VAGOTOMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VAGOTOMIYA haqida malumot bilib oling.

VAGOTOMIYA (lot. vagus — adashgan va yun. tome — kesish) — adashgan nervni qirqish yoki qisman kesib tashlash. Yara kasalligini (meʼda, oʻn ikki barmoq ichak yarasi va b.) jarroxpik usuli bilan davolash usullaridan; koʻproq meʼdani operatsiya qilish chogʻida qoʻllaniladi. Tajribada Vagotomiya 16—17-a. larda adashgan nerv faoliyatini oʻrganish uchun oʻtkazilgan. Tibbiyot amaliyotida ogʻir operatsiyalarni koʻtara olmaydigan bemorlarda Vagotomiya operatsiyasi qilinadi. Kasallangan aʼzoning qaysi qismi operatsiya qilinishi lozimligiga qarab Vagotomiyaning maʼlum bir xili qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VAGOTOMIYA