
VARDONZE DAVLAT TABIAT YODGORLIGI haqida malumot bilib oling.
VARDONZE DAVLAT TABIAT YODGORLIGI — davlat muhofazasida boʻlgan noyob tabiat yodgorliklaridan biri. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan. Dastlab 1975-y. da qoʻriqxona sifatida tashkil etilgan. Choʻllarning jadal oʻzlashtirilishi bilan qoʻriqxonalik ahamiyatini yoʻqotdi va 1983-y. dan davlat tabiat yodgorligiga aylantirildi. Mayd. 300 ga. Uning hududida qumliklar, qad. Vardonze (Qoʻrgʻoni Vardonze) yodgorligi bor. Noyob saksovul daraxtlari, Rixter cherkezi, yulgun va b. oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
VARDONZE DAVLAT TABIAT YODGORLIGI