomatlari uning bosqichi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Kamdan-kam hollarda, lekin uchraydigan alomatlarga venalar yorilishi natijasida qon ketishi kiradi, ko’pincha kechasi sodir bo’ladi. Agar varikozda isitma yoki zaiflik kabi belgilar mavjud bo’lsa, bu kasallikning asoratlaridan dalolat beradi. Varikozning asoratlarida quyidagilarni boshdan kechirish mumkin: Varikoz tomirlarining belgilari aniqlanganda yoki to’g’ri tashxis qo’yish uchun felbolog, nevrolog, jarrohga murojaat qilish kerak. Varikoz tomirlarining tashxislash usuli: ultratovush tekshiruv (UTT) yoki flebografiya. Varikozni qanday davolash mumkin?Bu savolga tashxisdan keyin shifokor javob beradi. Axir faqat to’g’ri tashxis qo’yilgan taqdirda varikozni davolash ijobiy natija beradi. O’z navbatida, davolovchi shifokor quyidagi davolash usullarini tanlashi mumkin: Bunday vositalar kasallikning dastlabki bosqichlarida yordamchi davolash va rivojlanishini oldini olish vositasi sifatida qo’llaniladi. Ular quyidagicha yordam beradi: Troksevazin. Qon aylanishi tizimining faoliyatini normallashtiradigan faol modda — trokserutinni o’z ichiga oladi. Yallig’lanishni yo’q qiladi, kapillyarlarning nozikligini pasaytiradi, venotonik xususiyatlarga ega, shishlarni yo’q qiladi. Detraleks. Yomirlarida qon turg’unligini kamaytiradi va limfa va suyuqlik oqimini yaxshilaydi. Rutin. Vitamin P (rutin va boshqa bioflavonoidlar), shishlarni kamaytiradi, yallig’lanishni kamaytiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, tomir tortishishlarni yengillashtiradi va venoz yara hosil bo’lishini oldini oladi. Aestsin. Ot kashtani urug’ini o’z ichiga oladi. Qon tomir o’tkazuvchanligini va yulduzlar sonini kamaytiradi, tonusini oshiradi, yallig’lanishni, shish, qonning quyulib qolishini kamaytiradi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. Venoruton. Qon aylanish tizimining ish faoliyatini tiklaydigan okserutinni o’z ichiga oladi. Yallig’lanishni bartaraf qiladi. Tromb hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Tabletkalar kasallikka mahalliy ta’sir qilib bo’lmasa, kompleks davolash qismi sifatida qo’llaniladi. Ular quyidagicha yordam beradi: Venarus. Qon tomirlari tonusini oshiradi, cho’ziluvchanlik, o’tkazuvchanlik, kapillyar sinuvchanligini kamaytiradi, sezilarli darajada venoz qonning turib qolishini, yallig’lanishi kamaytiradi, qon tomir devorlarini shikastlovchi erkin radikallardan himoya qiladi. Anvenol. Qon tomir o’tkazuvchanligini kamaytiradi, mikrosirkulatsiyani yaxshilaydi, arteriolalarni kengaytiradi, qon tomirlari tonusini oshiradi, periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Eskuzan. Ushbu preparat yallig’lanishga qarshi va tonik xususiyatlarga ega, tomir devori mustahkamligini oshiradi, kapillyar sinuvchanlikni kamaytiradi, shish va qon turg’unligini oldini oladi, charchoq, og’irlik, zo’riqish, qichishlarni yengillashtiradi, turli organlar va to’qimalarda sog’ayish jarayonini tezlashtiradi. Venoruton 300. Bu shishni kamaytirish, og’riq qoldiruvchi, tortishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, trofik kasalliklar va yaralarni bartaraf etadi. Angistaks. Tomirlar elastikligini oshiradi, qon tomir o’tkazuvchanligini me’yorlashtiradi, shish shakllanishini oldini oladi va mavjud shishlarni kamaytiradi. Endovazal lazerli koagulyatsiyasi. Shifokor shikastlangan tomirga lazer bilan ta’sir qiladi va buning natijasida yulduzchalar yo’qoladi. Mahalliy og’riqsizlantirish ostida o’tkaziladi. Bir necha hafta o’tgach terida muolaja haqida hech qanday eslatma qolmaydi. Dastlabki