
VAHOBOVA Oʻktam Karimovna haqida malumot bilib oling.
VAHOBOVA Oʻktam Karimovna (1928.25.10, Margilon) — terapevt-kardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980); tibbiyot fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Samarqand davlat tibbiyot in-ti pediatriya f-ti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1973-y. dan), in-t prorektori (1961 — 66), rektori (1966—81), 1987-y. dan terapiya kafedrasi mudiri. Toshkent davlat tibbiyot in-ti prorektori (1982 — 86). Ilmiy ishlari yurak-tomir kasalliklari: yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya va aterosklerozning epidemiologiyasi, klinikasi va zamonaviy davolash usullari, shuningdek uglevodlar va lipidlar almashinuvining biokimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlashga oid. «Elyurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Ensiklopediya.uz
VAHOBOVA Oʻktam Karimovna