VAQT BYUDJETI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAQT BYUDJETI haqida malumot bilib oling.

VAQT BYUDJETI, aholining vaqt byudjeti — ayrim xodimlar va ular oilasi hamda muayyan aholi guruhlarining oʻz vaqtini nimalarga (mas., mehnat qilish, dam olish, oʻqish va b.) sarflashini ifodalovchi koʻrsatkichlar majmui. Vaqt byudjeti 2 ga boʻlinadi:

1) ish vaqgi (haqiqiy ish vaqti, unumsiz xatti-harakatlar, ishdagi belgilangan tanaffuslar, smena qabul qilish hamda topshirishga ketgan vaqt va h. k.);

2) ishdan tashqari vaqt (uy-roʻzgʻor yumushlariga, ishga borib-kelishga, fiziologik va maʼnaviy ehtiyojlarni qondirishga, mas., uxlash, ovqatlanish, maʼlumotni oshirish, dam olish va b. ga ketgan vaqt). Vaqt byudjeti maʼlumotlari aholi turmush darajasini qiymat va natural koʻrsatkichlar vositasida tadqiq etish mumkin boʻlmagan alohida tomonlarini oʻrganishga yordam beradi. Vaqt byudjetini oʻrganish, asosan 20-a. ning 20-y. laridan boshlangan (akad. S. G. Strumilin va b.). V. b. tadqiqotlarini sotsiolog va iqtisodchilar oʻtkazadi. 1959-y. da BMTning YUNESKO tashkiloti Vaqt byudjetini tadqiq qiluvchi xalqaro sotsiologlar guruhi tashkil etgan. Bunday tadqiqotlar Germaniya, Yaponiya, AQSH singari koʻplab mamlakatlarda olib boriladi. Vaqt byudjetini oʻrganish asosida mehnat samaradorligini oshirish, turmush va dam olishni oqilona tashkil etish tadbirlari ishlab chiqiladi. Yana q. Boʻsh vaqt.

Ensiklopediya.uz
VAQT BYUDJETI