bosqichlardagi varikozni davolash uchun ishlatiladi. Skleroterapiya. Faoliyati buzilgan vena ichiga inyektsiya orqali maxsus moddalar yuboriladi, ular tomirlarni butunlay jipslashtirib, yopishtirib qo’yadi, qon tomir faoliyati to’xtaydi va qon so’glom tomirlar orqali oqa boshlaydi. Ushbu muolaja hamma uchun ham mos kelmaydi. Faqat tugunlar juda katta bo’lmagan taqdirda belgilanadi. Ozon terapiyasi. Ozon kichkina igna bilan qon tomir ichiga yuboriladi va tomirni yopishtirib qo’yadi. Sezilarli natijaga erishish uchun bir necha muolaja yetarli. Qon tomirlari yulduzchalarini yo’q qilish uchun ishlatiladi. Flebektomiya. Jarrohlik aralashuvi, shikastlangan tomirlar oddiygina olib tashlanadi. Operatsiyadan keyin ertasi kuni uyga qaytish mumkin, lekin kamida bir oy maxsus paypoq kiyish yoki elastik bint bog’lab yurish kerak. Varikozni davolashda shifobaxsh jismoniy tarbiya va terapevtik trikotajdan foydalanish tavsiya etiladi. Varikoz uchun terapevtik mashqlar. Bu oyoqlardagi og’irlikni yo’qotishga, qon aylanishini normallashtirishga va venoz qonning turg’unligini bartaraf etishga yordam beradi. Agar sizning kasbingiz o’troq bo’lsa, har kuni piyoda yurishga harakat qiling. Velosiped va suzish ham tavsiya etiladi. Biroq, yugirish tomirlarning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Muhim! Varikozni davolash uchun xalq tabobati vositalarini ishlatishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashib oling! Kasallikni o’simliklar bilan davolashning bir nechta foydali tomonlari: Patli kalanxoe. Kalanxoening barglari yaxshilab yuvilib, bir litrli bankaga solinadi (barglari yarim banka bo’lishi kerak). 70% spirt bilan to’ldirilib, qorong’i joyda 14 kun davomida saqlanadi. Qo’llashdan oldin yaxshilab chayqang (aralashtiring). Har kuni yotishdan oldin oyoqlaringizga surting. Og’riq dastlabki qo’llashdan so’ng ketadi. Varikoz oxirgi bosqichlarda bo’lsa, davolanish 4 oy davom etadi. Olma «Antonovka». 1 litr qaynayotgan suvga 3 ta olma solib, qopqog’ini yoping va 4 soat davomida issiq joyga qo’ying. Keyinchalik olmani olib tashlamasdan, ularni ezing, eritmani aralashtiring va tindiring. 1 osh qoshiq asal qo’shgan holda 50 g dan (taxminan yarim ryumka) ovqatdan oldin ertalab va kechqurun yotishdan oldin iching. Bundan tashqari bu qonni tozalaydi, uyqu va ishtahani yaxshilaydi. Kartoshka. 5 ta kartoshkani po’stidan tozalang va qirg’ichdan o’tkazing. Olingan kartoshka bo’tqasini oyoqlarga surting. 4 soatdan keyin og’riq butunlay o’tib ketadi va keyin kartoshkani iliq suv bilan yuvib tashlang. Yog’ bilan sarimsoq. Sarimsoq oling va ezing. Ikki qism sariyog’ bilan aralashtiring. Uxlashdan oldin bo’rtib turgan venalarga surting va ustidan qog’oz yopib, bint yoki ro’mol bilan bog’lang. Ertalab yuvib, oyoqingizga iliq va yumshoq narsalar kiying. Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olgan ma’qulroq. Varikoz paydo bo’lishiga to’sqinlik qila oladigan ba’zi bir hayotiy qoidalarni ko’rib chiqing:Varekoz kasalligi
DO`STLARGA ULASHING:
Varikoz sabablari
Varikoz rivojlanishining asosiy sabablari:
Varikoz rivojlanishining ikkilamchi sabablari
Varikozning alomatlari va belgilari
Varikozning I va II bosqichlari
Venalar varikoz kengayishing III va IV bosqichlarida
Varikozning asoratlari
Varikozni tashxislash
Varikozni davolash
Varikozga qarshi vositalar
Varikozga qarshi krem va malhamlar
Varikozga qarshi tabletkalar
Varikozni davolovchi muolajalar
Varikozni xalq tabobati yordamida davolash
Varikoz tomirlarini o’simlik preparatlar bilan davolash
Varikozni oldini olish
Varekoz kasalligi