VARDONXUDOT haqida malumot bilib oling.
VARDONXUDOT — hoz. Buxoro vohasining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan kichik davlat (6-a. oxiri —8-a. boshi) — Vardonze podshoxlarining unvoni. Vardonxudot Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi boʻlgan. Shuning uchun ham 8-a. boshida Turkistonga kelgan arab fotihi Qutayba ibn Muslim V. bilan boʻladigan toʻqnashuvga alohida eʼtibor bergan. Buxoro tarixchisi Narshaxiyning yozishicha: «… Bir vazir Turkistondan kelgan edi: nomi Vardonxudot: Vardona yerlari unga tegishli edi. Qutaybaga u bilan koʻp urush qilishga toʻgʻri kelgan edi…». «Tarixi Tabariy»da hikoya qilinishicha, jangda arab qoʻshinlari Vardonxudotdan yengilgach, Qutayba hiyla ishlatib Vardonxudotga yordamga kelgan sugʻd hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, dushmanni zaiflatib, soʻngra uning ustidan gʻalaba qilgan (708—709-y. lar).
Ensiklopediya.uz
VARDONXUDOT