VALYUTA SIYOSATI haqida malumot bilib oling.
VALYUTA SIYOSATI — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. Valyuta siyosatining asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b. dan tashkil topadi. Mamlakatda Valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida Valyuta siyosatini xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy Valyuta siyosati va uzoq muddatli Valyuta siyosati kabi kurinishlari bor. Joriy Valyuta siyosatida valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli Valyuta siyosati valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.
Ensiklopediya.uz
VALYUTA SIYOSATI