Vaqt taqsimlash
Koʻp soʻrasam, manga bermaydi.
Kam soʻrasam, ulgurmayman.
Koʻrchilikda boʻladigan holat. Biror ishni olganda qancha vaqt ketishini baxolash. Nima uchun shunday?
——
Rasmda:
Senior dasturchi Juniorʼga qaraganda koʻproq vaqt olishi mumkin.
Bir xil vazifa:
Senior: 5 kun.
Junior: 2 kun.
Bir haftadan keyin…
Senior: boshqa vazifani bajarmoqda.
Junior: yana 3 kun vaqtini avvalgi vazifani toʻgʻrilashga sarfladi. Keyin tushundi-ki, bu vazifani bajarishi uchun boshqa yondashuv kerak ekan.
——
* Koʻproq vaqt olishga qoʻrqish kerak emas.
Kengroq fikr qila olmaslikdan qoʻrqish kerak.
* Savol berishdan qoʻrqish kerak emas.
Javobni tushunmay, aniqlashtirmaslikdan qoʻrqish kerak.
* Kod ishlamay qolsa, qoʻrqish kerak emas.
Urinishdan toʻxtab qolishdan qoʻrqish kerak.
Hullas, kuchingizga qarab vaqt oling. Oʻzingiz ustingizda ishlab, xatosiz vazifa bajarishni oʻrganing. Xatolar kamayganda vaqtni qirqartirishni boshlaysiz.
Izoh: Rasm internetdan olindi.
Manba:
Boshqaruv
Vaqt taqsimlash