VAHOBOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAHOBOV haqida malumot bilib oling.

VAHOBOV Najmiddin (1940.10.9, Urgut tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Samarqand ped. institutining ped. va boshlangʻich taʼlim f-tini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1963-y. Urgut tumanidagi 55-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchiligidan boshlagan. 1976-y. dan shu maktabda ilmiy boʻlim mudiri, 1978-y. dan direktor. Vahobov maktabning moddiytexnika bazasini mustahkamlash, maktabda oʻquv-tarbiyaviy ishlarni talab darajasiga yetkazish, uslubiy ishlarni takomillashtirish va mustahkam, uzluksiz taʼlimni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishdi.

Ensiklopediya.uz
VAHOBOV